Фукаролик жвмияти ваунинг конистуциявий тузилиши



Yüklə 265,84 Kb.
səhifə1/4
tarix04.12.2017
ölçüsü265,84 Kb.
#13773
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT

PEDAGOGIKA INSTITUTI
MG’; huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasi
“Himoya qilishga ruxsat beraman”

Tarix fakulteti dekani

___________ dots.G’oziyev S.X.

“____” __________________ 2012 y.


5141600 – MG’; huquq va ma’naviyat asoslari
Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi

BITIRUV MALAKAVIY IShI

Bajaruvchi: Abdunazarov Lazizbek

Ilmiy rahbar:Shodiyev Fahriddin


Ishni himoyaga tavsiya etaman: Shodiyev F

BMI “MG’; huquq va ma’naviyat asoslari” kafedrasi yig’ilishining qarori bilan (Qaror №____, «___»________ 2012 y) himoyaga tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri: dos.M.Xoshimxonov


Jizzax - 2012
Himoya 2012 yil __________ kuni soat _______ da A.Qodiri nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, Tarix fakulteti, MG’; huquq va ma’naviyat asoslari kafedrasida bakalavr darajasini olish uchun bitiruv malakaviy ishlari himoyasi bo’yicha hay’at yig’ilishida o’tkaziladi.

(Manzil: Jizzax sh. Sh.Rashidov shoh ko’chasi 54.)


BMI bilan Jizzax davlat pedagogika instituti kutubxonasida tanishish mumkin.

(Manzil: Jizzax sh. Sh.Rashidov shoh ko’chasi 54.)



Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi
R e j a:
Kirish
1-bob. Fuqarolik jamiyati va shaxs.
1.1. Fuqarolik jamiyati va uning konstitusiyaviy zamini.

1.2 O’zbekiston Prezidenti I.Karimov fuqarolik jamiyati haqida


2-Bob. Fuqarolik jamiyati va shaxsning siyosiy madaniyati.
2.1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati o’rni.

2.2. Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida.

2.3 “Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi” mavzusini o’qitishning pedagogik texnologiyasi.

XULOSA

Foydalanilgan adabiyotlar
M U N D A R I J A
Kirish …………………………………………………………………………5-6
1-bob. Fuqarolik jamiyati va shaxs.
1.1. Fuqarolik jamiyati va uning konstitusiyaviy zamini……………………...7-21

1.2 O’zbekiston Prezidenti I.Karimov fuqarolik jamiyati haqida ……………22-33



2-Bob. Fuqarolik jamiyati va shaxsning siyosiy madaniyati.
2.1. Fuqarolik jamiyatining rivojlanishida shaxsning siyosiy madaniyati

o’rni……………………………………………………………………….34-45

2.2. Shaxsning siyosiy yetukligi ijtimoiy fenomen sifatida……………….46-56

2.3 “Fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammosi” mavzusini o’qitishning pedagogik texnologiyasi………………………………………..57-60

XULOSA ……………………………………………………………………..61-63

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….64-65



Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikdan so’ng jamiyatimizning turli sohalari­da amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida erishayotgan marra va yutuqlarimiz eng avvalo milliy davlatchiligimizni mustahkamlash, jamiyat hayotini demokratik an’ana va qad­riyatlar bilan yanada boyitib borish orqali xalqimizga mu­nosib turmush darajasini yaratish va ertangi kunga katta umidlar bilan qadam qo’yish imkonini bermoqda. Binobarin, jamiyatni yanada demokratlashtirish, boshqaruvni yangilash jarayonlariga daxldor masalalar izchil va bosqichma-bosqich o’tkazilayotgan davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri sifatida Prezidentimizning doimiy e’tiborida bo’lib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida davlat qurilishi va boshqaruv tizimining rivojlantirishda, xususan qonunchilik hoki­miyatining roli va ta’sirini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat organlari tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, qonunlar va hukumat qarorlarini baja­rish mexanizmi qanday yo’lga qo’yilganligi, demokratik usullardan foydalanish, siyosiy partiyalarning faolligini oshirish, hamda jamoatchilik nazorati kabi masalalar markaziy o’rinni egallab kelmoqda.

Har bir davlatning faqat iqtisodiy jihatdangina ri­vojlanishi uning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rnini belgi­lamaydi, shuning uchun ham o’z oldiga fuqarolik jamiyati barpo etishni maqsad qilib qo’ygan mamlakatlar siyosiy ti­zimni demokratik prinsiplar asosida shakllantirishlari tabiiy holatdir. Shu jihatdan olganda mamlakatimizda siyo­siy tizimni demokratlashtirish jamiyatimiz taraqqiyoti hozirgi bosqichining dolzarb yo’nalishidir.

Har qanday jamiyat rivojlanish yo’lini tanlar ekan, o’z oldiga muayyan maqsadlar va vazifalarn qo’yadi. Zero, bu vazifalar jamiyat, davlat, xalq va millat taraqqiyoti ma’daniy, ma’naviy ma’rifiy ta’lim tarbiya va mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshishi o’z-o’zidan ayon. Avvalo sog’lom avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro, ozod insonni voyaga yetkazish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi. Zotan har bir shahs jamiyat ijtimoiy-siyosiy jarayonlarini o’zida uyg’unlashiiruvchi kuch sifatida ifodalanar ekan, uning faoliyatida ma’naviy–ruhiy jarayonga ta’sir etuvchi omil, xususan milliy istiqlol g’oyasining o’ziga hos o’rni mavjud.



BMI maqsad va vazifalari. Ushbu BMI mavzusini tadqiq etishdan ko’zlangan asosiy maqsad malakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning pirovard maqsadi adolatli fuqarolik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishning naqadar muhimligi, bunday jamiyatni shakllantirish uchun davlatimiz va hurmatli Prezidentimiz I.Karimov boshchiligida olib borilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun olib borilayotgan kuchli sa’y-harakatlarning barcha inson omiliga qaratilganligini, fuqarolik jamiyatida shaxsning ijtimoiy va siyosiy tomondan o’z o’rniga ega bo’lishi kerakligini ko’rsatib berish hisoblanadi.

BMIning tadqiqot obyekti: Mazkur BMI maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda ishning tadqiqot obyekti - fuqarolik jamiyatida inson omili va siyosiy yetukligi muammolari hisoblanadi.

BMIning o’rganilganlik darajasi. Mavzuning o’rganilganlik darajasi va nazariy asoslari bo’lib, demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bilan bog’liq masalalarni yoritgan avvalombor, muhtaram Prezidentimiz asarlaridagi ilmiy tadqiqotlar hamda boshqa bir qator olimlarimiz va mutaxassislarimiz tomonidan yozilgan asarlari yoki tadqiqotlari hisoblanadi.

Ushbu sohada o’zining nazariy va amaliy fikrlarini qonunga va hayotga singdirgan O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning o’ziga xos qarashlari, shuningdek, huquqshunos olimlarimizdan H.Boboyev, U.Tojixonov, X.Odilqoriyev, A.Saidov, faylasuvlarimizdan A.Jalolov, M.Quronov, N.Komilov, J.Tulenov, N.Jo’rayev, A.Choriyev hamda o’tmishdagi buyuk bobolarimiz A.Forobiy, Beruniy, Alisher Navoiy va boshqa bir qator olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari, yozib qoldirgan asarlarida tadqiq etilayotgan masala va muammolarga tegishli jihatlar yoritilgan.



BMIning yozilish uslubi. Ushbu ishni yozish davomida bilishning qiyosiy va mantiqiy tahlil qilish, umumlashtirish va sintez qilish, tarixiy sistematik va rasmiy yuridik usullaridan keng qo’llanildi. Bundan tashqari Prezident I.Karimov asarlaridan keng foydalanildi.

Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi. Ushbu Bitiruv malakaviy ishi Kirish, ikkita bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
1-bob. Fuqarolik jamiyati va shaxs.

1.1. Fuqarolik jamiyati va uning konstitusiyaviy zamini.

Erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish – O’zbekiston xalkining ulugvor maksadlaridan biri. Konistitusiyaning mazmun va moxiyatidan shu narsa qatiyan ayonki, mamlaqatimizda shakllantirilayotgan jamiyat demokratiya va adolat koidalariga tayanuvchi erkin insonlar jamiyati bo’ladi. O’zbekiton Prezidenti I.A.Karimov bu borada shunday degan edi , «Biz fuqarolik jamiyatini kurishga intilmokdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalkqa topshirish, ya’ni o’zini o’zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».

Prezident yana quyidagilarga e’tibor qaratgan edi, « Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustivor bo’lib, u insonnig o’zini – o’zi qamol toptirishga monelik kilmay, aksincha, yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklariqamsitilishiga yul quyilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga buysunish bir vaktning o’zida amal kiladi».

Xush fuqarolik jamiyatining moxiyatini nima tashkil kiladi, bu qanday jamiyat.

Eng umumiy tarzda, lo’nda ta’rif beriladigan bo’lsa, fuqarolik jamiyati – ijtimoiy hayotning davlat ta’siri va aralashuvidan, ma’muriy tazyiklardan xoli bo’lgan xamda insonlarning xususiy turmush soxasini tashkil etuvchi munosabatlar majmui.

hozirgi davrda falsafiy, siyosiy va yuridik adabiyotlarda fuqarolik jamiyatini ta’rif va tavsif etishga faol haraqat kilmokda. Bu ta’riflardan ba’zilarini talkin etaylik.



Fuqarolik jamiyati – davlatdan mustaqil va xoli bo’lgan munosabatlar va vositalar tizimi bo’lib, u shaxs va jamoalarning ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayot soxalaridagi xususiy manfaat va extiyojlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi.

Fuqarolik jamiyati aksariyat xollarda insonlarning xususiy manfaat va extiyojlari soxasi tarzida ta’riflanadi. Fuqarolik huquq va erkinliklarining asosiy kupchilik kismi mana shu xususiy hayot soxasida ruyobga chiqariladi. Birok bu shaxslarning ijtimoiy hayotdan ajralib kolganligini, begonalashtirilishini anglatmaydi.



Fuqarolik jamiyati – shaxslarning oddiy yigindisi emas, balki ular urtasidagi rang – barang aloqalar, xamkorlik, xamjixatlakning ifodasi. Mazkur mushtaraklik va xamjixatlik tashkiliy – institusiyaviy kurinishga ega bo’lib, turli ijtimoiy kuchlar, nodavlat tashkilotlar, birlashmalar mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Fuqarolik jamiyati insonlar birligi tarakkiyotining aloxida ma’rifiy darajasini, benazir sifat xolatini ifoda etish bilan an’anaviy jamiyatdan fark kiladi. Bu o’rinda fuqarolik jamiyati insonlar jamoasini, uning manfaatlarini siyosiy xokimiyat oldida, davlat apparati qarshisida muxofaza etuvchi o’ziga xos fenomen, tegishli mexanizm (majmua) sifatida maydonga chiqadi1. Fuqarolik jamiyatini madaniy-ma’rifiy tarakkiyotning maxsus sifat xolati, insoniy munosabatlarining o’ziga xos tizimi tarzida tushunish lozim.

Fuqarolik jamiyati nixoyatda murakqab ijtimoiy xodisadir. Shu bois uni uch asosiy jixat, yunalish, ya’ni iqtisodiy, siyosiy xamda ma’naviy-axlokiy jixat buyicha ko’rib chiqamiz.

Iqtisodiy jixat. Fuqarolik jamiyati xususiy mulkchilikqa keng yul beruvchi va asoslanuvchi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga, erkin iqtisodiy faoliyat ta’minlangan shart-sharoitga tayanadi. Aynan xususiy mulkchilik muxiti va munosabatlari qaror topgan jamiyatda shaxsning mulkiy mustaqilligi, iqtisodiy faoliyat yuritishdagi erkinligi ta’minlanadi. Xudi shu asnoda shaxs davlat hokimiyatiga nisbatan avtonom, mustaqil mavkeni egallaydi. Davlat xususiy hayot soxasiga, shaxs va tashkilotlarning qonuniy iqtisodiy faoliyatiga aralashmasligi lozim. Prezident I.A.Karimov aytganidek, «davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini qamsitmasligi lozim». Bu talab avvalo iqtisodiy ishlab chiqarish, xususiy tadbirkorlik soxasiga taallukli.

Fuqarolik jjamiyati konsepsiyasini yaratishga qatta xissa kushgan nemis faylasufi Gegel bu jamiyatni burjuacha ishlab chiqarish munosabatlari majmui sifatida tushuntirgan. U ikki asosiy prinsipni ajratib ko’rsatgan.



birinchidan,shaxslar o’z xususiy manfaatlaridan kelib chikib haraqat kiladilar,

ikkinchidan,insonlar shunday ijtimoiy munosabatlar tizimini vujudga keltiradilarki, bunda har kim boshqa kimsaga boglik bo’ladi.

Xususiy mulkchilikqa asoslangan ijtimoiy struktura bo’lmish fuqarolik jamiyati bozor iqtisodiyoti munosabatlari tizimidan iboratdir. Bunday munosabatlarga ishlab chiqarishdagi rakobat va unda hokimiyatning ma’muriy aralashuvini cheklash orqali erishiladi. Fuqarolik jamiyati insonning ijodiy faolligini namoyon etishga yul ochuvchi munosabatlar shakllangan takdirda zoxir bo’ladi.

Buyuk franso’z inkilobining manifesti – 1791 yilgi Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasida xam xususiy mulk muqaddas va daxilsiz deb e’lon kilingan. Feodalizmning ashaddiy dushmani bo’lgan yakobinchilar esa xususiy mulkni yangi jamiyatning, ya’ni fuqarolik jamiyatining birdan - bir asosi deb bilganlar. Tarix saboklaridan ma’lumki, xususiy mulk nafaqat jamiyatni turli qatlamlarga ajratgan, balki ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan tashabbusni ragbatlantirgan, hokimiyatni nisbatan mustaqil (avtanom) tuzilmalarni vujudga keltirgan.

O’zbekistonda xam xususiy mulkchilikqa asoslangan iqtisodiy munosabatlar tizimi qaror topmokda, tadbirkorlikqa, kichik va urta biznesga keng yul ochilib, tegishli tashkiliy va huquqiy mexanizmlar vujudga keltirilmokda1.

O’zbekiston Respubliqasining Konistitusiyasi fuqarolik jamiyatining qaror topishini xususiy mulkning qat’iy mavkega ega bo’lishi bilan boglaydi. Shu asos xozirgi paytda jamiyatda keng ko’lamdagi xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirilmokda.

Xush, nima sababdan isloxotchi davlat O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyatini jadal shakllantirib borishdan manfaatdor. Bu sabablar quyidagilardan iborat.



birinchidan, shu asnoda mamlaqatning ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyoti sari olga siljish yullari va usullari xususida fuqarolar kelishuviga erishish to’g’risida norasmiy ijtimoiy shartnoma to’zi shva uni ruyobga chiqarishda isloxatchi davlat uchun sherik vujudga keltiriladi,

ikkinchidan, fuqarolik jamiyati o’z institutlari orqali shaxsning davlat ishlari boshqarishda ishtirok etishini ta’minlagan xolda, davlatda vakillik damokratiyasining va mamlaqatda ijtimoiy – siyosiy tizimning asosi xisoblanadi,

uchunchidan, O’zbekiston xalki fuqarolik institutlari va mexanizmlari, avvalo saylov tizimlari orqali o’zining siyosiy yuksalishi va hayotiy muxum milliy manfaatlarini ifodalashi uchun barqaror shart-sharoitlar yaratmokda,

turtinchidan, fuqarolik jamiyati shaxs va jamiyat, fuqaro va davlat, etnik va konfessional jamoalar, ijtimoiy-demografik guruxlar hayoti muxum manfaatlarining o’zaro makbo’l muvozanatidan kelib chikqan xolda kuriladi,

beshinchidan, demokratik jamiyat fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligiga asoslangan. O’z navbatida, uning o’zi turmushning barcha soxalaridagi isloxatlar jarayonida bunday faollikning usib borishini izchil ragbatlantirib boradi va davlatning byurokratlashuvi, uning institutlari fuqarolarning hayotiy muxum manfaatlaridan o’zilib kolishi xavfiga qarshi turadi,

«Bozor iqtisodiyotiga utish davrida, - deydi Prezident I.A.Karimov, - davlat iqtisodiy erkinliklarning qafolati bo’ladi. Aynan shu tufayli davlat iqtisodiyotga o’zining tartibga soluvchi ta’sirini makbo’l ravishda utqaza oladi»1.



Siyosiy jixat. Siyosiy nuktai nazardan baxolaganda, fuqarolik jamiyatidagi siyoisy tizim va siyosiy boshqaruvning mazmun – moxiyatini huquqiy davlatchilik ifoda etadi. Boshqacha aytganda, huquqiy davlat fuqarolik jamiyatining siyosiy moxiyatini, siyosiy shaklini tashkil etadi. Bu ikki xodisaning o’zaro munosabati shakl bilan mazmunning o’zaro aloqadorligini aks ettiradi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, fuqarolik jamiyati tula ma’noda mavjud bo’lishining shak-shubxasiz sharti huquqiy davlatning mavjudligidar. Va, aksincha, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatidek ijtimoiy makonda qaror topishi va faoliyat yuritishi mumkin.

Fuqarolik jamiyati bilan huquqiy davlatning o’zaro nisbatini iqtisod bilan siyosatning nisbati tarzida izoxlash o’rinli bo’ladi. Buni O’zbekiston misolida xam yakkol kurish mumkin. Zero iqtisodiy isloxotlar tegishli demokratik siyosiy tuzilmalar, institutlar mavjud bo’lishini taqozo etadi.

Mamlaqatimizda mulk shaklini o’zgartirish xususiylashtirish jarayonlarini amalga oshirishga qaratilgan davlat tuzilmalari vujudga keltirildi. Xususan, O’zbekiston Respubliqasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo’mitasi tashkil etilib (1992 yil), u mamlaqatda xususiylashtirishni amalga oshirish bilan shug’ullanib kelmokda. Prezidentning 1992-1993 yillarda qabo’l kilingan o’ttizdan ortik farmonlari bilan davlat mulkchiligiga asoslangan o’nlab vazirlik va davlat boshqa mulk shaklidagi konsern, assosiasiya, uyushma va jamgarmalarga aylantirilda.Jumladan, O’zbekiston Respubliqasi paxtachilik vazirligi zamirida «O’zbekiston paxtani qayta ishlash va paxta maxsulotini sotish davlat aksiyadorlik assosiasiyasini tashkil etish to’g’risida»gi farmon asosida mazkur assosiasiya tashkil etildi (1992 yil 7 noyabr). Maxalliy sanoat vazirligi islox etilib, uning urnida Prezidentning 1992 yil 3 sentyabrdagi farmoni bilan «Maxalliy sanoat» davlat korparasiyasi tashkil etildi. Shuningdek, «O’zbeksavdo» assosiasiyasi(1992yil 5 may farmoni), «O’zbekiston xavo yullari» milliy aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar farmoni) tashkil topdi va xoqazo.

1997 yil 20 mayda «O’zbekiston Respubliqasi Vazirlar Maxkamasi apparati tuzilmasini takomillashtirish to’grisida» qaror qabo’l kilindi. Bu qarorning asrsiy maksadi xukumat apparatini iqtisodiyotni boshqarishning bozor usullariga o’tqazishdan iborat edi. Vazirlar maxqamasi apparati bevosita soxaviy ma’muriy boshqaruvdan qaytib, boshqaruvning funksional tizimiga utdi. Buning ma’nosi shuki, Vazirlar Maxqamasi apparati xujalik yurituvchilar faoliyatiga aralashmaydi, iktisodiyotni davlat yuli bilan boshqarmaydi. Buning o’rniga u iqtisodiyotni bozor yuliga o’tqazishning umumiy strategiyasini ishlab chikdi, iqtisodiy jarayonlar va iqtisodiy komplekslar faoliyatini uygunlashtirish va muvofiklashtirish; xujalik yuritish shakllarini takomillashtirish, tarkibiy va institusional qayta o’zgarishlarni amalga oshirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, tadbirkorlik va rakobatni rivojlantirish bilan shug’ullanadi.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tavsiflanishi faqat davlat tuzilmalarining rivojlantirilishidan iborat emas. Demokratiya ravnak topishi uchun fuqarolik jamiyatida xurfikrlilik, siyosiy plyuralizm xam qaror topishi zarur. Buning uchun jamiyatda tom ma’nodagi ko’ppartiyaviylik, jamoat va nodavlat tashkilotlarining keng ko’lamli tizimi, tadbirkorlarning ittifoklari, uyushmalari, mexnatqashlarning mustaqil birlashmalari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tizimi vujudga keltirilishi lozim, toki bu tuzilmalar davlat idoralari bilan teng huquqli munosabatlarga kirisha olsin.

Fuqarolik jamiyatining siyosiy tizimida ommaviy axborot vositalari aloxida o’rin tutadi .

Siyosiy soxada huquqiy davlatning asosiy vazifasi inson va fuqaroning yuksak huquqiy maqomini ta’minlab berishdan iborat. Konstitusiyaning 2-moddasiga kura, davlat organlari va mansabdor o’axslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. Buning ma’nosi shuki, davlat, uning idoralari avvalo fuqarolarning huquqlarini xurmat kilishlari lozim. Qonunda belgilangan fuqaroviy huquq va erkinliklar davlat idoralari va mansabdor shaxslar uchun muqaddas bo’lmogi lozim. O’z fuqarolarining xak-huquqlarini taminlab bera olmagan davlat demokratik huquqiy davlat deb atalishi mumkin emas. Fuqarolar qonun oldida teng bo’lib, huquqning teng subyekti sifatida etirof etishlari lozim.

Fuqarolar va ularning uyushmalari, davlat idoralari bilan teng huquqli subyektlar sifatida munosabatga kirishadilar. Basharti, bu munosabatlarda tomonlardan birining huquqi yoki manfaatiga putur yetqazilsa, u sudga murojat etishi va qonuniy asoslarda sud tartibida o’z huquqini tiklashga erishish lozim. Huquqiy davlatchilikning muxum prinsiplaridan biri ana shu. Binobarin, huquqiy davlat faqat fuqarolik jamiyatiga boglik bo’lmay, balki uning manfaat va extiyojlariga bysinuvchi tizim sifatida maydonga chiqadi.



Ma’naviy-axlokiy jixat. Fuqarolik jamiyati chukur ma’naviy, yuksak madaniy, insoniy munosabatlar zamiriga tayanadi. Bu jamiyatning ma’naviy hayotida bir narsa ustunlik kiladi, ya’ni inson benixoya darajada uluglanadi, umuminsoniy qalriyatlar ezozlanadi, ular mu’tabar va muqaddas sanaladi. Bunda insonning qadr –kimmati, mexr-okibat, axlokiy poklik, adolatparvarlik va insonparvarlik qabi oliy qadriyat odamlar urtasidagi munosabatlarning belgilovchi mezoniga aylanadi.

Demokratik isloxatlar davrida ma’naviyatni yuksaltirishga asosiy e’tibor qaratayotgani bejiz emas. Zero, ma’naviyat insoniyat ichki dunyosining ko’zgusi, tafakkuri, ongi va fikr yuritish tarzining mazmun-moxiyatini akes ettiruvchi yuksak ijtioiy qadriyatdir. Insoniyat xamisha ezgulikqa, ma’naviy barqamollikqa intilib yashaydi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan tub isloxotlarning muvaffakiyati, mamlaqatning yakin kelajakdagi istikboli xamyurtlarimiz qanday mavkeni egallashiga, qanaqa madaniy-ma’naviy va axlokiy qadriyatlarni shior kilib olishga boglik bo’ladi.

Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi xamma fuqarolar ijodiy saloxiyat va istedodining bevosita ruyobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan ulchanadi. Huquq jamiyatning o’ziga xos «gumanistik imperativi» (insonparvarlik talabi), ya’ni insoniy-axlokiy koidasi, ma’naviy mayogi bo’lib xisoblanadi. Fuqarolarning o’zaro huquqiy munosabatidagi mavqyei quyidagi prinsiplar asosida belgilanadi:


  1. jamiyatning har bir a’zosi inson sifatida erkin va ozod bo’lishi;

  2. har bir fuqaroning boshqa fuqaro bilan tengligi;

  3. jamiyat har bir a’zosining fuqaro maqomidagi ustunligi.

O’zbekiston mustaqillikni kulga kiritgach, suveren davlatchilikni shakllantirishda madaniyatimiz sarchashmalariga, te’ran va ulqan ma’naviy merosimizga murojat kilish, bokiy tarixiy utmishimizda mavjud bo’lgan barcha ezguliklarni yuzaga chiqarib rivojlantirish borasida bekiyos imkoniyatlar ochildi. Utmiz ajdodlarimizning ma’daniy va ma’naviy boyligi chukur mushoxada etilib, ongimizga singdirilmokda, shu orqali biz barpo etayotgan yangi fuqarolik jamiyati manfaatlariga xizmat kilmokda.

Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, balki odil demokratik jamiyat barpo etmokdamiz. Davlatchiligimizning adolat koidalariga tayanadi. «Adolatga intilish-ma’naviy-ruxiy dunyosiga xos eng muxum xususiyat. Adolatparvarlik goyasi butun iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlar tizimiga singib ketishi, ijtimoiy kumaklashuv mexanizmida o’z aksini topishi kerak».

Ma’naviy –madaniy saviya past bo’lgan jamiyatda adolat tantana kilishiga umid kilib xam bo’lmaydi. Biz barpo etayotgan fuqarolik jamiyatida adolat, xakiqat va insonparvarlik goyalari ustivorlik kilishi lozim. Adolat bor joyda inson xak-huquqlari va erkinliklari tula taminlanishiga umid bog’lash mumkin1.

Shunday qilib fuqarolik jamiyatining quyidagi asosiy belgilari va xususiyatlarini ko’rsatish mumkin:


  1. jamiyat va shaxs extiyojlari tizimida jadal ijobiy faoliyat va mexnatning ruli aloxida mazmunga ega bo’lishi, mexnatga asoslangan ijtimoiy extiyoj va manfaatlar tizimining qaror toptshi;

  2. jamiyat mazmuni, uning rivojlanish qonuniyatlarining mohiyati va xususiy mulkchilik munosabatlari orqali belgilanishi;

  3. xususiy mulk barcha mulk shakllari qatori ravnok topishi va uni muxvfazalashda qonunning, davlat xokimiyatining aloxida urin tutishi;

  4. fuqarolarning yuridik jixatdan bir xil maqomga yegaligi va qonun oldida tengligi. Jamiyatda adolatli sud tizimining qaror topishi va uning fuqarolarni himoyalovchi posbon idoraga aylanishi;

  5. insonning shaxsiy hayot iva iqtisodiy foliyatiga davlat aralashuvining qonun doirasida cheklanishi. Huquqiy davlatchilikning mavjud bo’lishi;

  6. Yüklə 265,84 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə