G. Q. Abdurahmanova



Yüklə 277,2 Kb.
səhifə11/21
tarix30.12.2023
ölçüsü277,2 Kb.
#167582
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Z.Usubjonov PKS bayoni1 (2)

3-savolga javob. Tadqiqotda statistik tahlil, kabinet va dala tadqiqot usullari, ekonometrik modellar va boshqa usullardan keng foydalanilgan. Qurilish materiallari bozori bilan bog’liq bo’lgan muammolarni o’rganish, tahlil qilish va tegishli xulosa va tavsiyalar tayorlash maqsadida Namangan viloyatidagi Ixtisoslashtirilgan qurilish materallari savdo kompleksida qurilish materiallari bilan shug’illanuvchi tadbirkorlar, qurilish firmalari, qurilish materiallari do’konlarining tajribali mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqqan maxsus dasturimiz asosida anketa so’rovi o’tkazildik. Olingan natijalar asosida sohani rivojlantirish bo’yicha xulosa va takliflar tayorlandi.
Rais: Marhamat, savol berish navbati i.f.f.d., dots. Z.A.Xakimovga beriladi.
i.f.f.d., dots. Z.A.Xakimov.
1-savol. Uchinchi ilmiy yangilikni amaliyotga joriy qilish natijasida korxonada qurilish materiallari sotib olish xarajatlari 35 % kamaydi deyilgan, bu qanday kamaygan?
2-savol. Namangan viloyatida siz taklif etayotgan klaster tashkil etilishi natijasida Oliy ta’lim muassasalari uchun qanday natijalar beradi?
Z.V.Usubjonov. Savolingiz uchun katta rahmat ustoz!
Z.V.Usubjonov.
1-savolga javob. Uchinchi ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida 2023 yilning 5 oyi davomida Namangan viloyatida faoliyat yurutuvchi “Quruvchi” XK da mahsulotlar sotuv hajmi 30 % oshdi va mijozlar soni 15 % ga ko’paydi, “Aktash Global Trade” XK da qurilish materiallari sotib olish harajatlari 35 % ga kamaydi va korxonada qurilish ishlari tannarxi pasayishiga erishilgan. Qurilish materiallari sotib olish uchun korxonalar qurilish materiallari yarmarka va ko’rgazmalariga qatnashish, hududlardagi qurilish materiallari bozorlariga borish va boshqalar uchun turli xarajatlar bo’lar edi ammo elektron savdo platformasidan foydalanish orqali yuqordagi kabi xarajatlar qisqarishga erishildi.
2-savolga javob. Klaster tashkil etilishi natijasida viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari uchun quyidagi ijobiy natijalar beradi:
institut o’quv-uslubiy hamda ilmiy jarayonlari ishlab chiqarish bilan bog’lanadi;
sohaga oid ilmiy-texnologiya yutuqlarini ishlab chiqarishga tadbiq etish tajriba-sinov bo’g’ini shakllanadi;
korxonalar bilan kadrlar tayorlash bo’yicha to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar imzolashga imkoniyatlar yaratiladi;
ishlab chiqarishda foydalanilayotgan so’nggi texnika-texnologiyalar bilan amaliy mashg’ulotlar davomida tanishiladi;
institutda ta’lim sifati va ilmiy salohiyatdan foydalanish yuqori darajaga ko’tarishga imkon yaratadi.

Yüklə 277,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə