Fizikadan masalalar to’plami


(1.229) Moddiy nuqta radiusi R= 10sm



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə30/112
tarix20.10.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#128706
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112
gupkina-2

80(1.229) Moddiy nuqta radiusi R= 10sm bo'lgan aylana bo'ylab harakatlanmoqda. Bosib o'tilgan yo'lning vaqtga bog'lanish tenglamasi s(t)=t ko'rinishida. Harakat boshlangandan so'ng 5s dan so'ng jismning chiziqli va burchak tezligini, dastlabki 5s dagi aylanishlar sonini va tezlanishini toping.
81(1.231) Zarracha tinch holatdan boshlab aylana bo'ylab o'zgarmas tangensial tezlanish bilan harakatlana boshladi. Zarra bir marta to'liq aylanib chiqgandan so'ng uning tezlanishi va tezligi orasidagi burchak nimaga teng?
8 2(1.236) Ikkita bir xil disk rasmda ko'rsatilganidek joylashgan. 1-disk qo'zg'almas, 2-disk esa 1-disk atrofida sirpanishsiz aylana oladi. 2-disk 1-disk atrofida bir marta to'liq aylanib chaqgan vaqtda u qanday burchakga buriladi?
8 3(1.238) Radiuslari R=50sm va r=25sm bo'lgan ikkita gildirak qarama-qarshi tomonga mos ravishda ω1=5rad/s va ω2=10rad/s burchak tezliklar bilan harakatlanmoqda. Ularning o'rtasida rasmda ko'rsatilganidek sharcha aylanmoqda. Agar sirpanish bo'lmasa bu sharchaning o'z o'qi atrofidagi aylanishlaridagi burchak tezligi nimaga teng
Gorizontal otilgan jismning harakati. (bundan keyingi masalalarda havoning qarshiligi hisobga olinmasin)
84(1.240) Gorizontal uchayotgan o'q bir-biridan l=30m masofada turgan ikkita qog'oz bo'lagini teshib o'tdi. Bunda ikkinchi qog'ozdagi teshik birinchi qog'oznikiga nisbatdan h=2mm pastda bo'lsa, o'qning birinchi qog'ozga urilishdagi tezligini hisoblang.
85(1.241) H balandlikda gorizontal yo'nalishda v tezlik bilan uchib borayotgan samolyotdan yuk tashlab yuborildi. Qanday h balandlikda yuk tezligining yo'nalishi gorizont bilan α burchak tashkil qiladi? Shu nuqtadagi trayektoriyaning egrilik radiusini R ni toping. Yuk yerga tushayotgan vaqtda, yuk va samolyot orasidagi l masofa nimaga teng?

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə