|
1-bilet shayboniylar davlatining tashkil topishi11-tarix-imtihon-javoblari-2022-yil2.
Ulug‘bek
rasadxonasi haqida
ma’lumot
bering.
Ulug‘bek
rasadxonasi
- Samarqanddagi XV asr
me’morligining
nodir
namunalaridan biri, ko‘hna astronomik kuzatuv muassasasi. Ulug‘bek farmoyishi
bilan 1428
—
29 yilda
Ko‘xak
(Cho‘ponota)
tepaligida ulkan silindr shaklida
bunyod etilgan; ayrim
qo‘lyozmalarga
ko‘ra,
balandligi 30,4 metrdan iborat 3 qavatli
qilib qurilgan. Unda o‘ndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bulgan.
Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 metrli qo‘shaloq yoydan iborat kvadrant (yoki
sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Rasadxona o‘rta asiiarda asbob us
kunasi
jihatdan ham beqiyos bo‘lgan. Mirzo Ulug‘bekning eng yirik astronomik asari "Ziji
Ko‘ragoniy"
rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati
Ulug‘bek
taklifi bilan
yig‘ilgan
qator mashhur olimlar
G‘iyosiddin
Koshiy,
Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqa nomi bilan
bog‘liq.
Ulug‘bek
rasadxonasining arxeologik qoldiqlari 1908 y. V.L. Vyatkin
rahbarligida olib borilgan qazilma ishlari natijasida topilgan.
3.
Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirotda tavallud topgan. Navoiyning otasi
G‘iyosiddin Bahodir temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan. She’r zavqi va iste’dodi
erta uyg‘ongan. Bolalikdayoq Farididdin Attorning ,,Mantiqut
-
tayr“ asarini yod
olgan, Sharafiddin Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy yosh shoir
iste’dodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy e’tirofmi qozongan. Sayyid Hasan
Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan ta’lim olgan, Abdurahmon Jomiy
bilan ijodiy hamkorlikda bo‘lgan. Navoiy 1469 yilgacha temuriylar or
asidagi ichki
nizolar sababli Hirotdan yiroqroqda yashagan.
Husayn Boyqaro Xuroson taxtiga o‘tirgach (1469), Navoiy hayoti va ijodida
yangi bosqich boshlanadi, muhrdorlik (1469) mansabiga, vazirlik (1472) va
Astrobod hokimligi (1487)ga tayinlanadi. 1480
—
1500 yillar mobaynida
o‘z
mablag‘lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo‘lovchilar to‘xtab
o‘tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko‘prik, 20 ta hovuz qurdiradi.
Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga
„muqarrabi
hazrati
sultoniy”
(„sulton
hazratlarining eng yaqin
kishisi”)
degan unvonni beradi. Unga
ko‘ra
Navoiy
davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|