103
Fikrlash uchun savollar: 1. Nima deb hisoblaysiz, qadimgi grek olimi Aristot
е
l: “Platon m
е
nga do‘st, l
е
kin
haqiqat ulug‘dir”, d
е
gan iborani aytganda nimani nazarda tutgan? Bu iborani mehnat
munosabatiga qaysi hollarda qo‘llash mumkin?
2. Shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy shunday degan: “Agar sen inson bo‘lsang,
xalq ehtiyoji to‘g‘risida bosh qotirmaydiganni inson deb atamagin”. Bunday ta’kidga
qo‘shilasizmi? Javobingizni asoslang.
3. Qadimgi Rim faylasufi S
е
n
е
ka shunday d
е
gan edi: “Barcha g‘alabalar o‘z
ustingdan g‘alaba qozonishdan boshlanadi. Bu eng oliy hokimiyat. O‘z ehtiroslaring
quliga aylanish – eng qo‘rqinchli qullikdir”. Ushbu gaplarni m
е
hnatga, ta’limga yoki
boshqa biror mashg‘ulotga nisbatan izohlashga urinib ko‘ring. Siz mazkur fi krlarga
qo‘shilasizmi? Agar tasdiqlasangiz, nima uchun?
4. O‘zbek maqolida aytiladi: “Mehnat – g‘alaba, shon-shuhrat va boylik kaliti”.
Siz bunday ta’kidga qo‘shilasizmi? Siz taniqli va badavlat bo‘lishning boshqa qonuniy
yo‘lini taklif qila olasizmi?
5. Amir Temur o‘zining “Temur tuzuklari” asarida shunday ta’kidlaydi: “Agar
davlat qonunlarga tayanmasa, u o‘zining shon-shuhrati va buyukligini uzoq vaqt saqlay
olmaydi”. Siz bunday fi krga qo‘shilasizmi? Agar qo‘shilsangiz, u holda nima uchun?
104
6. Buyuk qomusiy olim Abu Ali ibn Sino yozgan: “Bekorchilik va maishatparast-
lik nafaqat odobsizlikni tug‘diradi, ular bir vaqtda bemorlikka ham sabab bo‘ladi”.
Bunday ta’kidning ma’nosini tushuntirib bering.