Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?



Yüklə 357,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix25.01.2023
ölçüsü357,72 Kb.
#99260
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Fin ta\'limi amaliyotda



 
 
Fin ta’limi amaliyotda
Nima? Nima uchun? Qanday? 
 
 
 
 
Yohanna Jarvinen-Taubert 
Paivi Valtonen 
Elena Chukhlantseva 
 
 
 
 
 
 
 


MUQADDIMA 
S
o‘nggi yillarda Finlyandiya ta’limiga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Ko‘p 
mamlakatlar oʻqituvchilari, direktorlari va boshqa taʼlim ekspertlari Finlyandiyaning PISA 
kabi xalqaro baholash dasturlaridagi yuqori taʼlim natijalari ko‘plab mamlakatlardagi 
oʻqituvchilar, direktorlariva boshqa taʼlim ekspertlari uchun birdek qiziq. Finlyandiya 
nafaqat eng yaxshi 
ta’lim natijalarini ortiqcha yuklamalarsiz va bolalarga yo‘naltirilgan 
yondashuv bilan birlashtira oldi, balki barcha bolalarga ushbu sifatli ta’limni teng darajada 
taqdim etdi. Shu sababli ham, Finlyandiya ta’lim tizimining muvaffaqiyati dunyo 
hamjamiyatida katta qiziqish uy
g‘otdi. Ko‘pgina o‘qituvchilar, direktorlar va ta’lim sohasi 
vakillari ushbu dunyoga mashhur ta’lim tizimi amaliyotda qanday ishlashini bilishni 
xohlashadi. Finlar bunday ajoyib ta’lim natijalariga erishish uchun aslida nima qilishadi? 
Bizning Learning Scoop kompaniyamiz Finlyandiya ta’limining turli jihatlarini 
amaliyotga samarali joriy etish orqali 50 dan ortiq mamlakatlarda xalqaro ta’lim 
beruvchilarni tayyorlab kelmoqda. Bu orqali biz Finlyandiya ta’limining qaysi omillari 
global miq
yosdagi ta’lim beruvchilarni ko‘proq qiziqtirayotgani haqida tushunchaga ega 
b
o‘ldik. Bizning yurtimizda boshqa mamlakatlardagi taʼlim mutaxassislarini qiziqtiradigan 
gʻoyalar va amaliyotlar mavjud boʻlganligi sababli, oʻz tajribalarimizni barcha bilan baham 
koʻrishimiz tabiiy. Biz uchun baham ko‘rish g‘amxo‘rlikdir.
S
o‘nggi yillarda Finlyandiya ta’limi haqida bir qator ajoyib kitoblar nashr etildi. 
Shunga qaramay, muayyan mavzularning umumiy tavsifi (Nima?), Finlyandiya ta’limining 
o‘ziga xos xususiyatlarining mantiqiy asoslari (Nima uchun?) hamda ushbu 
tashabbuslarning kundalik ta’lim jarayonida qanday qilib (Qanday?) amalga oshirilishiga 
oid amaliy misollarni 
o‘zida jamlagan Finlyandiya ta’limining amaliyotga yo‘naltirilgan 
nashri yetishmayotgan edi. Mazkur kitob bilan biz shu ehtiyojni t
o‘ldirishga umid 
bo
g‘laganmiz. Bu kitob boshqa davlatlardagi kabi ta’limdagi tajribalarning katalogidan 
k
o‘chirma emas. Ta’lim har doim mahalliy shart-sharoitlar, madaniyat va tarix bilan bog‘liq 
b
o‘lgan. Shunga qaramay, boshqa davlatlardan yangi g‘oyalarni olish, ularni o‘z davlati 
va tizimiga mosligini tekshirish uchun sinab k
o‘rish mumkin. Finlyandiya bugungi ta’lim 
tizimini bunyod etishda boshqa davlatlardan juda k
o‘p narsalarni o‘rgangan. Biz uchun, 
bir-birimizdan 
o‘rganish ta’limni global miqyosda rivojlantirishning muhim yo‘lidir.
Ushbu kitob Fin ta’limining asosiy mavzulari bo‘lgan oltita asosiy maqolani taqdim 
etadi.
1. 
Fin ta’limining tamoyillari 
2. 
Finlyandiyaning yangi milliy o‘quv dasturi: Nima uchundan qanday qilibgacha 
3. 
Finlyandiya usulida ta’limni qo‘llab-quvvatlash 
4. 
Finlandiyada pedagogik liderlik 
5. 
Finlyandiyadagi erta yosh ta’limi hayot davomida ta’lim olish yo‘lining asosi 
sifatida 
6. 
Ota-onalar o‘z farzandlarining ta’limi haqida nimalarni bilishi kerak – Fincha 
dunyoqarash 
Bu maqolalarning har biri Fin ta’limining yetakchi g‘oya va maqsadlarining 
amaliyotda qanday q
o‘llanilishini tavsiflovchi bir nechta amaliyotga yo‘naltirilgan 
misollarni 
o‘z ichiga oladi. Bu misollar Fin ta’limining tajribali ekspertlari: sinf rahbarlari, 
fan 
o‘qituvchilari, maxsus ta’lim mutaxassislari, direktorlar, trenerlar va pedagoglar 
tomonidan yozilgan.


Ushbu loyihaga hissa q
o‘shgan har bir mutaxassis ko‘p yillik ish tajribasiga va 
ushbu kitobda k
o‘rib chiqiladigan mavzular bo‘yicha amaliy bilimga ega. Bu haqiqat, 
ayniqsa, muhokama qilinayotgan masalalarning real hayotdagi ta’lim sharoitida qanday 
ishlashi haqida birinchi q
o‘ldan ishonchli ma’lumot izlayotgan o‘quvchilar uchun kitobning 
dolzarbligini oshiradi. Mualliflar yoritgan mavzular sinchkovlik bilan tanlab olingan, bu esa 
o‘quvchiga Finlyandiya ta’limidagi eng so‘nggi tajribalarni taqdim etadi. Ayrim sabablarga 
k
o‘ra, biz xohlasak ham berilgan maqolalarni to‘la taqdim etishning imkoni bo‘lmadi. Biz 
ushbu kitobni yozishda beqiyos yordami uchun Learning Scoop jamoasiga 
minnatdorchilik bildirmoqchimiz: tajriba, 
g‘ayrat va moslashuvchanligi uchun Satu 
Herrala, Riitta Juusenaho, Yoxanna Kämäräinen, Juha Lahtinen, Jukka Miettunen, 
Teemu Nieminen, Tommi Roininen va Kaisa Tuomarlalarga rahmat! Eng yaxshi jamoa 
b
o‘lganingiz uchun tashakkur! Doktor Kennet Vellaga alohida minnatdorchiligimizni 
bildirmoqchimiz. Uning doimiy yordamisiz bu kitob bugun yaratilmagan b
o‘lardi. Kitobni 
tarjima va taxrir qilishda professional darajada bergan yordami uchun Iiris Liljaga 
tashakkur. Ushbu q
o‘lyozmani yakunlashimizga yordam bergan cheksiz dalda va qo‘llab-
quvvatlagani uchun bosh direktorimiz Ellimaiya Ahonenga minnatdorchilik bildiramiz! 
Shuningdek, Kite Group kompaniyasiga ishonchi va jarayondagi yordami uchun rahmat 
aytamiz. 
Bundan tashqari, biz Finlyandiyada va xorijda 
o‘qitgan barcha o‘qituvchilar, 
direktorlar va ta’lim bo‘yicha mutaxassislarga minnatdorchilik bildirmoqchimiz. Umumiy 
maqsadimiz
, ya’ni barcha uchun sifatli ta’lim olishni ta’minlash sari intilayotganimizda siz 
biz uchun ilhom manbaisiz! 
Yoxanna Järvinen-Taubert 
Päivi Valtonen 
Elena Chuxlantseva 
 
2021-yil 4-aprel 
Tampere shahri 



Yüklə 357,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə