Foto energiyasi: bu yerda Plank doimiysi, chastota, to‘lqin uzunlik



Yüklə 0,61 Mb.
tarix19.05.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#111574
9-amaliy mashg\'ulot




  1. Foto energiyasi:


bu yerda - Plank doimiysi, - chastota, - to‘lqin uzunlik.

  1. Foton massasi:




  1. Foton impulsi:



  1. De Broyl to‘lqini uzunligi:



  1. Y orug‘lik bosimi:


bu yerda I – yorug‘lik intensivligi, c– yorug‘lik tezligi, ρ – yorug‘likni qaytarish koeffitsienti.

  1. Tashqi fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi:

yoki
bu yerda :
A – elektronning chiqish ishi,
meelektronning massasi,
ϑ – fotoelektronlar tezligi.

  1. Fotoeffekt uchun qizil chegara:

,

  1. Elektronlar tormozlanishi tufayli hosil bo‘ladigan rentgen nurlarining minimal to‘lqin uzunligi va maksimal chastotasi:

,
bu yerda U – rentgen trubkasi elektrodlariga qo‘yilgan potensiallar farqi, e – elementar zaryad.

  1. Kompton effekti:


bu yerda - Kompton to‘lqin uzunligi,θ– sochilish burchagi.

Issiqlik nurlanish qonunlari

  1. Stefan-Bolsman qonuni:


bu yerda Me – absolyut qora jismning energetik yorituvchanligi, T – temperatura, σ=6,67∙10-8 W/(m2∙K2) – Stefan-Bolsman doimiysi.

  1. Kulrang jismning energetik yorituvchanligi:



  1. Vinning siljish qonuni:


bu yerda b – Vin doimiysi.

  1. Plank fomulasi:

,

  1. Absolyut qora jismning maksimal nurlanish qobiliyati:


bu yerda C=1,3∙10-5 W/(m3∙K5).

  1. To‘lqin uzunligi 663 nm bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik dastasi yaqinroq yassi sirtga normal tushadi. Energiya oqimi 0,6 W. Bu sirtga ta’sir etayotgan bosim kuchi hamda 5 s vaqt davomida unga tushayotgan fotonlar soni aniqlansin.

  2. To‘lqin uzunligi 500 nm bo‘lgan yorug‘likning parallel dastasi 10 mkPa bosim hosil qilib qoraytirilgan sirtga normal tushadi. Dastadagi fotonlar konsentratsiyasini va 1 s vaqtda 1 m2 yuzali sirtga tushayotgan fotonlar soni aniqlansin.

  3. Nurlar tik tushishida yorug‘lik bosimi 10 mkPa bo‘lsa, yarqiroq sirtga tushayotgan nurlanish energiya oqimi zichligid aniqlansin.

  4. Elektr lampasi tarqatayotgan energiya oqimi 600 W ga teng. Lampadan 1 m masofada tushayotgan nurlarga tik ravishda diametri 2 cm bo‘lgan yassi doiraviy oynacha joylashgan. Lampaning nurlanishi hamma yo‘nalishlarda bir xil va oynacha o‘ziga tushayotgan yorug‘likni to‘la qaytaradi deb hisoblab, oynachaga bo‘layotgan yorug‘likning bosim kuchi aniqlansin.

  5. Yorug‘lik elektr yoyidan yuzasi 1,5 cm2 bo‘lgan ideal qaytaruvchi sirtli oynachaga normal tushadi. Agar oynachaga tushayotgan nurlanish oqimining sirt zichligi 0,1 MW/m2 bo‘lsa, oynacha olayotgan impuls aniqlansin. Nurlantirish 1 s davom etadi.

  6. Yumaloq shakldagi yo‘ldosh Yer atrofida shunday balandlikda harakatlanadiki, Quyosh nurining atmosferada yutilishini hisobga olmaslik mumkin. Yo‘ldoshning diametri 40 m. Quyosh doimiysini bilgan holda va yo‘ldoshning sirti yorug‘likni to‘la qaytaradi deb qabul qilib, yorug‘lik nurining yo‘ldoshga berayotgan bosim kuchi aniqlansin.

  7. Lebedovning yorug‘lik bosimini aniqlash bo‘yicha olib borgan tajribalarida nurlanish energiyasi oqimi juda sezgir burama tarozi qanotlariga yo‘naltirilgan. Agar tushayotgan yorug‘lik energiyasi oqimi 1,05 kJ/(m2∙s) gat eng bo‘lsa, o‘lchash qurilmasining qoraytirilgan va yaltiroq qanotchalariga ko‘rsatilayotgan bosimni hisoblang.

  8. Sirtidagi yassi ko‘zguga oqimining zichligi 7 kW/m2. Sirt nurlarni to‘la qaytargan va to‘la yutgan hollar uchun yorug‘lik bosimini toping.

  9. Yorug‘likning yassi ko‘zguga bosimi 0,2 Pa. Qaytarish koeffitsienti 0,6 bo‘lgan ko‘zgu sirtiga tushayotgan yorug‘lik intensivligini toping. Yorug‘lik oqimi ko‘zgu sirtiga normal tushadi.

  10. Quvvati 9 W bo‘lgan yorug‘lik oqimi qaytarish koeffitsienti 0,8 bo‘lgan 10 cm2 yuzali sirtga normal yo‘nalishda tushadi. Bunda sirtga qanday bosim ko‘rsatiladi?

  11. Yuzasi 10 cm2 bo‘lgan sirtga intensivligi 1018 s-1 bo‘lgan fotonlar dastasi tushmoqda. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi 500 nm. Agar sirtning qaytarish koeffitsienti 0,7 bo‘lsa, sirtga ko‘rsatilayotgan yorug‘lik bosimi aniqlansin.

  12. Elektr lampasi 45 W quvvatga mo‘ljallangan. Lampadan 1 m masofada tushayotgan nurlarga perpendikulyar joylashgan, qaytarish koeffitsienti 1 bo‘lgan yaltiroq sirtga ta’sir qilayotgan nurlanish energiyasining bosimi aniqlansin.

  13. Nurlanishga 600 W quvvat sarflayotgan kichi elektr yoyi yuzasi 300 cm2 bo‘lgan botiq ko‘zguning egrilik markaziga o‘rnatilgan. Yoy hamma yo‘nalishda bir tekis nurlanadi deb hisoblab, yorug‘likning ko‘zguga berayotgan bosim kuchi hisoblansin. Ko‘zguning egrilik radiusi 10 cm, ko‘zgu ideal qaytardi, deb hisoblang.

  14. Elektr lampasining kolbasi radiusi 3 cm bo‘lgan sferadan iborat. Kolba devorining bir qismi ichkari tomondan kumush yuritilgan. Lampa 60 W quvvat iste’mol qilib, undan 80 % ini nurlanishga sarflaydi. Kolbadagi gazning bosimi (P=13,3 kPa) kolba devorining qaytarish koeffitsienti 0,8 bo‘lgan kumush yuritilgan qismiga ko‘rsatilayotgan yorug‘lik bosimidan necha marta kichik ekanligini toping.

  15. Agar Quyosh yorug‘ligining yo‘ldoshga ta’sir qilayotgan bosim kuchi 11,2 mN, yo‘ldosh sirtining qaytarish koeffitsienti 1, Quyosh doimiysi 1,4 kW/m2 bo‘lsa, Yer atrofida harakatlanayotgan shar shaklidagi yo‘ldoshning diametrini toping. Quyosh yorug‘ligining atmosferaga yutilishini hisobga olmang.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə