G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə249/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Davlat madhiyasi
 – davlatning rasmiy ramzi.
Davlat huquqi
 (konstitutsiyaviy huquqqa mos keladi) – davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va hududiy tuzilishi asoslarini tartibga soluvchi, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlab qo‘yuvchi hamda ayni 
davlat hokimiyati organlari tizimini belgilovchi huquq tarmog‘i.
Demokratiya
 (grekcha 
demokratia
 – 
xalq hokimiyati
) – xalq hokimi-
yatchiligi, siyosiy plyuralizm, fuqarolar erkinligi va tengligi, inson huquqlari 
singari konstitutsiyaviy prinsiplarni e’tirof etishga asoslangan davlat tuzili-
shi shakli.


187
Deputat
 (lotincha 
deputatus
 – 
elchi

vakil
) – davlatning qonun chiqa-
ruvchi yoki qandaydir boshqa bir vakillik organiga saylangan shaxs, aholi 
ma’lum qismining vakili.
Federatsiya
 (lotincha 
foederare
 – 
ittifoq bilan mustahkamlamoq
) – dav-
latlar birlashmasi bo‘lib, bunda birlashuvchi davlatlar qonun bilan belgilan-
gan mustaqillikni saqlab qolgan holda yagona ittifoq fuqaroligiga, yagona 
ittifoq armiyasiga, yagona ittifoq davlat organlariga ega davlat birligini 
tashkil etadi.
Femida
 (grekcha 
Themis
) – qadimgi grek mifologiyasida bir qo‘lida 
tarozu va boshqasida qilich, ko‘zlarida bog‘ich bilan (beg‘arazlik ramzi) 
tasvirlangan odil sudlov ilohasi; odil sudlov ramzi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə