G. M. Tansikbayeva, V. A


Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

Ombudsmanning vazifalariga quyidagilar kiradi:
– mamlakatda inson huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq bo‘lgan ish-
lar holatini o‘rganish;
– inson huquqlari buzilishi sabablarini aniqlash, ularni bartaraf etish 
bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish;
– insonning buzilgan huquqlarini tiklash uchun aniq chora-tadbirlar 
ko‘rish.
Ombudsman huzurida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarga rioya eti-
lishi bo‘yicha komissiya tuzilgan. U fuqarolar va tashkilotlardan o‘z nomiga 
kelgan murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
O‘z qonuniy huquqlari buzilganligi haqida shikoyat bilan har bir ki-
shi (respublika fuqarosi, ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs) 
Ombudsmanga faqat himoyaning boshqa barcha vositalaridan (sudga, 
prokura turaga va boshqalarga murojaat qilishdan) foydalangandan keyingina 
murojaat qilishi mumkin. Fakt tasdiqlangan taqdirda Ombudsman huquqbu-
zarlikka yo‘l qo‘ygan tashkilotga o‘z xulosasi bilan murojaat qiladi. 
Ombudsman xulosasi tavsiyaviy xarakterga ega. Xulosa e’tiborga olin-
masa, Ombudsman o‘zi ning yillik ma’ruzasida bu haqda Oliy Majlis depu-
tatlari va senatorlariga ma’lum qiladi.


79
Ombudsmanga shikoyat yozma ravishda barcha zarur hujjatlar (o‘z 
shikoyatiga boshqa tashkilotlarning javoblari, sud qarori, hukmi va 
hokazolar)ni ilova qilgan holda beriladi.
Shikoyatni ko‘rib chiqish uchun o‘n kunlik muddat belgilanadi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə