Farmatsiya


Qotishma tipidagi surtmalar



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə8/8
tarix08.03.2018
ölçüsü0,51 Mb.
#30792
1   2   3   4   5   6   7   8

Qotishma tipidagi surtmalar. Surtma dori qotishmalar bir- birida eriydigan komponentlarni aralashmalaridir. Qiyin eriydiganlarini oldin va engil eriydigan komponentlarni keyin qo’shiladi, natijada suyuq qotishmani doka orqali suziladi. Ular yumshoq xolga keladi va engil surtiladi.

Bu tipdagi surtma dorilarga kiradi:

1) Mumli surtma dori ( Ung. Cerum) - 1 qism oq mumning 3 qism kungaboqar moyi bilan aralashmasi.

2) Spermaset surtma dori (Ung. Cetaceum) – 1 qism oq mum, 3 qism spermaset, 7 qism shaftoli moyi aralashmasi.

3) Naftalin nefti surtma dorisi (Ung.Naphalanum) – 70 qism naftalin nefti, 18 qism paraffin va 12 qism petrolat kiradi.

Bu surtma dorilar furunkul, karbunkul, neri kasalliklarida ishlatiladi.

Bu turga kiruvchi surtmalarni tayyorlashda avval qiyin suyuqlanuvchi, keyin tez suyuqlanuvchi moddalarni qo’shib eritiladi. Eritish suv hammomida chinni idishlarda olib boriladi. Suyuq komponentlar oxirida qo’shiladi.Surtmani gemogenizatsiya qilish qizdirilgan xovonchada toki surtma sovigunga qadar aralashtirish yo’li bilan olib boriladi. Surtma gemogenizatsiya qilingandan keyin yumshoq va oson surtiladigan holatga keladi. Agar suyuq srtma sovuguncha tinch xolatda qoldirilsa , qattiq mikrokristallik va ultramikroskopik karkas hosil bo’lishga olib keladi.Bundan tashqari aralashtir

ilgan vaqtda surtma havoni o’z ichiga xosil qiladi.

Masalan: Voyachek surtmasi.

Rp: Emplastri diachylon 5,0

Ol.Helianthi10,0

Ol. Menthhaepiperitae

(seu Eucalipt)gtt III

M.f. unquentum

D.S .Burunga surtish uchun.

Bu dorixat murakkab diaxil surtmasi bo’lib, uningtarkibiga qo’rg’onshinli malham kiradi.Bu xona xaroratda qattiq massa ,70C xarortda suyuladi. Malham suv hammomida chinni idishda suyultirib , so’ngra unga kungaboqar moyi qo’shiladi. Bu vaqtda xovoncha kuritgish shkafda qizdiriladi.Suyultirilgan aralashmani issiq xovonchaga o’tkazib, to sovuguncha aralashtiriladi va oxirida yalpiz moyi qo’shiliadi.



Eritma tipidagi surtma dorilar. Bu tipdagi surtma dorida moddalr asoslarda erigan bo’ladi. Dori moddasini chinni idishga eritilgan asos bilan qo’shib toki eriguncha aralashtiriladi. Uchuvchan moddalar (kamfora, mentol, fenol) iliq asosda eritiladi. (X-DF).Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupqa paroshok holiga keltirilib issiq (45-50C) surtma asasida eritilib, surtma to soviguncha aralshtirilib turaladi.Bu guruhga kamforaning (Unguentm Camphoratum)10% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2+1) aralshmasida eritiladi.

Rp: Camphorae pulveratae 2,0

Vaselini 6,0

Lanolini anhydrici 2,0

M.f. ungvenyum

D.S. Mushaklar og’riganda surtiladi. Mushaklar va artiritda ishlatiladi.

#

Tayyorlanishi: Lanolin va vazelin suv xammomida qizdirilib (40-500) kamfora iliq aralashmada eritilib, dokadan o’tkaziladi va sovuguncha aralashtiriladi. Tayyor surtma dori sarg’ish rangli bo’lib, kamfora xidi kelib turadi. Kerak bo’lgan vaqtdagina tayyorlanadi.



Ta’sir qiluvchi dori moddasi yupqa paroshok holiga keltirilib issiq (45-50 C) surtma asasida eritilib, surtma to soviguncha aralshtirilib turaladi.Bu guruhga kamforaning (Unguentm Camphoratum)10% li surtmasi kiradi. Kamfora moddasi vazelin va lanolin (2+1) aralshmasida eritiladi.

Rp: Anaesthesini 0,25

Mentholi 0,1

Vaselini 20,0

M.f. ung.

D.S. sirtdan.

#

Havonchada oldindan isitilgan vazelinda oldinma – keyin anestezin va mentolni eritiladi va sovuguncha aralashtiriladi.



Ekstraksiya usuli bilan surtma dori. Eritilgan asoslar yoki o’simlik moylari bilan dorivor o’simlik (yoki xayvon) organlarini aralashtirib tayyorlanadi. Bunda xom-ashyo tarkibidagi ta’sir etuvchi moddalar asosga shimilgan bo’ladi.

III. Surtmalarni tekshirish usuli.

X DF ga ko’ra asosan mazlar bir xil massaga ega bo’lib, kaftga surtganda hech qanday zarrachalar sezilmasligi kerak.

Surtmalar bir xil massaga ega ekanligini quyidagicha tekshiriladi. Preparatdan 0,02-0,03 g dan 4 ta namuna olib, xar qaysi predmet shishachasiga 2 namuna qo’yib ustiga ikkinchi predmet shishacha qo’yiladi. Har qaysi namunaning diametri 2 sm bo’lguncha qattiq bosiladi. Hosil bo’lgan namuna 30 sm masofadan qaralganda 4ta namunaning 3 tasida zarracha ko’zga ko’rinmasligi kerak. Agar zarracha ko’p bo’lsa u holda 8 namuna olib, analiz qaytariladi. Bunda ko’zga ko’rinadigan zarrach 2 ta dog’dan ortiq bo’lmasligi kerak.



DORIXONALARDA SURTMALARNI JO’NATISH. Ex tempore tayyorlangan surtmalarni mos hajmdagi plastmassa, shisha va chinni idishlarda chiqariladi. Bankalarni bekitishda alyuminiyli yoki plasymassa qopqoqlardan foydalaniladi, qopqoqlarning ichiga pergamentli yoki paraffin shimdirilgan yumoloq shakldagi qog’ozlar qo’yiladi. Ko’pincha dozalangan mahhamlar chiqariladi. Masalan: Zaharli bo’lgani uchun kul rang simob surtmasi dozalarga bo’lingan holda friksiyalab chiqariladi.

Rp: Unguenti Hudrardgyri cinere 2,0

D.t.d N10

S. Parazitlarga qarshi surtish uchun

Dorixat bo’yiocha kul rang simob surtmasi kukunlarga (poroshoklarga ) o’xshab

mumlangan qog’ozlarda , o’ralgan holda chiqariladi.


PASTALAR DEB-tarkibidagi 25% va undan ko`p poroshoksimon moddalar bo`lgan xamda konsistensiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.Pastalar tayyorlanishi tarkibiga kiradigan asoslar, ishlatilishi, berilishi va saqlanishiga ko’ra hamda ularga talablar jihatidan mazlardan heh qanday farq qilmaydi. Shuni eslatib o’tish kerakki, pastalar tarkibiga kiradigan quruq moddalar ko’p bo’lganligidan , ular nimada erishidan qat’iy nazar , bu dori turini tayyorlashda ko’pincha hech qanday suyuqlik qo’shilmaydi.Pastalarni tayyorlash uchun avval poroshoklarning hammasini havonchada yaxshilab aralashtiribolinadi,so’ng eritilgan asosning bir qismi bilan,keyin qolgan qismini 2-3 ga bo’lib qo’shib, bir xil massa hosil qilguncha aralashtiriladi.Pastalar teriga ishlatiladigan, tishni davolash va yuvish uchun qo’llaniladigan hillarga bo’linadi.Biz quyda iste’mol tariqasida bir nechta retseptlarni keltirish bilan chegaralanamiz:

Rp.:Zinci oxydi 25,0

Amyli 25,0

Vaselini 50,0

M. f. pasta

D. S. Sirtga surtish uchun.

Tayyorlash tehnologiyasi: ruh oksidni eritilgan ozgina vazelin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazelinni oz-ozdan qo’shib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.

Rp.: Acidi salicylici 2,0

Zinci oxydi

Amyli aa 25,0

Vaselini 48,0

M. f . pasta

D.S. Lasser pastasi. Sirtga surtish uchun.

Tayyorlash texnologiyasi: salitsilat kislota bilan ruh oksidni yaxshilab aralashtirib, ustiga eritilgan ozgina vazelin qo’shiladi, so’ngra huddi yuqoridagidek retsepdagidek tayyorlanadi.

Rp.: Zinci oxydi 20,0

Sulfur depurati 10,0

Unguenti naphtalani 40,0

Amuli 20,0

M. f. pasta

D.S. Sirtga surtish uchun.

Rp.: Zinci oxydi 25,0

Ung.naphthalani 50,0

Amyli 25,0

M. f. pasta

D.S. Sirtga surtish uchun.

Har ikki retsepdagi pastalar yuqoridagilarga o’xshash tayyorlanadi.

Rp.: Acidi arsenicosi 2,0

Cocaini hydrochlaridi

Olei caryopghllorum q.s.

M. f. pasta

D.S. tishni plombalash uchun.

Bu pasta tish kasalliklarida va tishni plombalash uchun ishlatiladi. Tayyorlash: kichik havoncha yoki shisha plastinka ustida yaxshilab aralashtirilgan poroshoklarga qalampirmunchoq efir moyidan kerakligicha tomchilab qo’shib, quyuq pasta massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.

Tayyor pasta pechatlangan holda beriladi.

Yuqoridagilardan tashqari, turli kasalliklarda ishlatiladigan ko’plab pastalarni misolga keltirish mumkin.Masalan: teri kasalliklarida ishlatiladigan borat-ruh-naftalan pastasi 5 qism borat kislota, 25 qism ruh oksid,

45 qism naftalan mazi, 25 qism kraxmaldan iborat.

Ixtiol-ruh-naftalan pastasining tarkibida 25 qism ruh oksid, 10 qism ixtiol, 40 qism naftalan mazi, 25 qism kraxmal bor.

Turli organik kasalliklarda kislotalar, mineral moylar, kislota va ishqorlar bilan ishlaganda qo’l terisini asraydigan IEP-2 pastasing tarkibiga 20 qism parafin, 15 qism tserezin va 65 qism vazelin moyi kiradi. Terini turli qitiqlovchi moddalardan saqlaydigan XIOT-6 pastasining tarkibi 2,4 qism jelatina, 5,6 qism kraxmal, 72 qism glitserin, 20 qism Burov suyuqligi va 8 qism suvdan iborat.

Tayanch iboralar:

Surtma – Maz – Unguentum – offisinal dori turi bo’lib bir yoki bir necha dori moddalarni asos bilan aralashtirib tayyorlanadigan, sirtga ishlatiladigan, qizitishganda yoki surtishganda yumshoq holga o’tadigan – yumshoq dori turidir.

Surtma dorilar qadimgi dori turi bo’lib – Ungere- surtmoq degan so’zdan olinib, xozir dorihona resepturasining 10% tashkil qiladi.

Yog` va yog`simon asoslar.Yuqori malekulali yog` kislotalarining uch atomli spirt-gliserin bilan hosil qilgan murakkab efiri yog` deb ataladi.Boshqacha aytganda yog`lar gliseridlardir.

Suvli lanolin tarkibida 30-32 % suv bor, buni tayyorlash uchun 7 qism suvsiz lo- nolinga 3 qism suvni oz-ozdan qo`shib aralashtiriladi. Agar reseptda qanday lona- lin olish kerakligi ko`rsatilmagan bo`lsa, har doim suvli lanolan olinadi.



Pastalar deb-,tarkibidagi 25% va undan ko`p poroshoksimon moddalar bo`lgan xamda konsistensiyasi mazlarga nisbatan quyuqroq dori turiga aytiladi.

Mavzu yuzasidan savollar:

1.Surtma dorilar deb qanday dori shakliga aytiladi?

2.Suetma tarkibi necha qismdan iborat?

3.Suetma dorilarga Rp.lar yozish va hisoblash?

4.Surtma dorilarni afzalliklari?

5.Surtma dorularni kamchiliklari?

6.DF bo`yicha surtmalarga qo`yilgan talablar?

7.Asoslarga qo`yilgan talablar?

8.Lanolin va vazelin asoslariga ta`rif?

9.Gidrofob asoslarga ta`rif?

10.Gidrofil asoslarga ta`rif?

11.Pasta dori turiga ta`rif bering?

12.Pastalarni tarkibi necha qismdan iborat?

13.Pastalarga qo`yilgan talablar qanday?

14.Asoslarga ta`rif bering?

15.Gidrofil asoslarga qanaday asoslar kiradi?

16.Gidrofob asoslarga qanday asoslar kiradi?

17. Pastslarni tayyorlash texnologiyasini tushuntiring?

18.Berilgan Rp.larni yozma tahlilini bajaring?

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.M.Miralimov “Farmasevtik texnologiya asoslari”

2.A.Myxammadiyeva “Dori turlari texnologiyas-156-177

3.M.Miralimov “Yig`indi preparatlar texnologiyasi-304-334

4.Z. Nazirov “Dori turlari texnologiyasi-170-181 bet.

5.Daviat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.



Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.



Ф.С.Т. фанидан III-курс VI-семестр (22-соат-319-326 гр.) учун назарий мавзулар рўйхати

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-1 Mavzu - 1

Мавзу: Юмшоқ дори воситалари.

Ўқувчи билиши керак:

  • шамдорилар, таърифи, таснифини;

  • шамдориларни тайёрлаш технологиясини;

  • кремларга рецепт ёзишни ва ҳисоблаш қоидаларини;

  • косметологик кремлар учун асослар танлашни;

  • косметологик кремларни қўлланилишига кўра гуруҳларга бўлинишини.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-2

Мавзу:Тиббиётда ишлатиладиган эритмалар технологияси.

Ўқувчи билиши керак:

  • эритмаларни синфларга бўлинишини;

  • хушбўй сувлар, уларни эфир мойларидан тайёрлашни.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-3

Мавзу: Тиббиётда ишлатиладиган эритмалар технологияси.

Ўқувчи билиши керак:

  • қиёмлар, турлари , тиббиётда ишлатилиши;

  • суспензияларнинг ҳосил бўлишини;

  • эритмалар таркибидаги дори моддаларни ҳисоблаш ва дозасини текширишни;

  • эритмаларни ўзига хос усуллар билан тайёрлаш технологиясини;

  • спиртни суюлтириш ва спиртли эритмаларни тайёрлашни;

  • ялпиз ва укроп ҳушбўй сувларни тайёрлашни

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-4

Мавзу: Органопрепаратлар.Ферментлар

Ўқувчи билиши керак:

  • органопрепаратларнинг таърифи ва таснифини;

  • органопрепаратларни консервация қилиш усулларини;

  • қуруқ органопрепаратларни олиниш технологиясини;

  • ичишга ва суюқ органопрепаратларнинг олинишини;

  • инъекция учун ишлатиладиган органопрепаратлрнинг олинишини;

  • ҳайвонлардан олинадиган аъзоларни консервация қилиш усулларини.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-5

Мавзу: Органопрепаратлар.Ферментлар

Ўқувчи билиши керак:

  • ичишга ва инъекция учун мўлжалланган органопрепаратларнинг

олинишини;

  • меъда ости, буйрак усти безлари препаратларини;

  • қалқонсимон без препаратларини;

  • гипофиз бези препаратларини;

  • жигар препаратларини;

  • фермент препаратларини.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-6

Мавзу: Биостимуляторлар

Ўқувчи билиши керак:

  • биостимуляторларнинг аҳамиятини;

  • биостимуляторларнинг таснифини;

  • ҳайвонлардан олинадиган биостимуляторларни;

  • микроорганизмлардан олинадиган препаратларни.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-7

Мавзу: Фитонцид препаратлари

Ўқувчи билиши керак:

  • фитонцид препаратлар ҳақида тушунчани;

  • фитонцид препаратларни ишлаб чиқаришни;

  • фармацевтика саноатида ишлаб чиқариладиган фитонцид препаратларни:

пиёз ва саримсоқ пиёздан олинадиган препаратлар аллилчеп, аллилсат,

аллилглицерин, саримсоқ пиёз тиндирмаси;



  • фитонцид препаратларнинг ишлатилишини.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-8

Мавзу: Таъсири узайтирилган, тананинг маълум аъзоларига таъсир

қиладиган дори турлари.

Ўқувчи билиши керак:

  • таъсири узайтирилган дориларнинг аҳамиятини;

  • дори таъсирини узайтириш усулларини;

  • таъсири узайтирилган дориларга қўйилган талабларни;

  • таъсири узайтирилган инъекция учун ишлатиладиган дориларни;

  • ичиладиган дориларнинг таъсирини узайтириш усулларини;

  • тананинг маълум аъзоларига таъсир қиладиган длори турларини.

НАЗАРИЙ МАШҒУЛОТ-9

Мавзу: Малҳамлар, ҳантал қоғозлари хақида тушунча ва технологияси.

Ўқувчи билиши керак:

  • малҳамлар дори турига таърифни;

  • малҳамларнинг турларини (таснифини);

  • малҳамларга қўшиладиган табиий ва сунъий моддаларни;

  • малҳамларга қўшиладиган табиий ва сунъий моддалар ва уларнинг

ишлатилишини;

  • оддий малҳамлар, уларнинг турларини;

  • суюқ малҳамларни;

  • малҳамларнинг тайёрланишини;

  • хантал қоғозлари таърифи, тайёрлаш босқичларини.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə