Foydalanish Reja: 1


Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir



Yüklə 24,98 Kb.
səhifə5/6
tarix29.01.2023
ölçüsü24,98 Kb.
#99655
1   2   3   4   5   6
Sport to‘garak mashg’ulotlari va bayram tadbirlarini o‘tkazish jarayonida harakatli o‘yinlardan foydalanish

Harakatli o‘yinlar bolalarni har tomonlama tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir. O‘yin faoliyati qaysi shaklda ifodalanmasin bolani quvontiradi, ularda ijobiy hislarni uyg‘otadi. Harakatli o‘yinlar bola dunyoqarashini kengaytiradi, atrof-muhitni bilishida o‘ziga xos vosita hisoblanadi.
Harakatli o‘yinlardagi qoidalar o‘yinning borishini belgilaydi, bolalar harakat faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini yo‘lga soladi, axloqiyirodaviy sifatlarni tarbiyalashga yordam beradi.
Har bir bolaning o‘yin qoidasini anglashi va unga rioya qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir.
O‘yinlar orqali bolalarda halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish, qat’iyatlik kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy hayol, xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.
Bola o‘yin faoliyati tufayli fazo va buyum voqeligini amalda o‘zlashtiradi, shu bilan birga fazoni idrok etish mexanizmini o‘zi ham juda takomillashadi.
Masalan, bola tomonidan harakat yo‘nalishini mustaqil tanlash va harakatini o‘yin qoidasida qat’iy belgilangan yo‘nalishda bajarishi bir tomondan o‘yin vaziyatini (bevosita idrok qilinadigan) va ko‘rish-motor reaksiyasini (o‘yin harakatlarini) darhol baholashni, ikkinchi tomondan o‘z harakatlarini fazo-o‘yin muhitida anglash va tasavvur qilishni talab etadi.
Xulosalar
Xulosa qilib aytganda O’zbekistonda amalga oshirilgan keng ko’lamdagi ishlar hozirgi zamon jahon tsivilizatsiyasi bilan aloqador ekanligini alohida qayd etish lozim. O’zbekiston umumjahon o’zgarishlar jarayonlari oqimida o’zining betakror ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanishlari dasturiga ega bo’lgan mamlakat sifatida o’ziga xos mavqe egalladi. Yangi tsivilizatsiya va insoniyat taraqqiyotiga kuchli ta’sir o’tkazishga qodir bo’lgan davlat sifatida o’zining keng imkoniyatlarini namoyon etdi.Insoniyat tarixi turli davrlarda O’yg’onish hodisasini bosib o’tgan. O’zbek xalqi tarixida al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqa buyuk mutafakkir olimlar nomi bilan bog’liq bo’lgan IX-XII asr Uyg’onish davri birinchi Renessans hodisasi bo’ldi.Turon xalqlari tarixidagi Sohibqiron Amir Temur va temuriylar nomi bilan bog’liq bo’lgan ikkinchi Uyg’onish davri jahon fani, madaniyati, umuminsoniy qadriyatlarni yuksak darajada o’zida mujassam etgan milliy davlatchilik va boshqaruv tizimining shakllanishi, milliy tiklanish davri bo’lib tarixda qoldi. XX asrning so’nggi yillari o’zbek xalqi tarixida butunlay yangi davrni boshlab berdi. Mamlakatimizda milliy, regional va umumjahon jarayonlar doirasida izchil kechayotgan o’zgarishlarni o’rganish, amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosiy jarayonlarni baholash, tahlil etish, ilmiy-nazariy umumlashtirish, yangilanishlar rivoji o’ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ko’rsatadi O’zbekiston o’zining juda katta aqliy va jismoniy imkoniyatlarini namoyon etib, jahon siyosatiga eng zamonaviy fikrlar bilan kirib bormoqda. Davlatimiz o’zining novatorlik kuchini ko’rsatayotgan dasturiy kontseptsiyalari, jahon ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini ham tubdan isloh qilishga ta’sir qiladigan g’oyatda yangi imkoniyatlarini namoyish etmoqda.


Yüklə 24,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə