Fundamental


Mustaqil retsept yozish uchun misollar



Yüklə 7,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/305
tarix26.02.2022
ölçüsü7,23 Mb.
#84169
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   305
Fundamental Farmakologiya 2020y. (Mayskiy tarjima)

Mustaqil retsept yozish uchun misollar: 
1.
 
Bodom  moyidan  tayyorlangan  (
Oleum  Amygdalarum
)  200  ml  moyli  emulsiyaga 
kengaytirilgan va qisqartirilgan shakllarda retsept yozing. Osh qoshiqda ichishga buyuring. 
2.
 
SUSPENZIYA (SUSPENSIO) 
bosh kelishik birlik sonda - 
Suspensio
,  
qaratqich kelishik birlik sonda – 
Suspensionis
 
Suspenziya
  –  dozalanmagan  suyuq  dori  shakli  boʻlib,  qattiq  dori  moddalarining 
suyuqlikdagi  muallaq  zarrachalardir.  Ular  in‘eksiya,  ichish  va  sirtga  ishlatish  uchun 
buyuriladi.  Ishlatishdan  oldin  chayqatiladi.  Sterillangan  suspenziyalarni  mushaklar  orasiga 
yuborish mumkin.  
Suspenziyalar retseptda kengaytirilgan va qisqartirilgan shaklda yoziladi.  
Suspenziya  tayyorlashda  suyuqlik  oʻrnida  suv  ishlatilganda,  shuningdek  offisinal 
suspenziyalar uchun retseptlar qisqartirilgan shaklda yoziladi.  
Rp.:  belgisidan  soʻngra  qarqtqich  kelishigi  birlik  sonda,  bosh  harfda  dori  shaklining  nomi 
(Suspensions), soʻngra qaratqich kelishigida bosh harf bilan dori moddasining nomi, foizda 
konsentrasiyasi,  tire  ishorasidan  soʻngra  miqdori  ml  da  yoziladi.  Soʻngra  D.S.  va  signature 
yoziladi. Signaturada albatta ―Ishlatishdan oldin chayqatilsin‖ ifodasi koʻrsatiladi. 


24 
Manbaa:  
   
@pharma_baza
 
Misol.
  0,5%  li  gidrokortizon  asetatning  suvdagi  suspenziyasidan  10  ml  yozib  berilsin. 
Koʻzga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizib turish buyurilsin. 
Rp.: Suspensionis Hydrocortisoni acetatis 0,5%-10 ml 
        D.S. Chayqatilsin va koʻzga 2 tomchidan kuniga 4 mahal tomizilsin.  
Magistral suspenziyalar – dorixonalarda tayyorlanadi, shakl hosil qiluvchi moddalar sifatida 
gliserin, vazelin moyi va boshqalar ishlatiladi. Bunday suspenziyalar kengaytirilgan shaklda 
yoziladi. Retseptda suspenziyalar tarkibiga kiruvchi barcha ingredientlar va ularning miqdori 
yoziladi, soʻngra M.f. ―suspension‖ va D.S. yoziladi. 
Misol.
  Tarkibida  0,5%  trixomonasid  boʻlgan,  vazelin  moyida  tayyorlangan  steril 
suspenziyadan 50 ml yozing. 10 ml siydik pufagiga yuborishga buyurilsin. Ishlatishdan oldin 
chayqatilsin. 
 
Rp.: Trichomonacidi 0,25 
        Olei Vaselini ad 50 ml 
        M.f. suspensio 
        Sterilisetur! 
        D.S. Chayqatilsin va 10 ml dan siydik pufagiga yuborilsin. 
Shuningdek,  ofisinal  suspenziyalar  ham  boʻladi.  Ular  retseptda  qisqartirilgan  shaklda, 
miqdori va konsentrasiyasi koʻrsatilmagan holda yoziladi.  
Мisol.
 Grizeofulvin suspenziyasidan 100 ml uchun retsept yozib berilsin. 1 desert qoshiqdan 
kuniga 3 mahal ichish uchun buyurilsin; 
Rp.: Suspensionis Griseofulvini 100 ml 
D.S. 1 desert qoshiqdan kuniga 3 maxal ichilsin. Ishlatilishidan oldin chayqatilsin! 

Yüklə 7,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   305




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə