G. M. Tansikbayeva, V. A


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.
Xalqaro andozalarga (normalarga) muvofi q siyosiy yoki fuqaroviy 
huquqlariga putur yetkazilgan har bir odam, basharti, yuridik muhofaza 
milliy mexanizmi yordamida bunga erishishga muvaffaq bo‘lma 
sa, hatto 
inson huquqlari bo‘yicha BMT Qo‘mitasiga murojaat qilish asnosida o‘z 
huquqlarini himoya qilishi mumkin.
Fuqarolikka ega bo‘lish huquqi insonning eng muhim shaxsiy va ijti-
moiy-siyosiy huquqlaridan biri jumlasiga kiradi. Fuqarolik insonning muay-
yan davlatga mansub ekanligidan dalolat beradi. Fuqarolikdagi mavqeyi 
unga davlat homiyligi va muhofazasini ta’minlaydi.
Fuqarolar huquqlarini amalda ro‘yobga chiqarish uchun shart-sharoit-
ni davlatning o‘zi, uning organlari va mansabdor shaxslar ta’minlashi va 
kafolatlashi lozim. Davlatning fuqarolar va jamiyatga nisbatan bosh vazi-
fasi ham ana shundan iboratdir.
Fuqaro va davlatning huquqiy aloqalari ularning bir-biriga nisbatan 
o‘zaro huquqlari va burchlarida namoyon bo‘ladi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə