Foydalanuvchilar uchun book recommendation tizimini yaratish



Yüklə 19,44 Mb.
səhifə10/19
tarix11.12.2023
ölçüsü19,44 Mb.
#147708
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
BIM gulzoda

Axborot modeli tavsifli va formal qismlarga bo‘linadi.
Tavsifli axborot modellari – bu tabiiy tilda og‘izaki yoki yozma shaklda yaratiladi (ya’ni insonlar orasidagi muloqot tilida; Ingliz, rus, o‘zbek va boshqa)
Formal axborot modellari – bu formal tilda yaratiladi (ya’ni ilmiy, kasbiy yoki ixtisoslashtirilgan) Formal modellarga misollar: barcha ko‘rinishdagi formulalar, jadvallar, graflar, kartalar, sxemalar va boshqalar).
Axborot ob’ekti - bu qandaydir ob’ektning (haqiqiy ob’ekt, hodisa, jarayon, hodisa) mantiqiy bog‘liq bo'lgan axborot elementlari (atribut / rekvizit, munosabat) to‘plami ko'rinishidagi tavsifidir.
Axborot ob’ektida ko‘plab ilovalar (nasollar) mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum atribut qiymatlari to‘plami bilan ifodalanadi va asosiy atribut (kalit) qiymati bilan aniqlanadi. Qolgan atributlar tavsiflovchi xususiyatga ega. Axborot modeli sizga mavzu sohasining kontseptual tuzilishini, tushunchalar ierarxiyasini, ob’ektlarning xususiyatlari va tuzilishini tuzatishga imkon beradi.
Bir xil atribut tarkibi va tuzilishidagi axborot ob’ektlari ob’ektlar sinflarini tashkil qiladi, ularga ham o‘ziga xos nom beriladi ("Talaba", "Session", "Scholarship").
Yuqorida biz ya’ni birinchi bobda foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimini yaratishning tartibi,foydalanuvchilari va ularning yoshi,qiziqishlari,tizimdan foydalanish tartib va qonun qoidalari haqida o‘rgandik. Navbatdagi bo‘limlarda esa anashu o‘rgangan bilimlarimizni amalyotda qo‘llaymiz.Foydalanuvchilar uchun “Book recommendation” tizimi axborot modeli loyihaning asosiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Mavzuni yanada ochib erish maqsadida quyida keltirilgan rasmda kitoblarni foydalanuvchilarga qay tarzda tavsiya berish,qanaqa yo‘llar orqali kitobxonlikni targ‘ib qilishning klassifikatsiyasi keltirilib o‘tilgan.



Yuqoridagi axborot modeliga quyidagi jadvalda tavsif keltirilgan:


2.1.1-rasm

t/r

Blok sxema

Tavsifi


Elektron kitoblar

Elektron kitoblar – bu mavjud kitoblarning turli formatdagi ko`rinishi. Foydalanuvchi uchun qulay bo`lgan usulda o`qiladi. Masalan, smartfonda, kompyuterda yoki macbooklarda. Elektron kitoblarni online ham yuklab olib ham o`qish mumkin.


Multimedia resurslari

Multimedia resurslari – bu audiovisual va kompyuter texnologiyalari tomonidan yaratilgan turli resurslar. Ular turli xil bo`ladi. Masalan, audio, video, 3D, taqdimot, animatsiya ko`rinishida bo`ladi.


Audio kitoblar

Audio kitoblar – bu kitoblarning ma`lum bir muallif tomonidan ovozli o`qilgan ko`rinishidir.


Video kitoblar

Video kitoblar – bu kitoblarning videotaqdimot orqali ma`lum bir mualif tomonidan o`qib videonamoyish turi hisoblanadi.



Yüklə 19,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə