Fin ta’limi amaliyotda Nima? Nima uchun? Qanday?


O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik



Yüklə 357,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix25.01.2023
ölçüsü357,72 Kb.
#99260
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Fin ta\'limi amaliyotda

O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik 
Finlyandiyadagi ta
’lim ko‘pincha “bolaga yo‘naltirilgan” yoki “o‘quvchiga 
y
o‘naltirilgan” deb qaraladi (Sahlberg 2017b, XIV; Uolker 2017 60-68; Lonka 2018, 
74-78). Aslida ham ta
’lim maktablar, o‘qituvchilar yoki ota-onalar uchun emas, u – 
bolalar va yoshlar uchun. Finlyandiyaliklar mamlakatdagi turli 
o‘zgarishlar yoki 
islohotlarni 
“bu bolalar yoki yoshlar uchun foydalimi?”, degan nuqtai nazar bilan
baholaydi. Pokka (2015, 31) ta
’kidlaganidek, maktab direktorlarining o‘z faoliyatidagi 
asosiy maqsadi, boshqaruv yoki moliyaviy masalalardan oldin, mavjud holatda 
o‘quvchilar uchun eng yaxshi sharoitlarni ta’minlashdir. 
Biz Finlyandiya maktablarini ma
’lum bir sababga ko‘ra bolalar yoki 
o‘quvchilarga yo‘naltirilgan deyish o‘rniga o‘rganuchilarga yo‘naltirilgan deb atashni 
tanladik. Ya
’ni, “o‘rganuvchiga yo‘naltirilgan” tushunchasi bir atamada ikkita asosiy 


xususiyatni birlashtiradi: u markazga 
o‘rganayotgan shaxs – bola, o‘quvchi yoki 
talabani q
o‘yishi bilan birga Finlyandiya ta’limida o‘rganishning ustuvorligini ham 
ta
’kidlaydi. Finlyandiyadagi ta’limga doir munozaralar ham ko‘pincha qanday 
yechimlar yoki tartiblar 
o‘rganishni ko‘proq rag‘batlantirishi haqida kechadi. O‘rganish 
Fin ta
’limida asosiy tushunchadir
5

O‘qitish o‘rganish bilan bog‘liq holda muhokama 
qilinadi. Masalan, qanday 
o‘qitish usuli o‘rganishni yaxshilaydi? Maktab faoliyatining 
asosiy maqsadi har bir 
o‘quvchiga ta’lim olishni eng yaxshi ta’minlaydigan o‘quv 
muhiti va 
o‘rganish usullarini taklif qilishdir. (Pokka 2015, 31.) O‘quvchilarga 
y
o‘naltirilgan maktab “o‘quvchilar va ularning samarali o‘rganishlarini o‘z ichiga oladi 
va uning maqsadi 
o‘rganish uchun makon va teng imkoniyatlarni ta’minlashdir” 
(Pokka 2015, 51). 
O‘rganuvchiga yo‘naltirilganlik o‘quvchilarning maktab jamoasining haqiqiy 
a'zolari va faol agentlari sifatida qaralishini anglatadi. Ularning fikr-mulohazalari 
qadrlanadi, takliflari eshitiladi. 
O‘quvchiga yo‘naltirilgan ushbu yondashuv o‘qitish, 
o‘rganish va boshqa maktab faoliyatiga doir masalalarni tashkil etishda yangi 
istiqbollarni taklif etadi. Pokka buni Fin ta
’limining asosiy qadriyati deb hisoblaydi: 
“Har qanday maktab tizimining asosiy boshlang‘ich nuqtalaridan biri bu bolalik 
va 
o‘smirlik davrini hurmat qilish bilan bilan birga o‘quvchining maktab 
hamjamiyatining t
o‘la huquqli a’zosi sifatidagi mavqeini tan olishdir”.
(Pokka 2015, 
24-25.) 

Yüklə 357,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə