G. M. Tansikbayeva, V. A



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

?
?
O‘zingizni sinang!
5 – Konstitutsiyaviy huquq asoslari


130
2. VAZIRLAR MAHKAMASINING ASOSIY VAKOLATLARI
Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari va ular tomonidan tuzi-
ladigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimini boshqaradi, ularning faoliyat-
lari kelishuvini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida 
javobgardir.
12-sxema.
Bosh vazir
Bosh 
vazirning
birinchi
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Bosh 
vazir
o‘rin-
bosari
Vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari


131
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvo-
fi q Vazirlar Mahkamasi:
1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi, 
fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlashni hamda iqtisodiyotning va 
ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar 
ishlab chiqilishi uchun javobgar bo‘ladi; 
2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
3) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari ishini muvofi qlashtiradi 
va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda 
nazoratni ta’minlaydi;
4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari 
ijrosini ta’minlaydi;
5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim 
etadi; 
6) ushbu Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda 
tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasi konstitutsuyaviy normalar va amaldagi qonun 
hujjatlariga muvofi q O‘zbekiston Respublikasining butun hududdagi barcha 
organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va 
fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar 
chiqaradi. 
Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. 
Amaldagi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qiladi, biroq 
Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi shakllantirilguniga qadar mamlakat 
Prezidentining qaroriga muvofi q o‘z faoliyatini davom ettirib turadi.

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə