Fuqarolik ishlari bo’yicha sudi kattaqo'RG'on tumanlararo


TOMONLARNING JAVOBGARLIGI



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə7/15
tarix11.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#145570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
KRIDET shartnomasiii

TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

  1. Asosiy qarzni qaytarish muddati kechiktirilganda (muddati oʻtgan kredit), Qarz oluvchi Kreditorga butun kechiktirilgan davr uchun shartnomada belgilangan foiz stavkasining 14% miqdorida foiz toʻlaydi.

  2. Mazkur shartnomada koʻrsatilgan muddatda kredit ajratilmaganda, Kreditor qarz oluvchiga kechiktirilgan toʻlovning har bir kuni uchun kechiktirilgan toʻlov summasining 0,2 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan toʻlov summasining 50 % dan oshmagan miqdorda penya toʻlaydi.

  3. Tomonlarning foiz yoki penyalar toʻlashi shartnoma shartlarini bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi.

  4. Mazkur shartnomada belgilanmagan holatlar uchun javobgarliklar Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.



  1. NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI

8.1. Tomonlar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
8.2. Shartnoma yuzasidan nizolar muzokaralar yoʻli bilan hal etilmasa, ular Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan sud tartibida hal etiladi.



  1. FORS-MAJOR HOLATLAR



    1. Agar shartnoma imzolangandan soʻng, Tomonlarning erki va istagiga bogʻliq boʻlmagan hamda oldindan koʻra bilib yoki oldini olib boʻlmaydigan, favqulodda vaziyatlar oqibatidagi yengib boʻlmas kuch tufayli Tomonlar mazkur Shartnoma boʻyicha olgan majburiyatlarini qisman yoki toʻliq bajara olmasalar (fors-major), buning uchun ular javobgar boʻlmaydilar.

    2. Taraflar fors-major holatlari vujudga kelganligi va tugaganligi haqida imkon qadar zudlik bilan yozma ravishda bir-birlarini xabardor qilishlari lozim.

    3. Fors-major holatiga asoslanayotgan Tomon, vakolatli davlat idorasining bunday xolatlarni vujudga kelganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatini taqdim etishi shart.

  1. BOSHQA SHARTLAR

10.1 Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada tuzilib, shartnomaning bir nusxasi Kreditorda, ikkinchi nusxasi Qarz oluvchida saqlanadi.


10.2. Ushbu shartnoma Tomonlar imzolagan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ular oʻz majburiyatlarini toʻliq bajargunga qadar amalda boʻladi.
10.3. Ushbu shartnomaning shartlarini oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish qoʻshimcha kelishuv tuzish orqali amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan har bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar yozma ravishda tuzilib, Tomonlar yoki ularning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan soʻng haqiqiy hisoblanadi. Barcha oʻzgartirish, qoʻshimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi boʻlib hisoblanadi.
10.4. Ushbu shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishida Qarz oluvchi kredit boʻyicha asosiy qarzni va hisoblangan foizlarni toʻliq qaytarishi toʻlashi shart.
10.5. Mazkur shartnomada koʻzda tutilmagan, u bilan bogʻliq boʻlgan barcha munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.




  1. Yüklə 1,03 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə