Foyda [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib



Yüklə 111,44 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü111,44 Kb.
#136638
Foyda - Vikipediya



Foyda
Foyda - [korxona], pul daromadlaridan
sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib
tashlangandan keyin qolgan qismiga
aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni
sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul
tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.
Foyda
— tovarlar va xizmatlarni sotishdan
olingan daromadning bu tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq
qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik


faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy
koʻrsatkichlaridan biri. F. pulda ifodalanadi.
F. bozor daromadi boʻlib, uning
qonunqoidalariga binoan vujudga keladi,
taqsimlanadi va ishlatiladi. F. kapital,
ishlab chiqarish omili sifatida tovar va
xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular
sotilgach, pul shaklida kapital sohibi
ixtiyoriga keladi. F. topish tadbirkorlikning
asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish
bozor iktisodiyotining rivojlanishini
taʼminlaydi. Amaliyotda F. (F) daromad (D)
bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida
qaraladi (F=D—W). F. 3 omilga bogʻliq: a)
bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh,
natijada ularni sotishdan kelgan pul


tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi F.
ham ortadi; b)daromadlar — tushumlar
miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va
xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har
birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP);
v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar
oʻzgarmay krlgan takdirda xarajatlarning
pasayishi F.ni koʻpaytiradi, ularning ortishi
esa uni qisqartiradi. Xarajatlar dinamikasi
mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat
unumdorligining ortishi xarajatlarni
kamaytirish orqali F.ni koʻpaytiradi. Shu
sababli F.ni koʻp olish sharti — mehnat
unumdorligini muttasil oshirib borish
hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda
F.ning daromaddagi hissasi ortadi, aksi


yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu,
tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor
narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan
kati nazar, F. ortadi. Narxning foydaga
taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir
tovarlarni chiqarmay turib yaxshi F. koʻrish
mumkin emas. Har qanday firma F.ni eng
koʻp olishga, yaʼni uni
maksimumlashtirishga intiladi, F.
miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga
soladi.
F.ning oʻz oʻlchami bor. Bu uning normasi
va massasidir. F. normasi (Gʻ") nisbiy
koʻrsatkich boʻlib, kapital qanday ishlatilib,
qanday F. koʻrilganini bildiradi va u orqali F.


(F) kapitalning (K) ning qanday qismiga
tengligi aniqlanadi.
F. koʻrilgan. F. normasi kapitalining
naqadar samarali ishlatilishini bildiradi. F.
koʻrish tadbirkorlikning maqsadi
boʻlganidan har doim F. normasini
oshirishga intilish saklanib qoladi.
F. massasi — bu foydaning mutlaq
miqdoridir. F. massasi qanchalik koʻp
boʻlsa, F. shunchalik maksimumlashgan
hisoblanadi. Agar F. normasi goqori boʻlsa,
oz kapital bilan ham koʻp F. olish mumkin,
bordiyu F. normasi past boʻlsa, kapitalni
koʻpaytirib F.ni koʻpaytirish mumkin. F.


maksimumlashtirish uchun ham F.
normasi, ham kapital summasi katta
boʻlishi zarur. F. normasini pasayishi
hisobidan F. massasi qisqargan chogʻda,
bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun
investitsiyapar hisobidan kapital
koʻpaytiriladi. Olingan F.ning bir qismi
investitsiyaga aylanadi, bu bilan u
kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit
hisobidan ham pul investitsiyalanganda
kapital koʻpayadi. Natijada F. normasi
pasaygan chogʻda ham olinadigan F.
miqdori qisqarmaydi. Agar F. normasi
pasayishiga nisbatan kapital tezroq
koʻpaysa F. massasining ortishi yuz beradi.


Qayerda hosil boʻlishiga qarab sanoat,
tijorat, bank, servis, agrobiznes va boshqa
F. turlari mavjud. Qanday usul bilan hosil
boʻlishiga qarab oddiy va ustama F.ga
boʻlinadi. Oddiy F. erkin — mukammal
raqobat sharoitida koʻpchilik tadbirkorlar
oladigan F.dir. Us t am a F.ni firmaning
monopol mavqei, yaʼni tovarlar taklifining
tanho yoki ozchilik firmalar qoʻlida
toʻplanishi yuzaga keltiradi. Monopol
mavqe bozordagi hukmronlikni, yaʼni
narxlarga taʼsir etish imkoniyatini beradi.
Monopol firma narxlarni oshirish hisobidan
ustama F. oladi. F. nima hisobidan
yaratilishiga qarab normal, iqtisodiy va
omad F.dan iborat boʻladi. Normal F.ni


tadbirkorlik qobiliyati yaratadi. Bu
ishbilarmonlik uchun mukofot tarzida eng
kam deganda malakali ishchi yoki
mutaxassisning ish haqiga teng boʻlishi
kerak, aks holda tadbirkorlik bilan
mashgʻul boʻlish oʻrniga yollanib ishlash
maʼqul boʻladi. Bundam F. xarajatlar
tarkibiga kiradi, chunki tovarlar
xarajatlarga teng narx bilan sotilganda
ham tadbirkor daromad topadi va biznesni
tashlab ketmaydi. Biznesni boshqarish
kapital sohibidan menejerlarga oʻtgan
taqdirda normal F. ularga mukofot shaklida
tegadi. Iqtisodiy F. xarajatlar bilan
daromad oʻrtasidagi farkdan iborat, uni
kapital yaratgani sababli bu F. kapital


egasiga tegadi. Omad F.si — bu F.ni bozor
konyuʼyunkturasidagi juzʼiy oʻzgarishlar
yuzaga keltiradi. Bozorda talab
vaqtinchalik oshib, narxlar koʻtarilganda
omad F.si hosil boʻladi. Iqtisodiyotda
tavakkalchilik F.si ham bor. Bu tavakkaliga
ish qilgani uchun biznes egalariga
tegadigan mukofot hisoblanadi.
F. ishlatilishidan oldin taqsimlanadi, undan
soliklar toʻlanadi. Kapital qarzga olinganda
F.ning bir qismi foiz qarzlarini toʻlashga
ajratiladi. F.ning firmada qolgan qismidan
ishchi va xizmatchilarga mukofot beriladi,
agar firma aksiyadorlik jamiyati boʻlsa,
F.dan dividend toʻlanadi, xayrehson


ishlariga pul ajratiladi. Barcha
chegirilishdan soʻng qolgan foyda
taqsimlanmagan yoki tutib qolingan F.
hisoblanadi. Taqsimlanmagan foyda
qanchalik koʻp boʻlsa, firmaning oʻz
mablagʻi hisobidan investitsiyalash imkoni
shunchalik katta boʻladi. Firmaning oʻzida
qolgan foyda investitsiya orqali
kapitallashadi, yaʼni asosiy va aylanma
kapitalga kelib qoʻshiladi. Bu firmalarning
iqtisodiy salohiyatini oshiradi.
F. bozor mexanizmidagi muhim iktisodiy
vosita hisoblanadi. F.ga intilish resurslarni
kerakli sohalar oʻrtasida taqsimlanishiga
olib keladi. Kapital talab qisqargani uchun


narx pasayib F. kam olinadigan soxalardan
chiqib talab oshgan serfoyda sohalarga
doimo koʻchib turadi. Bu bilan kerakli
tovarlar va xizmatlar yaratiladi, iktisodiyot
oʻsadi. F.ning koʻp boʻlishi mamlakat
iqtisodiy salohiyatini va farovoshshgini
oshirishga xizmat qiladi.
Ahmadjon Oʻlmasov.
Ayrim adabiyotlarda bu 
iqtisodiy foyda
deb
ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan
oʻtadi:


birinchi bosqichda foyda ishlab
chiqarish jarayonida yangi qiymatning
yaratilish chogʻida vujudga keladi.
Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi
qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy
manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq
foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish
jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni
sotilgandan soʻng olingan pul daromadi
bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida
toʻliq namoyon boʻladi.
Demak, 
tovar
va 
xizmatlar
sotilganda
ularning umumiy qiymati pul
daromadlariga, undagi qoʻshimcha qiymat


esa foydaga aylanadi. Bundan koʻrinib
turibdiki, foydaning haqiqiy manbai
qoʻshimcha mahsulot yoki qoʻshimcha
qiymatdir. Odatda ishlab chiqarish
sohasidagi yirik korxonalar 
tovarlarni
katta
hajmda ishlab chiqarib, ularni savdo
vositachilariga 
ulgurji
 narxlarda sotadilar.
Shunga koʻra, ular tovarning ulgurji narxi
uning tannarxidan yuqori boʻlgan taqdirda
foyda
oladilar.


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Iqtisodiyot
va 
moliyaga
oid ushbu maqola
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedi
a.org/w/index.php?title=Foyda&action=edi
t) Vikipediyaga
 yordam berishingiz
mumkin.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?title=Foyda&oldid=2532185
" dan 


Bu sahifa oxirgi marta 9-May 2022, 18:17 da tahrir
qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
olindi

Yüklə 111,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə