Filosofiya uzb



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/91
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Falsafa (Ma`ruzalar matni)



 
UZBeKISTON ReSPUBLIKASI XALQ T!LIMI VAZIRLIGI 
NUKUS DAVLAT PeDAGOGIKA INSTITUTI 
 
FALSAFA 
(Ma`ruzalar matni) 
Tuzuvchilar Kazbekov B
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2012 
 




 
1 - mavzu. Falafa, uning predmeti va jamiyatdagi roli
Reja: 
1. «Falsafa» atamasining mohiyati va mazmuni. 
2. Falsafaning baxs mavzulari va asosiy muammolari. 
3. Falsafi muammolar bilan bog`liq oqim va ta`limotlar. 
4. Falsafaning milliy va umuminsoniy tamoyillari. 
5. Uzbek falsafasi, uning zamonaviy rivojlanish muammolari. 
Bashariyat milodiy XX asr bilan hayrlashib, uchinchi ming yillikka qadam qo`ymoqda. Insoniyat 
bugungi kunga kelib, ijtimoyi haetning barcha sohalarida ulkan yutuqlarga erishdi. Fan va texnika, 
madaniyat va maorif beqies rivojlandi. Odamzod o`zining aql-zakovati va mehnati bilan juda ko`p 
yangiliklar yaratdi. Dunening ko`plab sir-asrori kashf etildi, buyuk ixtirorlar qilindi.
Ma`naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to`plangan xikmatlar xazinasi eng muhim o`rin tutadi. 
Har bir davrning buyuk donishmandlari bo`ladi. Ular o`z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda 
orzu-intilishlarini falsafiy ta`limotlarida, muayyan darajada, ifoda etganlar jamiyat farovonligi va 
millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g`oyalarni o`rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk 
maqsadlar sari etaklovchi bayroq sifatida namoen bo`ladigan bu g`oyalarning muayyan davr 
mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat qasb etadi. 
Avvalo, falsafa o`zi nima, degan masalaga to`xtalib o`taylik. U insoniyat tarixidagi eng qadimiy 
ilmlardandir. Falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos, demak, uning o`zi kabi 
qadimiydir. U olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqieti, haet va inson, umrning mohiyati, 
borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqida bahs yuritadigan fandir. 
Falsafa asoslari baen qilingan aksariyat darsliklarda ushbu atama qadimgi yunon tilidagi 
«filosofiya» so`zidan olingani va u «donishmandlikni sevish» («filo» - sevaman, «sofiya»- donolik) 
degan ma`noni anglatishi ta`qidlanadi. Bu - ushbu so`zning, atamaning lug`aviy ma`nosi bo`lib 
hisoblanadi. Asrlar davomida filosofiya so`zining ma`no-mazmuniga xilma-xil qarashlar, uning 
jamiyat, inson va fanlar tizimidagi o`rniga nisbatan turlicha munosabat va endoshuvlar bo`lgan, bo` 
atamaning mohiyat-mazmuni ham o`zgarib borgan. 
«Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda 
eramizdan avvalgi VII-III asrlarda yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. 
o`sha davrda endigina shakllanib kelaetgan nazariy fikrning ifodasi falsafiy tafakkur olamni yaxlit va 
bir butun holda tushunish mujassamiga aylangan edi.
Qadimgi Yunonistonda «Filosofiya» atamasini dastlab, matematika fani orqali barchamizga 
yaxshi ma`lum bo`lgan, u buyuk alloma Pifagor ishlatgan. evropa madaniyatiga esa, u buyuk yunon 
faylasufi Aflotun asarlari orqali kirib kelgan. Shu tariqa, u avvalo, qadimgi Yunonistonda alohida 
bilim ssohasiga, to`g`rirog`i, «fanlarning otasi», ya`ni asosiy fanga aylangan. 
Qadimgi duneda fanlarning barchassini, ular qanday ilmiy masalalar bilan shug`ullanishidan 
qat`i nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblanar edi. 
Shu ma`noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi 
bo`lib, duneni ilmiy bilish zaruratidan vujudga kelgan edi.
Bundan tashqari, qadimgi Yunonistonda yuz bergan buyuk uyg`onish davri o`ziga hos falsafiy 
mafkurani ham yaratganligi shubhasiz. Uning eng asosiy qadriyati erkinlik tushunchasi ekanini, ana 
shu erkin haet to`g`risidagi qarashlar buyuk madaniy yuksalishga asos bo`lganini aksariyat olimlar 
alohida ta`kidlaydi. 
Sharqda «Ikkinchi Arastu», «Ikkinchi muallim» deya e`tirof etilgan buyuk mutafakkir Abu Nasr 
Farobiy filosofiya so`zini «Hikmatni qadrlash» deb talqin etgan. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy 
tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, haet va insonni 
qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e`zozlash ma`nosida ishlatilgan. 
Haet qonuniyatlarini yaxshi biladigan, umrning o`tkinchi ekani, abadiyat insonga emas, olamga 
xosligini yaxshi anglab etgan, o`zi va o`zgalar qadrini to`g`ri tushunadigan kishi huch qachon «Men - 
donishmandman» deya ochiq e`tirof etmaydi. Ayniqsa sharq xalqlari haetida bu hol ko`zga tashlanadi. 




Ammo, 
Farobiy 
ta`kidlaganidek, 
hikmatni qadrlash, olam va odam hamda haetning qadriga 
etish-boshqa gap.
Shu ma`noda, bizda qadim zamonlarda faylasuf deganda, ko`pdan-ko`p ilm sohalarini egallagan, 
ustoz va muollim sifatida shuxrat qozongan alloma va mutafakkir kishilar tushunilgan. 
XIX asr nemis qadriyatshunosi T.Rikkert ham shunga o`xshash fikrni quyidagicha baen qilgan: 
«Odamzod olam va odam hamda haetning qadrini anglab, ular omanat bir narsa ekanini tushuna 
boshlagan davrlardan falsafiy fikrlashga kirishgan. Binobarin, birinchi faylasuf, kim bo`lganidan qat`i 
nazar, haetni qadrlaydigan kishi bo`lgani shubhasiz». 
Falsafa, avvalo, muayyan ilmiy bilimlar tizimidir. U, bir tomondan, insonning voqealikni aqd 
vositasida idrok etishi, ikkinchi tomondan, ongning afsona va rivoyalar asosidagi shakllardan uzil-kesil 
ajralish jaraeni natijasidir. Bu ikki jixat bir-biri bilan uzviy bog`liq. Chunki behuda haelparastlik, 
havoyi va afsonaviy fikrlash tarzidan xalos bo`lish ilmiy bilimlarni egallash orqali ro`y beradi.
«Falsafa» atamasi «filosofiya»ning Sharq ijtimoiy tafakkuridagi shaklidir. Odatda u tushuncha 
sifatida tor va keng ma`nolarda qo`llanadi. Xususan, keng ma`noda uni antik - qadimiy falsafada 
«donishmandlikni sevish» deb tushunilganini aytib o`tdik. Ayrim faylasuflar va falsafiy oqimlar
chunonchi, ingliz faylasufi T.Gobbs (qtii-qyuo) uni «tug`ri fikrlash orqali bilishga erishish», nemis 
faylasufi Hegel «umuman predmetlarga fikriy endashish», Lyudvig Feyerbax «bor narsani bilish», 
pragmatizm ta`limoti namoyandlari esa, «foydali narsalarni bilish jaraeni» deya talqin etgan. 
«Falsafa» tushunchasi tor ma`noda madaniyat, san`at aqliy eki hissiy bilish usuli, vositasi tarzida 
ta`riflanadi. Falsafaga bo`lgan munosabatning xilma-xilligiga asoslangan xolda, unga yaxlit, 
umumlashgan ta`riflar ham berilgan.
Haqiqiy falsafa tafakkur mahsuli bo`lgan narsalarni oliy darajadagi haqiqat sifatida 
mutlaqlashtirmaydi. Bu borada Suqrotning «Men hech narsani bilmasligimni bilaman» degan e`tirofi 
haqiqat mezonidir. Xolbuki, Suqrot qadimgi Yunonistonning eng bilimli faylasufi bo`lgan.
Falsafiy bilimlar rifoji erishgan yutuqlarni tanqidiy baholashni taqozo etadi. Biroq bu - ularni 
tamoman rad etish, ko`r-ko`rona tanqid qilish lozim degani emas, balki ularga xos barcha xato va 
kamchiliklarni anglab, yaxshi va ijobiy jihatlaridan foydalanish demakdir. Ana shunday tanqidiy 
endashuv va vorislik falsafaning muhim xususiyatlaridan biridir. 
Falsafa sirasini aytganda, ijtimoiy tafakkur rivoji yutug`i va insoniyat ma`naviy taraqqieti 
mahsulidir. U kishilarning olamni bilish, o`zlashtirish, faravon haet kechirich va o`z insoniy 
salohiyatlarini namoen etish ehtiejlari bilan uzviy bog`liqdir. Falsafiy ta`limotlar hamma davrlarda 
ham insoniyatning madaniyatini yanada yuksakroq bosqichga ko`tarishga xizmat qilgan. 
Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettirgan. Ular 
zamon ruhi va ma`naviyatini o`zida mujassamlashtirgan, davr muammolarini hal etishda ko`l kelgan. 
Shuning uchun Aflotun, Forobiy va Beruniy, Navoiy va Hegelning asar va ta`limotlarida ular yashab 
o`tgan davr g`oyalari aks etgan. 
Qadimgi Yunoniston va Rim davridan buen o`tgan ikki ming yildan ziedroq vaqt mobaynida 
«Falsafa endi yo`q bo`ldi, uni o`rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ko`p bo`lgan. 
Lekin zamonlar o`tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiej sezgan va u insonning ma`naviy 
kamolotida beqies ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan. 
Bu jihatdan quyidagi rivoyat juda ibratlidir. Miloddan oldingi birinchi asrda yashab o`tgan buyuk 
faylasuf Lukretsiyning shogirdlaridan biri unga qarab, «ustoz, fanning boshqa mohalariga oid ilmlar 
juda ko`payib ketdi. Endi falsafani o`rganishning hojati bormikano`» debdi. Shunda ulug` faylasuf 
bamaylihotir gap boshlab, «Falsafani Suqrot, Aflotun, Arastu kabi buyuk allomalar yaratgan. Lekin 
endilikda insoniyatning ana shunday buyuk mutafakkirlari yaratgan bu fanni o`rganmaslik har qaysi 
nodonning ham qo`lidan keladigan ish bo`lib qoldi», degan ekan. 
Falsafa kishilarga olam to`g`risida yaxlit tasavvur beradi, boshqa fanlar esa, uning ayrim 
jihatlarini o`rganadi. Masalan, biologiya o`simlik va hayvanot dunesini, turlarining kelib chiqishi, 
o`zgarishi va taqomillashib borishi kabi masalalarni o`rganadi. Bu sohaga oid fanlar ushbu 
yo`nalishdagi jaraenlarning ba`zi xususiyat va jihatlarini chuqurroq tadqiq etishga harakat qiladi. 
Endi Faylasuf kim, degan savolga javob beraylik. Filosof so`zini, yuqorida aytganimizdek ilk 
bor buyuk matematik va mutafakkir Pifagor qo`llagan. Bu tushunchaning ma`nosini u Olimpiya 
o`yinlari misolida qo`idagicha tushuntirib bergan: anjumanga keladigan bir guruh kishilar bellashish, 
kuch sinashish, ya`ni o`zi va o`zligini namoen etish uchun, ikkinchi bir guruh - savdo-sotiq qilish




boyligini ko`paytirish uchun, uchinchisi esa, o`yindan ma`naviy oziq olish, haqiqatni bilish va 
aniqlashni maqsad qilib oladi. Ana shu uchinchi guruhga mansub kishilar, Pifagor talqiniga ko`ra, 
faylasuflar edi. 
Bu, bir qarashda, oddiy va jo`n misolga o`xshaydi. Ammo uning ma`nosi nihoyatda teran. 
Chunki, inson umrining o`zi ham shunday. «Dune teatrga o`xshaydi, unga kelgan har bir kishi sahnaga 
chiqadi va o`z rolini duneni tark etadi», degan fikr bejiz aytilmagan. Kimdir bu dunega uning sir-
asrorlari tug`risida bosh ham qotirmasdan kelib ketadi, umrini eyish-ichish, o`y-ro`zg`or tashvishlari 
bilan o`tkazadi. Boshqasi - nafs balosiga berilib, mol-mulkka ruju qo`yadi. Uchinchisi esa, olam 
hikmatlarini o`rganadi, umrini xayrli va savob ishlarga sarflaydi, boshqalar uchun ibrat bo`larli haet 
kechiradi. 
Qadimgi Sharq va Yunonistonda har tomonlama chuqur bilim va katta haetiy tajribaga ega 
bo`lgan, inson ma`naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar. 
Fozil va komil insonlargina falsafa bilan shug`ullanganlar. Aslida, o`sha davrlarda falsafani o`rganish 
deyilganda, ilmning asoslarini egallash ko`zda tutilgan.
Grek mutafakkiri Geraklit (eramizdan avvalgi tw0-ry0 yillarda yashagan) shogirdlariga murojaat 
qilib, «Dustim, sen hali eshsan, umringni bekor o`tkazmay desang, falsafani o`rgan», deganda aynan 
ana shu haqiqatni nazarda tutgan.
Boshqa bir buyuk grek faylasufi Epikur (eramizdan avvalgi ru0-eoo yillarda yashagan) bu 
haqiqatni qo`ydagicha ifoda etgan: «.z-o`zingni erga urish, tubanlashish nodonlikdan boshqa narsa 
emas, o`zligingdan yuqori turish esa - faylasuflikdir». 
Lev Tolstoy donishmand kishilarning uch xislatini alohida ta`kidlab, shunday ezgan: «Ular, 
avvalo, boshqalarga bergan maslahatlariga o`zlari amal qiladilar~ ikkinchidan, hech qachon haqiqatga 
qarshi bormaydilar~ uchinchidan, atrofidagi kishilarning nuqsonlariga sabr-toqat bilan chidaydilar». 
Xuddi shuningdek, Sharqda ham Konfutsiy va Moniy, Xorazmiy va Forobiy, imom Buxoriy va 
imom Termiziy, Beruniy va Ibn Sino, Naqshband va Navoiy kabi donishmand bobolarimiz o`z haetiy 
kuzatishlari va tajribalarini umumlashtirish, insonga xos xato va kamchiliklardan saboq chiqarish, 
bashariyat tomonidan to`plangan bilim va tajribalarni o`zlashtirish orqali faylasuf darajasiga 
ko`tarilganlar. 
Umuman olganda, bilimdon kishilarning barchasini ham donishmand eki mutafakkir deb 
bo`lmaydi. Haqiqiy faylasuflar haetda nihoyatda kam bo`ladi. Ular o`z davri va millatining farzandi 
sifatida insoniyat tarixiga katta ta`sir ko`rsatadi. Xudoning o`zi aql-zakovat, iste`dod, kuch-quvvat ato 
etgan, erqin tafakkurga ega bo`lgan bunday buyuk shaxslar umumbashariy taraqqiet miqesida tanilgan, 
teran insoniy g`oyalar, ma`naviy boyliklarning qadr-qimmatini chuqur anglaydigan donishmand 
odamlar bo`lgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə