|
Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati kelgan qarz majburiyatlarining tahlili
|
səhifə | 2/4 | tarix | 22.03.2024 | ölçüsü | 10,09 Kb. | | #180651 |
| Firma va kompaniyalarni qisqa muddatli likvid mablag`lari va muddati (2)Asosiy mablag‘ — ishlab chiqarishda uzoq yil va ko‘p marta ishla tiladigan asosiy ishlab chiqarish vosi talarini so tib olishga mo‘ljallangan mablag‘. Aylanma mablag‘ — xom ashyo, har xil materiallarni sotib olishga va ishchi kuchini yollashga sarflanadigan mablag‘lar. - Asosiy mablag‘lar ham “aylanadi”. Ularning aylanish davri asosiy ishlab chiqarish vositalarining qancha vaqt ishlatilishiga, xizmat ko‘rsatish muddatiga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, bino va inshootlarning ishlatilish muddati 20 yil, asbob-uskunalarniki esa 5—7 yil qilib belgilanadi.
- Bu muddat davomida ular eskirib, har yili boshlang‘ich narxining ma’lum bir qismi yaratilgan mahsulot narxiga o‘tib, arzonlashib boradi. Mana shu arzonlashish qiymati amortizatsiya qiymati deb ataladi.
- Mana shu arzonlashish qiymati mahsulot sotilgach, firmaga pul kirimi tarkibida qaytadi va firmadagi maxsus jamg‘armaga – amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
- Firmaning umumiy pul kirimidan amortizatsiya jamg‘armasiga yo‘naltirilgan pul amortizatsiya ajratmasi deb ataladi. Odatda, yillik amortizatsiya ajratmasi bino yoki dastgohlar narxining ularni ishlatilish muddatiga bo‘lib topiladi.
- A – yillik amortizatsiya ajratmasi;
- p – asosiy ishlab chiqarish vositasi narxi;
- n – foydalanish muddati.
- Amortizatsiya ajratmasi — asosiy ishlab chiqarish vositalarining eskirishi natijasida ular narxining ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga o‘tgan qismi.
- Masalan, korxona binosining narxi 160 mln so‘m bo‘lib, undan foydalanish muddati 20 yil qilib belgilangan. Demak, har yili bino narxi 160 mln : 20 = 8 mln so‘mga arzonlashib, bu pul mahsulot narxiga o‘tadi va mahsulot sotilgach, amortizatsiya jamg‘armasida jamlab boriladi.
- Firma faoliyati uchun pul mablag‘larini jalb etish biznesni moliyalashtirish deb ham ataladi. Firmaning ichki va tashqi moliyaviy mablag‘ manbalari bo‘ladi. Ichki moliyaviy mablag‘ manbalari:
|
|
|