KIRISH
Insoniyatning har qanday faoliyat turi menejment asosida quriladi, chunki shu faoliyatni
amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadga erishish, bajariladigan vazifalami taqsimlash, ijrosini
nazorat qilish, shuningdek, samaradorlikka erishish uchun ushbu faoliyatda ishtirok yetuvchilar
manfaatlarini himoya qilish, rag‘batlantirish chora-tadbirlari menejment jarayonida tashkil
etiladi va muvofiqlashtiriladi
«Menejment nazariyasi» fani butun jamiyatga xizmat qiluvchi zamonaviy menejment ilmini
o'rganishda, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida menejmentni amalga oshira oladigan malakali
rahbarlami tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Zero, rahbar menejmentni amalga oshirishda bosh
bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi, samaradorligi, ko‘p jihatdan, u egallagan bilim,
malaka, tajriba,
qolaversa, uning boshqarish uslubiga bevosita bog‘liq bo‘ladi.
Iqtisodiyotni difersifikatsiyalash sharoitida, erkin raqobat va aholining turmush
farovonligini oshirish, zamonaviy korxonalarda boshqaruv faoliyatini samarali tashkil qilishda
rahbarlik faoliyati muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va
takomillashtirish iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta’minlashai taqozo etadi. Bu vazifalami hal
etish uchun yurtimiz o‘zining boy tabiiy resurslaridan, mineral manbalaridan hamda fan-texnika
va inson resurslaridan samarali foydalanishi zarur. Chunki jamiyatning eng oliy boyligi bo‘lgan
xalq qudratli salohiyatni o‘zida jamlagan. Bu salohiyatni yuzaga chiqarish jamiyatimizni
rivojlantirish va taraqqiy ettirishning juda kuchli omili bo‘lib xizmat qiladi. Respublikada
iqtisodiy islohotlaming hozirgi davrida ishlab chiqarish omillaridan oqilona foydalanishga
e’tibor kuchaya bormoqda. Shunday omillar qatoriga insonda mujassamlashgan qobiliyatlardan
foydalanish va u orqali korxona va tashkilotlarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish
ahamiyatlidir.
Zero, rahbar, boshqaruvni amalga oshirishda bosh bo‘g‘in hisoblanib, uning tashkil etilishi,
samaradorligi ko‘p jihatdan rahbar egallagan bilim malaka, tajriba qolaversa, uning muhim
hislatlari va boshqaruv uslubiga bevosita bog‘liq bo'ladi. Bu fanning maqsad vazifalari ham
shulami o‘rganishni nazarda tutadi. Bu fan boshqaruvning qonuniyatlari, qonun va prinsiplari,
funksiya va vazifalari, shuningdek boshqaruv tizimida menejer o‘mi, madaniyati va uslubi,
boshqaruv samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi boshqaruv qarorlari mazmuni, mohiyatini ochib
berishga qaratilgan.
Menejmentning asosini obyektiv iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa qonunlarga asoslanuvchi
huquqiy ilmiylik tashkil etadi. Xo‘jalik yurituvchi subektlar rahbarlari mazkur qonunlami
o‘rganish va ulaming aniq vaziyatlarda namoyon bo‘lishini hisobga olgan holda iqtisodiyotni
boshqarishning strategiya va taktikasini belgilaydilar.
Mazkur o‘quv qoilanma ta’lim olishning turli xil yo‘nalishlaridagi talabalari, hamda
menejerlami mustaqil o‘rganishlari uchun mo‘ljallangan. 0‘quv qo‘llanmaning mazmuni Oliy
ta’limning Davlat ta’lim standartiga mos keladi. 0‘quv qo‘llanma o‘z ichiga quyidagilami oladi:
kirish, 16 ta bob, xar bir bobdan keyin bob bo‘yicha qisqacha xulosa va o‘z-o‘zini nazorat
savollari, glossariy ham foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati mavjud. Asosiy matn mantiqan o‘z
ichiga menejmentning asosiy tushunchalari va ta’riflarini oluvchi nazorat asoslaridan tortib to
menejer faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalargacha boigan mavzular ketma-
ketligidan iborat.
0‘quv qo‘llanmani o‘zlashtirgan talabalarda tarixni chuqur anglab olish, ajdodlarimizning
uzoq menejment jarayonlaarini bosib o‘tganligini, kelajakdagi missiyalarini belgilab olishda
katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
0‘quv qo‘llanma matnining mazmuni “Menejment nazariyasi” kursini egallashga imkon
beradi. Nazorat savollari yordamida ushbu fan bo‘yicha bilimlami tekshirish imkoniyati mavjud.
Tavsiya etilgan adabiyotlami o‘rganish fanni chuqurroq o'rganishga imkon beradi.
0‘quv qo‘llanma birinchi nashri bo‘lganligi sababli ayrim orfografik va grammatik
kamchilik bo‘lsa, oldindan uzr so’raymiz.
Mualliflar: E.D.Yusupov Z.K.Kusharov
Eng murakkab san’at- bu boshqaruv san’atidir!
Karl Veber
Dostları ilə paylaş: