Fuqarolik tarbiyasi o'quvchilarning yuksak ma'naviy ahloqiy tarbiyasi Reja



Yüklə 173,87 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix28.11.2023
ölçüsü173,87 Kb.
#136989
1   2   3
Fuqarolik tarbiyasi o\'quvchilarning yuksak ma\'naviy ahloqiy tarb

Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro 
o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:

fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi 
majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik; 

milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘usiga ega bo‘lish; 

davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti 
hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda 
bo‘lish; 

mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas'ullik; 

ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me'yorlarga nisbatan hurmat va itoatda 
bo‘lish; 

mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida qayg‘urish; 

davlat tili, milliy madaniyat va an'analarga sodiq, ularga nisbatan 
ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash; 

ijtimoiy faollik; 

demokratik tamoyillarga amal qilish; 

tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas'uliyatli munosabatda bo‘lish; 

fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish; 

huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish; 



to‘g‘riso‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lmish; 

o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas'uliyatli bo‘lish; 

baynalminallik, o‘zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda bo‘lish 
va boshqalar. 
4.Yoshlarda vatanparvarlik va baynalminallik tuyg‘usini shakllantirish – fuqarolik 
tarbiyasining asosi. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda 
vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg‘usini 
shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning 
a'zosi sifatida uning sha'ni, obro‘-e'tiborini ta'minlashi, uning manfaatlari uchun 
kurasha olishi zarur. 
«Vatan atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma'nosini bildiradi, Vatan 
tushunchasi ken va tor ma'noda qo‘llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab 
turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu 
keng ma'nodagi tushunchadir. Kishi tug‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda 
tutilsa, bu tor ma'nodagi tushunchadir»
37

Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug‘ilib o‘sgan vatani 
tarixidan g‘ururlanishi, buguni to‘g‘risida qayg‘urishi hamda uning porloq 
istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi. 
«Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan boqlagan barcha kishilrga 
xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-e'tibori ham 
shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog‘likdir»
38

Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi: 
1.
Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat. 
2.
O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an'analari va 
qadriyatlariga sodiqlik. 
3.
Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish. 
4.
Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma'naviy 
boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish. 
5.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish. 


6.
Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi 
kurashish. 
7.
Vatan va millat obro‘i, sha'ni, or-nomusini himoya qilish. 
8.
Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi. 
Vatanparvar shaxs o‘z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik 
hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir bo‘lagi ekanligi, o‘zi 
mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay 
olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida vatanparvarlik, 
yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga keng o‘rin berilgan. 
Xususan: «O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o‘zgarish yo‘lini 
ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, 
ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan 
xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi, madaniyati, an'analarini teran bilib olishga 
intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga 
tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p milltli o‘zbek jamiyatining muhim 
jiplashtiruvchi asosi hisoblanadi»
39

Erkka intilish, ozod yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonga xos bo‘lgan tuyg‘udir. 
Inson o‘z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun 
kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g‘oyalarni 
ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Chunonchi, Hadisi 
Sharifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. 
Alisher Navoiy quyidagi misralarda vatandan ayrilish inson uchun og‘ir judolik 
ekanligiga urug‘ beradi: 
g‘urbatda g‘arib shodmon bo‘lmas emish, 
El anga shafiqu mehribon bo‘lmas emish, 
Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, 
Bulbulga tikondek oshiyon bo‘lmas emish. 
Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo‘lish og‘ir judolikkina 
emas, balki «yuzi qarolik» ekanligini Zahiriddin Muhammad Bobur quyidagicha 
ifodalagan edi: 
Tole yo‘qi jonimga balolig‘ bo‘ldi, 


Har ishniki, ayladim - xatolik bo‘ldi. 
O‘z yerni qo‘yib Hind sori yuzlandim, 
Yo rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi. 
Abdulla Avloniy o‘z asarlarida «vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi 
uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd 
etadi: «Har bir kishining tug‘ulub o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining 
vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sg‘on yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu 
vatan hissi – tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – 
uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohatda yashamas. ... 
Biz turkustonliklar vz vatanimizni jonimizdan ortiq suydig‘imiz kabi. Arablar 
Arabistonlarini, qumlik, issiq cho‘llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq 
va muzlik yerlarini boshqa yerdlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi 
yaxshi, tiriklik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilur edi»
40

Inson o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanda orzu-umidlari, niyatlari, hayotiy intilishlari bilan 
o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilar davrasida bo‘ladi, o‘zi ko‘nikkan turmush tarzi 
bo‘yicha kun kechiradi, bolalikdan o‘zi ko‘nikkan ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida ishtirok etadi, hayotining bir qismiga aylangan tilda 
so‘zlashadi va u shu muhitdagina o‘zini erkin his qiladi. Begona yurtlarda u o‘ziga 
tanish bo‘lgan, o‘zi ko‘nikkan muhitni topa olmaydi. Shu bois garchi iqtisodiy 
jihatdan rivojlangan mamlakatga safar uyushtirgan bo‘lsa-da, o‘z yurtini tezda 
sog‘inadi. 
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq) o‘zga millat va 
elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an'analari, turmush tarzi, tili hamda 
vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda 
etuvchi shaxsga xos ma'naviy-axloqiy fazilatlardan biridir. 
O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid 
mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferansiyasi, viktorina, uchrashuv, 
ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi 
mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va 
baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish, 
kinofilmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi. 
O‘quvchilarda baynamlinallik tuyg‘usini shakllantirishda ta'lim muassasalari 
qoshida faoliyat yurituvchi «Do‘stlik klubi»ning ta'siri kattadir. Binobarin, turli 
millatlarga mansub bolalar o‘rtasida do‘stlik aloqalarining bog‘lanishi ularda bir-
birlariga nisbatan hurmatni qaror toptiribgina qolmay, o‘zga millat yoki elatlarning 
urf-odatlari, an'analari, tili, madaniyati va qadriyatlarini puxta o‘rganishga 
ko‘maklashadi. Bu boradagi bilimlar esa ularda shovinistik (millatchilik) 
kayfiyatining shakllanishiga to‘sqinlik qiladi. Shuningdek, o‘quvchilarni 


Respublika Baynalminal markazi yoki joylardagi Milliy-madaniy Markazlarning 
faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, ayni vaqtda respublika hududida turli millat va 
elat vakillarini birlashtiruvchi 138 ta Milliy-madaiy markazlar faoliyat 
yuritayotgani to‘g‘risida ma'lumotlar berib, ular tomonidan uyushtirilayotgan 
tadbirlarga o‘quvchilarni faol jalb etish ham ijobiy natijalarni beradi. 
Yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda harbiy vatanparvarlik 
tarbiyasining ham ahamiyati beqiyosdir. Respublika «Kamolot» yoshlar ijtimoiy 
harakati rahbarligida harbiy vatanparvarlik g‘oyasini targ‘ib etuvchi «Vatanparvar» 
o‘yinlari, musobaqalarining o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. O‘quvchilarni 
ijtimoiy-g‘oyaviy, ma'naviy-axloqiy, psixologik-irodaviy, jismoniy hamda harbiy-
vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etish ular tomonidan Vatanni himoya qilish dek 
muqaddas burchni anglashlariga yordam beradi. 
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga 
tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma 
va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. 
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda 
harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani 
tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur 
jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi: 
1.
o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini 
bo‘yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni 
hosil qilish; 
2.
o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat 
qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi 
tahdidlarning oldini olishga tayyorlash; 
3.
o‘quvchilarda g‘oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda 
terrorizm va diniy ekstremistik g‘oyalarga qarshi nafrat tuyg‘usini 
tarbiyalash; 
4.
o‘quvchilarning Vatan himoyasini ta'minlash borasidagi harbiy-texnik 
tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish; 
5.
o‘quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra 
olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish; 
6.
ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar. 


Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta'lim muassasalarida o‘qitilishi 
yo‘lga qo‘yilgan boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlari muhim 
ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rtasida BHT (boshlang‘ich harbiy ta'lim o‘quv fani) 
bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini 
beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. 
O‘qituvchi rahbarligida «Shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar 
ham o‘quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishda muhim rol 
o‘ynaydi. 
5.Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o‘quvchilar o‘rtasida, fuqarolik tarbiyasini 
tashkil etishda o‘ziga xos o‘rin tutadi. 1993 yil mart oyida e'lon qilingan "Sinfdan 
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: 
"Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitutsiyani, davlat haqidagi 
ta'limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo‘jalik, ma'muriy, nafaqa, sud 
ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma'nosini tushuntirishdan, bolalarni 
davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so‘zsiz rioya etish, 
adliyaviy bilimlarni egallashga ehtiyoj sezish, tartib va intizomni buzuvchilarga 
nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash, xalqaro huquqning ahamiyatga molik 
masalalari, xalqaro tashkilotlar (BMT, Xavfsizlik Kengashi va hokazo) faoliyati 
haqida o‘quvchilarning umumiy tasavvurlarini shaklantirishdan iboratdir
41

1997 yil 29 avgustda, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida 
qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi" 
g‘oyalari jamiyat va shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va uni rivojlantirish 
borasida qimmatli nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Huquqiy ta'lim va tarbiya o‘zaro bog‘liklik, uzviylik, aloqadorlik hamda dialektik 
xarakterga ega bo‘lib, shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish garovi 
hisoblanadi. Zero, huquqiy ta'lim o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar 
hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to‘g‘risida tizimlangan bilimlarni 
berish, ularda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, 
huquqiy ongni shakllantirish jarayoni bo‘lib, u izchil, uzluksiz, tizimli tarzda 
tashkil etilishi lozim. 
Huquqiy tarbiya shaxs tomonidan o‘zlashtirilgan nazariy-huquqiy bilimlar negizida 
huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, 
unda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlarni qaror toptirish va huquqiy madaniyatni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon hisoblanadi. Shaxs huquqiy 
madaniyatini shakllantirish huquqiy ta'lim va tarbiya jarayoning muhim 
bosqichidir. 
Huquqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi: 


- o‘quvchilarga huquqiy me'yorlar, qonunlar va ijtimoiy-huquqiy munosabatlar 
mohiyati hamda ularning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati to‘g‘risida ma'lumotlar 
berish; 
- o‘quvchilarda huquqiy bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirish, 
huquqiy ongni qaror toptirishga erishish; 
- o‘quvchilarda huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va 
malakalarni hosil qilish; 
- ularda ijobiy mazmundagi huquqiy sifatlar (huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, 
huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas'ullik, huquqiy faollik, 
huquqiy e'tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta'minlash; 
- o‘quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me'yorlar, qonunlarning ijtimoiy 
hayotdagi ahamiyatini to‘g‘ri baholash, harakat va harakatsizlikning qonuniy 
bo‘lishiga erishish, davlat Konstitutsiyasi va ramzlarini, shuningdek, fuqarolik 
huquq va burchlarini hurmat qilish, yuridik xizmatlarga nisbatan ehtiyojni qaror 
toptirish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarga qarshi murosasiz kurashni

Yüklə 173,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə