Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə1/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
  1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi


Konstitutsiya- baxtimiz qomusi” deb nomlangan tadbir Ssenariysidan parcha
Farmonbibining so‘nggi farmoni”

deb nomlangan sahna ko‘rinishi

Ijrochilar:

Farmonbibi – qaynona;

Sotti – sotqin kelin;

Nigora – kenja kelin;

Dovdir kelin;

Multfilm kelin;

Maqolchi kelin;

Sportchi kelin;

Lutfi – kelin.

Sahna.o‘zbek xonadoni hovlisi sifatida bezatilgan. Sahna markaziga stol va ikkita stul qo‘yilgan. Sahna chetiga tuvakda gullar qo‘yilgan. Erta tong. Atrofdan qushlarning ovozi eshitilmoqda. Farmonbibining kelinlari ertalabki nonushtaga hozirlik ko‘rmoqda: kimdir stolga dasturxon yozsa, kimdir choy damlab choynak va piyolalarni olib kelib qo‘ydi, kimdir issiq non va sochiq keltirsa, yana kimdir idishlarda shakar va murabbo keltirdi, yana kimdir likopchada shirinliklar olib keldi.

Kelinlar stolni bezatib bo‘lgach, bir joyga yig‘ilishib bozorga borish va bozordan nimalar olish to‘g‘risida gaplashishga tushishdi. Dovdir kelin sahna ortidan dovdirab yurib chiqib keldi va stulga turtilib ketdi. O‘zini bir o‘nglab oldi-yu, so‘ng cho‘zilib gapira boshladi:

Dovdir kelin: – Oovsinlaaar!!!

Ovsinlar baravariga javob qaytarishadi.

Kelinlar: – Haaaa!

Dovdir kelin: – Meen ham gapiraay!

Kelinlar: – Gapiring! Gapiring! – deb kelinlar yana bozor haqidagi gaplarini davom ettira ketishdi.

Dovdir kelin yerga qarab turib, cho‘zilib gapira boshladi:

Dovdir kelin: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoaan, haar bir shaaxs daam olish huquqiga egaa. Shuunday ekan bugun bozoorga boramiz-aa!

Kelinlar: – Haa boramiz, boraamiz ovsin – deb yana gapni davom ettirishdi.

Dovdir kelin dovdirab turaverdi.

Shunda sahnaga Sotti samovar ko‘tarib chiqib keldi va samovarni yerga qo‘ydi.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə