Fizikadan abituriyentlar (1-guruh) uchun blok test



Yüklə 21,76 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü21,76 Kb.
#117290
Mohidil (1-guruh)


Fizikadan abituriyentlar (1-guruh) uchun blok test
1. Molekulalarning absolyut temperaturasi 4 marta orttirilsa, molekulalarning issiqlik kinetik energiyasi qanday o’zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 2 marta ortadi C) o’zgarmaydi
2. 32 g ozon (O3) nechta kislorod atomidan tashkil topgan? A) 4x1023 B) 12x1023 C) 12x1024
3. Ideal gazning holati V3T=const qonuniyat bo’yicha o’zgarmoqda. Agar gazning hajmi 2 martaortsa, uning bosimi qanday o’zgaradi?
A) 16 marta kamayadi B) 4 marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) 8 marta ortadi
4. Bir xil temperaturada kislorod (O2) va suv bug’i (H2O) molekulalarining ilgarilanma harakat tezliklari nisbatini toping. A) 3/4 B) 16/9 C) 9/16 D) 4/3
5. Ballondagi gazning 50% i chiqarib yuborilishi natijasida gazning absolyut harorati 2 marta pasaydi. Bunda uning bosimi qanday o’zgaradi?
A) o’zgarmaydi B) 4 marta kamayadi C) 2 marta kamayadi D) 8 marta kamayadi
6.Havo pufakchasining hajmi suv sirtiga chiqqanda 4 marta kattalashdi. Ko’lning chuqurligini toping? A) 30 B) 40 C) 20
7. Bitta kislarod (O2) malekulasining massasi qanday? A) 5,3x10-23 B) 5,3x10-26 C) 1,9x10-26
8. Avagadro doimiysi nimaga teng? A) 6,62x10-34J*s B) 1,38x10-20 J/K C) 6x10231/mol
9. Issiqlik muvozanatda bo’lganda qaysi gaz parametri o’zgarmas bo’ladi? A) bosim B) hajm C) temperature
10. Hajmi 3V bo’lgam ballonda p bosimli ideal gaz bor. Unga ichi bo’sh bo’lgan 3V hajmli boshqa ballon kran orqali ulandi. Kran ochilgach qanday bosim qaror topadi? (gaz harorati o’zgarmaydi deb hisoblang) A) p/4 B) p/2 C) p/3 D) 2p/3
11. Ideal gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi 4 marta ortishi natijasida gazning bosimi 16 marta ortadi. Bunda gazning konsentratsiyasi qanday o’zgargan?
A) 4 marta ortgan B) 16 marta ortgan C) 2 marta ortgan D) o’zgarmagan
12. Tajriba natijasida ideal gazning bosimi uning xajmiga chiziqli bog’langanligi aniqlandi. Bu qanday izojarayon?
A) izotermik B) bunday izojarayon yo’q C) izobarik D) izoxorik
13. Temperaturaning absolut shkala bo’yicha eng quyi chegarasi nechaga teng? (K)
A)0 B)-273 C)273
14. Normal sharoitda 500 mol kislarod qanday hajimni egallaydi. (m3)
A)6,4 B)11,2 C)22,4
15. Gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligini400 m/s dan 200 m/s gacha kamaytirish uchun gazning harorati 100 K ga kamaytirildi. Shu gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligini 400 m/s dan 100 m/s gacha kamaytirish uchun gazning haroratini qannchaga kamaytirish (K) kerak?
A) 110 B) 125 C) 150 D) 175
16. Idishdagi gazning bosimi 200 kPa, harorati 2270C Gaz molekulalarining konsentratsiyasini (m-3) toping.
A) 4,3x1026 B) 2,9x1025 C) 1,38x1023
17. Ideal gazning bosimi izoxorik ravishda 2 atm dan 6 atm gacha oshdi va harorat 3270 C bo’lib qoldi. Gazning boshlang’ich haroratini toping (0C).
A) -100 B) 109 C) -73 D) 34
18. Ideal gazning holati P2V=const qonuniyat bo’yicha o’zgarmoqda. Agar gazning hajmi 16 marta kamaysa, uning harorati qanday o’zgaradi?
A) 4 marta kamayadi B) 4 marta ortadi C) 8 marta kamayadi D) o’zgarmaydi
19. Ideal gazning holati P2/V=const tenglamaga muvofiq o’zgaradi. Agar gaz bosimi 2 marta ortgan bo’lsa, uning harorati qanday o’zgaradi?
A) 4 marta kamayadi B) 8 marta ortadi C) 2 marta ortadi D) o’zgarmaydi
20. Izobarik jarayonda gazning harorati 4 marta ortsa, uning bosimi necha marta o’zgaradi?
A) 4 marta ortadi B) 2 marta ortadi C) 4 marta kamayadi D) o’zgarmaydi
21. Izotermik jarayonda hajmning 3 marta ortishi bosimning 200 kPa ga kamayishiga sabab bo’ldi. Gazning boshlang’ich bosimini (kPa) toping.
A) 500 B) 450 C) 400 D) 300
22. Quyidagilardan qaysi biri universal gaz doimiysining birligi?
A) J/kg B) J/K C) J/K*mol
23. Tajriba natijasida ideal gazning bosimi uning absolyut temperaturasiga chiziqli bog’langanligi aniqlandi. Bu qanday izojarayon?
A) izotermik B) izobarik C) izoxorik D) bunday jarayon yo’q
24. 5000C necha Kelvinga teng?
A) 773 B) 227 C) 500 D) -173
25. Bug’lanishga teskari bo’lgan jarayon qaysi javobda berilgan?
A) sublimatsiya B) kondensatsiya C)rekombinatsiya
26. Hajmi 100 litr bo’lgan ballonda 270 C haroratli vodorod bor. Agar gazning bosimi 1,87 MPa bo’lsa,
uning zichligini (kg/m3) toping. A) 1,2 B) 2,4 C) 1,9 D) 1,5
27.Idishda 100C li 6 l, 200C li 9 l va 400C li 15 l suv quyildi natijaviy temperaturani toping?
A)32 B)20 C)28
28. Ichida havosi bo’lgan ochiq probirka t1 haroratgacha atmosfera bosimida isitildi. Keyin probirkaning og’zi yopildi va u 100C gacha sovutildi. Bunda idishdagi bosim avvalgi bosimning 0,7 qismini tashkil qildi. Dastlab probirka qanday t1 haroratgacha (0C) isitilgan?
A) 14 B) 404 C) 283 D) 131
29.Izotermik jarayonni kim aniqlagan? A) Gey-Lusak B) Boyl-Mariott C) Sharl
30.Molekulyar fizika va termodinamikaning XBS ga kirgan asosiy birliklarini ko’rsating?
A) mol;K B) mol; J C) K;Pa
Yüklə 21,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə