Fizika fanidan o’qitish texnologiyasi



Yüklə 105,17 Kb.
tarix24.12.2023
ölçüsü105,17 Kb.
#160078
Ulzadaga2


Fizika» fanidan o’qitish texnologiyasi
Zamonaviy kadrlar oldiga qo’yilayotgan eng muhim vazifalardan biri malakali mutaxassislar sifatida o’zligini, o’z qobiliyatini, individualligi, shaxsiy fazilat hamda hislatlarni bilgan tarzda mehnatni oqilona tashkil etish va ijtimoiy foydali mehnatning barcha sohalarida faoliyat ko’rsatishdir. Hozirgi kunda ta’lim, fan va ishlab chiqarishdagi dolzarb vazifalar kadrlarga bo’lgan ehtiyojdan kelib chiqib amalga oshirilayotganiga ishonch hosil qilinadi. Ma’lumki, rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti eng avval o’zamonaviy fan va texnika yutuqlaridan xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida oqilona foydalanish bilan farqlanadi. Davlatning, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarining rivojlanishi yetuk kadrlarga hamda fan-texnika yutuqlaridan qanday foydalanishga bog’liqligini bozor iqtisodiyotining shakllanishi ko’rsatmoqda. Talabalarning mazkur fan doirasida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida keltirilgan materiallar, qoidalar va xulosalardan puxta o’zlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta minlash fanni o’rganish oldida turgan asosiy vazifalardir. Fanni o’qitish maqsadi va vazifalari «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» o’quv jarayonining ilmiyligi, zamon talablariga mosligi, turmush amaliyot bilan bog’lanishiga asoslangan. Shuning uchun fizika fanini o’qitishdan maqsad, talabalarga yetuk mutaxassis bo’lib yetishishlari uchun yetarli darajada baza yaratish, ularni kelgusidagi mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritishlariga va fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olishlaridan iborat. Fizika kursi talabaga xilma-xil elektrotexnik elektron asboblar va qurilmalarning ishlash prinsipini o’rganish va tushunish uchun zarur bo’lgan chuqur bilimlarni berishi kerak. Talabalar keyingi ish faoliyatlarida, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida ishlata bilishlari kerak. Fizika fanini o’rganish talaba falsafiy dunyoqarashini shakllanishi uchun ham katta ahamiyat kasb etadi. Fizika rivojlanishining butun tarixi ilmiy-texnikaviy taraqqiyot dialektikasini yoritishdan, fan va texnikaning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va ekologik muammolar bilan murakkab o’z aro bog’lanishini aks etishdan iborat. XXI asr xilma-xil elektron, yarim o’tkazgichli va elektromagnit qurilmalar ishlab chiqarishni tez o’sishi yangi texnologiyalarni rivojlanishi bilan harakterlanadi.
Bunday  qurilmalar ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, murakkab fizikaviy hodisalarni modellashtirish, amaliy masalalarni yechish va hokazolarga yo’l ochib beradi. Hozirgi dolzarb vazifa talabalarning, o’sib kelayotgan avlodni har bir fanning rivojlanish tarixi, bu fanlarga Sharq olimlari qo’shgan hissalarini bilishga erishishlari kerak. Talabalar bizning avlod-ajdodlarimiz fanlar (mazkur fizika fani) rivojiga qo’shgan hissalarini nafaqat bilishlari, balki uni to’g’ri baholashlari, asrab-avaylashlari hamda o’zlari ham fanlarning rivojlanishigia o’z hissalarini qo’shishga intilishlari kerak. Fan bo’yicha talabalarning bilimiga, ko’nikma va malakasiga qo’yiladigan talablar «Fizika» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr: - fizika fanining asoslarini, qonunlarini; fizik hodisalar, ularning mexanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo’llanishlarini; fizik tajribalar, namoyishlar va hodisalarni fizik qonun va prinsiplari asosida tavsiflashini; fizikaning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o’rni va ahamiyatini bilishi kerak; - talaba tabiat qonunlarini o’rganish va ulardan insoniyat ehtiyojlari uchun foydalanish; hodisani modelini yaratib berish; tabiat va jamiyatda yuz beradigan jarayonlar va hodisalar haqida bilimlarga ega bo’lishi, ulardan hayotda va kasbiy faoliyatda zamonaviy ilmiy asoslarda foydalana olish; yangi materiallar va mahsulotlarni tarkibini, sifatini aniqlashda fizikaviy usullardan foydalanish; fizik asbob-uskunalardan foydalanish, tajribalar o’tkazish, olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish, tegishli xulosalarga erishish, texnika xavfsizligini to’la saqlash; masalalarni yechishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish; aholini turmush darajasini ko’tarishda xizmat ko’rsatish sohasini, servisni yangi sifat darajasiga ko’tarish ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak; - talaba fizikaviy jarayonlarni servis va xizmat ko’rsatish sohalari bilan bog’liqligini tahlil qilish va xulosa chiqarish; ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash va ulardan foydalanish, mehnat faoliyatlarida uchraydigan muammolarni hal etishda mustaqil fikr yuritish; fizika fanining yutuqlarini bevosita tadbiq eta olish; texnikani rivojlantirish; milliy mahsulotni ko’paytirish; turmush darajasini ko’tarish malakalariga ega bo’lishi kerak. Fanning o’quv rejasida ko’zda tutilgan boshqa kurslar bilan o’zaro bog’liqligi «Fizika» fani matematika va tabiiy fanlar turkumiga kirib, 1-semestrda o’qitiladi. Mazkur fan boshqa tabiiy, texnikaviy fanlarning nazariy va uslubiy asosini tashkil qilib, matematika, kimyo, biologiya, falsafa, elektrotexnika elektronika va elektruzatma, sifat ekspertizasi, nooziq-ovqat tovarlar ekspertizasi asoslari, servisdagi texnologik jarayonlar, texnologik  jarayonlarni avtomatik boshqaruvi, servis xizmat ko’rsatish texnologiyasi asoslari kabi fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni «Fizika» fani talabalarda ilmiy dunyoqarash va amaliy tafakkurni, fan-texnika yutuqlaridan ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida foydalanish, ishlab chiqarish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo’llash, obektiv tabiiy qonun va hodisalarga ongli munosabatda bo’lish ko’nikmasini shakllantiradi. Barcha amaliy texnikaviy fanlarning nazariy-uslubiy asoslari to’g’risida bilim hosil qiladi. Yangi chiqindisiz texnologiyani yaratish va qo’llashda ilmiy-texnikaviy bazani yaratib beradi. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning «Fizika» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar, slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur», «Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi usullar asosida o’qitiladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda o’qiymiz» texnikasi, «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan foydalaniladi. Asosiy qism Fanning nazariy mashg’ulotlari mazmuni «Fizika» fanining predmeti va bilish usullari Fizika fani va uning vazifasi. Fizikaviy tekshirish usullari. Fizika va boshqa tabiiy fanlar orasidagi bog’lanish. Predmetlar aro bog’lanish. Hozirgi zamon fizikasi va kompyuterlar texnologiyasi.
Mustaqil ishni tashkil etishning shakli va mazmuni Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini nazarga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi. Fanning o’quv turlari bo’yicha talabalarga adabiyotlardan foydalanib mustaqil o’zlashtirish uchun quyidagi vazifalar berib boriladi: - ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; - berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash; - amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish; - amaliy mashg’ulotlardan masalalar yechish, hisob-grafik ishlarini bajarish; - laboratoriya ishlarini bajarishga tayyorgarlik ko’rish; - laboratoriya ishlarini natijalarini, tajriba xatoliklarni hisoblash va xulosalar qilish; - laboratoriya ishlarini himoyasiga tayyorlash; - tarqatma materiallar bo’yicha ma’ruzalar qismini o’rganish, masalalarni yechish; - ilmiy-tadqiqot ishlari ustida ishlash; - ilmiy maqolalarni va tezislarni chop etish. Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari: 1. Fizika va fan-texnika inqilobi.. Olamning yagona fizika manzarasi. 3. Impulsli texnika. 4. Yarim o’tkazgichli asboblar va ularning qo’llanilishi. 5. Rele. Relening turlari va ulardan servis sohasida foydalanilishi. 6. Integral sxema va uning turli sohalarda qo’llanilishi. 7. Ventilli fotoelement va uning qo’llanilishi. 8. Shamol energetikasi va undan xalq xo’jaligida foydalanish. 9. Suyuq dielektriklar. 10. Suyuq o’tkazgichlar va ularning servis sohasida qo’llanilishi. 11. O’lchash qurilmalari. 1. Kvant elektronikasi. 13. Magnitomexanik hodisalar. 14. Magnitooptika. 15. Qattiq jismlar plazmasi. 16. Elektr energiyaning plazma manbai va uning kelajagi 17. Fotoemissiya hodisasi.
Dasturning informatsion-uslubiy ta minoti Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy usullari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo’llanilishi nazarda tutilgan. - ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida prezentatsion va elektron-didaktik texnologiyalaridan: - amaliy mashg’ulotlarda aqliy hujum, guruhli fikrlash pedagogik texnologiyalaridan; - o’tkaziladigan tajriba mashg’ulotlarida kichik guruhlar musobaqalari, guruhli fikrlash texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar Talabalarning «Fizika» fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanishi, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, leksiyalar kursi, tarqatma materiallar, slaydlar, elektron materiallar, «Aqliy hujumlar», «Tanqidiy tafakkur», «Guruhlarda ishlash», «Nima uchun» texnikasi, «Klaster» texnologiyasi kabi usullar asosida o’qitiladi. O’quv jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o’qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish. Fizika kursini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:
Shaxsga yo’naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to’laqonli rivojlanishlarini ko’zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog’liq o’qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi. Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’z aro bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’zo’zini ko’rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’z aro o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari: o’qitishning an anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o’z aro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi. Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida ham butun kurs davomida ham o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi. Fizika fanini o’qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, Excel elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo’yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. Internet tarmog’idagi rasmiy iqtisodiy ko’rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so’z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o’tkaziladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarida o’qitishning interaktiv usullari (vizual, muammoli, ikki tomonlama tahlil, Insert, Klaster, «Birgalikda o’qiymiz» texnikasi, «O’ylang-juftlikda ishlang-fikr almashing» texnikasi)dan foydalaniladi.
Fizika fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi: Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo’nalishlari bo’yicha) t/r Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Laboratoriya ishi Mustaqil ta’lim
Asosiy qism: Fanning uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi Asosiy qismda (ma’ruza) fanni mavzulari mantiqiy ketma-ketlikda keltiriladi. Har bir mavzuning mohiyati asosiy tushunchalar va tezislar orqali ochib beriladi. Bunda mavzu bo’yicha talabalarga DTS asosida yetkazilishi zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalar to’la qamrab olinishi kerak. Asosiy qism sifatiga qo’yiladigan talab mavzularning dolzarbligi, ularning ish beruvchilar talablari va ishlab chiqarish ehtiyojlariga mosligi, mamlakatimizda bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy va demokratik o’zgarishlar, iqtisodiyotni erkinlashtirish, iqtisodiy-huquqiy va boshqa sohalardagi islohatlarning ustuvor masalalarini qamrab olishi hamda fan va texnologiyalarning so’ngti yutuqlari e’tiborga olinishi tavsiya etiladi. Ma’ruza mashg’ulotlari Mexanik harakatning kinematik va dinamik tavsifi. Fizika fani va uning maqsadi, vazifasi va tadqiqot uslublari.
Yüklə 105,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə