|
FundamentalFundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)
ARALASHMA
Aralashma
(mixtura)
– bu suyuq dori shakli boʻlib, qaysiki suyuqliklarda (suvda, spirtda,
gliserinda, oʻsimlik moyida va boshqalar) erigan qattiq moddalarning yoki bir necha turdagi
suyuq moddalarning (eritmalar, tindirmalar, damlamalar, qaynatmalar hamda ekstrakt va
boshqalar) aralashmasidir. Eritmalarga qiyom, shilliq yoki dori hidini yoʻqotish uchun
korrigenslar qoʻshilganda ham aralashmalar hosil boʻladi. Aralashmalar 3 va undan ortiq
tarkibiy qismlardan iborat boʻladi. Aralashmalar tiniq boʻlishi, loyqa va hatto choʻkma hosil
qilishi mumkin. Oxirgisini ishlatishdan oldin chayqatish kerak. Bunday aralashmalar –
Mixturae agitandae
deyiladi (chayqatish talab qilinadigan aralashmalar). Ular asosan ichish
uchun, kam hollarda sirtga ishlatish uchun tavsiya etiladi.
Retseptda aralashmalar kengaytirilgan va yarim qisqartirilgan shaklda yoziladi. Bunda
aralashmaning tarkibiy qismlari va miqdori koʻrsatiladi, shundan keyin M.D.S. (Misce. Da.
Signa. - Aralashtir. Ber. Belgila) deb yoziladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|