Fundamental


yozish.  DAVLAT FARMAKOPEYASI



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

yozish. 
DAVLAT FARMAKOPEYASI 
Farmakopeya
(yun. 
pharmacon
  —  dori,  zahar  va 
poieo
  –  tayyorlayman)  –  dori  moddalar 
sifatini  belgilaydigan,  tibbiyot  va  farmatsiya  qonunlarining  umumdavlat  standartlari  va 
nizomlari toʻplamidir. 
Har  bir  davlatning  oʻz  farmakopeyasi  boʻlishi  mumkin  va  u  Davlat  farmakopeyasi  deb 
ataladi.  Ular  Jahon  Sogʻliqni  Saqlash  Tashkilotiga  (JSST)  qarashli 
Xalqaro  farmakopeya
 
talablari asosida tuzilgan.  
Davlat  farmakopeyasi  rasmiy  dastur  boʻlib,  dori  moddalari  va  vositalari  bilan  muomalada 
boʻluvchilar uning talablariga rioya qilishlari shart. 
Farmakopeyada dori moddalarining nomlari, kimyoviy formulalari, fizik-kimyoviy xossalari, 
sifati,  saqlash  qoidalari,  bir  martalik  va  sutkalik  miqdori  (doza)  beriladi.  Unda  zaharli  (A 
roʻyxati  -  Venena)  va  kuchli  ta‘sir  koʻrsatadigan  (B  roʻyxati  -  Heroica)  dori  moddalarning 
roʻyxati keltiriladi.  
A
 roʻyxatiga (zaharli – 
Venena
) buyurilishi, qoʻllanilishi, dozalanishi va saqlanishi zaharlilik 
bilan  bogʻliq  ravishda  yuqori  darajada  ehtiyotkorlik  bilan  amalga  oshirilishi  lozim  boʻlgan 
dorilar  kiritilgan.  Ushbu  roʻyxat  asosan  qaramlikka  sabab  boʻladigan  dorilarni  oʻz  ichiga 
oladi. 
B
 roʻyxati (kuchli ta‘sir qiluvchi – 
Heroica
) tibbiy nazoratsiz qoʻllanilganida yuzaga kelishi 
mumkin  boʻlgan  asoratlar  tufayli  buyurilishi,  ishlatilishi,  dozalanishi  va  saqlanishi 
ehtiyotkorlik bilan tibbiy nazorat ostida amalga oshirilishi kerak boʻlgan dori vositalarini oʻz 
ichiga oladi. 
Farmakopeyaga  kiritilgan  dori  moddalar  – 
ofisinal
  (
officina
  -  dorixona)  dorilar,  unga 
kiritilmagan,  shifokorning  koʻrsatmasiga  binoan  dorixonalarda  tayyorlanadigan  dori 
vositalari 
magistral
 dorilar (
magister
 - o`qituvchi) deb ataladi. 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə