Foydali qazilmalarni er osti usulida qazib olishda nobudgarchilik va sifatsizlanish asoslari



Yüklə 30,17 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü30,17 Kb.
#166135
  1   2   3
MMMS401



MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 

FOYDALI QAZILMALARNI ER OSTI USULIDA QAZIB OLISHDA 
NOBUDGARCHILIK VA SIFATSIZLANISH ASOSLARI 
F.M.Olimov
1
, A.S.Ismailov
2

1
Islom Karimov nomidagi ToshDTU tayanch doktoranti (PhD),


2
Islom Karimov nomidagi ToshDTU “Ko’mir va qatlamli konlar geotexnologiyasi” 
kafedrasi dotsenti 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6375685 
 
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada er osti konida halokat va yo'qotishlarning sabablari haqida 
ma'lumot berilgan.
 
Kalit so‘zlar:
Nobudgarchilik, sifatsizlanish, kon bosimi, kon bosimini boshqarish, ajratib olish 
koeffitsiyenti, optimallashtirish, kon-geologik ta’sir, kon-texnik ta’sir, selik.
 
 
Barcha turdagi foydali qazilmalarni qazib olishda ularni to‘liqroq va massivdagi sifatini 
saqlagan holda qazib olish konchilik sanoatining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. 
“Dehqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” MCHJ Tepaqo‘ton tog‘-kon majmuasida nobudgarchilik va 
sifatsizlanishni ilmiy tadqiq qilish uchun biz avvalo har bir jarayondagi nobudgarchilik va 
sifatsizlanishni kelib chiqish sabablarini o‘rganib ko‘rdik. “Dehqonobod kaliy o‘g‘itlar zavodi” 
MCHJ Tepaqo‘ton tog‘-kon majmuasi va boshqa silvinit rudaslarini qazib oladigan konchilik 
korxonalaridagi nobudgarchilik va sifatsizlanish ko‘rsatkichlarining nazariy tahlili bo‘yicha 
ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirdik. 
Foydali qazilmalarga bo‘lgan talabning ko‘payishi er ostidan foydali qazilmalarni yanada 
to‘laroq qazib olish usullarini ishlab chiqishga asos bo‘ldi. Sifatli va to‘laroq qazib olish 
usullarini ishlab chiqishning roli va ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Hozirda qazib 
olish tizimi va kon bosimini boshqarish usullarini takomillashtirishga katta e’tibor 
berilmoqda. 
Qazish ishlarining chuqurlashib borishi natijasida kon-geologik sharoitlar 
murakkablashib borishi, gazodinamik hodisalarning sodir bo‘lish ehtimoli, shaxta (rudnik) 
atmosferasi haroratining ko‘tarilishi kabi omillarning mavjudligi konchilik sanoati 
korxonalarida kon qazish ishlarining o‘ziga xosligini ifodalaydi. [1; b. 3] 
Balans zaxiraga ajratib olish zarur bo‘lgan sanoat zaxirasi va loyihada belgilangan 
rudaning miqdor yo‘qotilishi, bu oxirigacha qazib olinishi rejalanmagan zaxiralar kiradi 
(masalan, muhofazalovchi jismlarda qoldirilgan rudalar). [2; b. 250] 
Sanoat zaxirasini qazib olish jarayonida rudaning bir qismi yo‘qotiladi, bu yo‘qotilishsh 
ekspluatsion yo‘qotilish deyiladi. [1; b. 6] 
SHaxta maydonining eng qulay (optimal) iqtisodiy jihatdan samarali o‘lchami 1 t ruda 
zaxirasini qazib chiqarishga sarflanadigan umumiy xarajatning eng kichik bo‘lganligidir. [1; b. 
17] 
Konchilik korxonalari amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, kon qazish korxonalarining ishlab 
chiqarish quvvati qancha katta bo‘lsa, uning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari shuncha yaxshi 
bo‘ladi, ya’ni quvvati katta korxonalarda mehnat unumdorligi yuqori bo‘lib, mahsulot tannarxi 
nisbatan kichik bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida korxonaning foydasi, rentabellik darajasi va 
boshqa ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining oshishiga ijobiy ta’sir etadi. [3; b.18]. 



Yüklə 30,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə