G‘afur G‘ulom jodiy faoliyati yuzasidan to‘plangan ma‘lumotlar asosida “Blits-so‘rov” texnologiyasi



Yüklə 26,38 Kb.
səhifə2/2
tarix05.04.2023
ölçüsü26,38 Kb.
#104202
1   2
.2 bajarilgan topshiriq.davomi4

Savollar

Yakka javob

To‘g‘ri javob

Javoblar

1.

G‘afur G‘ulom qayerda va qachon tug‘ligan?







1903 yil 10 may kuni Toshkentda tug‘ilgan.

2.

G‘.G‘ulomning adabiy faoliyati qachondan boshlanadi?







1923 yildan

3.

G‘.G‘ulomning milliyligimiz tasvirlangan qissa va hikoyalarni ayting?







“Nitay", “Yodgor", “Shum bola" va “Shariat nayranglari", “Mening o‘g‘rigina bolam"

4.

G‘afur G‘ulom o‘zining juda yaxshi she‘rlarini bolalar va o‘smirlar uchun bag‘ishlangan. Bular qaysi she‘rlar?







“Ikki bolalik", “Seni vatan kutmoqda", “Bilaman"

5.

G‘sfur G‘ulom qachon vafot etgan?







1966 yil 10 iyulda vafot etgan va Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.

G‘afur G‘ulom “Vaqt" she‘rining tahlili

  1. She‘rning hajmi – 75 misra

  2. Mavzusi: Vaqt qadri

  3. Vaqtdan unumli foydalanish, umr o‘tkinchi

  4. Ushbu sheʼrni shoir unga soat taqdim etgan jiyani – mayor Xamidulla Husan o‘g‘liga bag‘ishlab yozgan. Urush tugagandan so‘ng, fashizm ustidan g‘alabadan so‘ng yozilgan. Vaqt juda kichik oniy laxza ekanligi, boshqa tarafdan shu oniy fursatda ko‘p narsaga ulgurush mumkinligi aytilgan.Bunga misol qilib kapalak juda oz yasha ham juda chiroyli yashashi ilgari surilfan.


Vaqt


Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni
Kapalak umriga qiyos etgulik,
Baʼzida bir nafas olgʻulik muddat –
Ming yulduz soʻnishi uchun yetgulik.
Yashash soatining oltin kapgiri
Har borib kelishi – bir olam zamon.
Koinot shu damda oʻz kurrasidan
Yasab chiqa olur yangidan jahon.
Yarim soat ichida tugʻilib, oʻsib,
Yashab, umr koʻrib oʻtguvchilar bor;
Koʻz ochib yumguncha oʻtgan dam – qimmat,
Bir lahza mazmuni – bir butun bahor.
Bir onning bahosin oʻlchamoq uchun
Oltindan tarozu, olmosdan tosh oz.
Nurlar qadami-la chopgan sekundning
Barini tutolmas ay(yu)hannos ovoz.
Yigit termiladi qizning koʻziga,
Kiprik suzilishi, mayin tabassum…
Qoʻsha qarimoqqa muhr boʻladi
Hayotda ikki lab qovushgan bir zum.
Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik koʻrkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram.
Bebaho damlarning tirik joni biz,
Har oni oʻtmishning yuz yiliga teng.
Oʻzbekning barhayot avlodlarimiz,
Har nafas mazmuni fazolardan keng.
Qatrada osmon aks etganidek,
Jahonday maʼnodor qorachigʻimiz.
Gʻolib asrimizga quyoshdan mashʼal,

Zamona soati zang urar mudom,
Minglab hodisalar minutlarga qayd,
Qahramon tugʻildi, shahar olindi,
Bir gigant qurildi sharafli bu payt.
Reyxstag ustiga gʻalaba tugʻin
Qadashda otilgan adolat oʻqi –
Yalt etgan umri-la barqaror qildi
Basharning muqaddas, oliy huquqin.
Gʻalaba amri-la, magʻlub nemisning
Generali qoʻl qoʻydi. Uch sekund faqat…
Shu malʼun imzoda odamlar oʻqir
Million yil fashistning umriga laʼnat.
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan soʻraydi qadrin.
Fursat gʻanimatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq chogʻidir umr daftarin.
Shuhrat qoldirmoqqa Gerostratdek
Diana maʼbadin yoqmoq shart emas.
Koʻplarning baxtiga oʻzlikni jamlab,
Shu ulugʻ binoga bir gʻisht qoʻysak bas.
Har lahza zamonlar umridek uzun,
Asrlar taqdiri lahzalarda hal,
Umrdan oʻtajak har lahza uchun
Qudratli qoʻl bilan qoʻyaylik haykal.
Hayot sharobidan bir qultum yutay,
Damlar gʻanimatdir, umrzoq soqiy.
Quyosh-ku falakda kezib yuribdi,
Umrimiz boqiydir, umrimiz boqiy.



Yüklə 26,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə