1. Dunyo va Respublika miqyosida g’alla yetishtirish tendensiyalari


Don massasini germetik saqlash holatlari



Yüklə 6,93 Mb.
səhifə15/17
tarix15.03.2023
ölçüsü6,93 Mb.
#102545
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Don massasini germetik saqlash holatlari.
Don massasini yuqori namlikda uzoq muddatda saqlash uchun havo ta’sirini yo’qotish kerak bo’ladi. Buning uchun donni germetik sharoitda saqlashdan foydalaniladi. Mahsulotlarni havosiz muhitda saqlash, ko’proq don uyumida qo’llaniladi. Bunday saqlash turida karbonat angidrid gazi miqdori oshib boradi, kislorod miqdori esa hasharot va mikroorganizmlarning faolligi tufayli to ularning nafas olishi butunlay to’xtashiga qadar tushib ketadi. Anaerob nafas olish faolligi faqatgina yuqori namlikda saqlashdagina o’rin tutishi mumkin. Don anaerob sharoitlarda hasharotlarsiz va zamburug’larsiz saqlanadi, urug’lik materialning sifati saqlanib qoladi hamda transport bilan bog’liq xarajatlar qisqaradi. Bu usulda saqlanganda don oraliqlarida kislorodning yo’qligi sababli, nafas olish susayadi, mikroorganizmlar faoliyati to’xtaydi. Kislorodga muhtojlik sezgan kana va hasharotlarning ham rivojlanishi uchun sharoit yo’qoladi. Natijada don uyumining zararlanishi keskin qisqaradi.
Kislorodsiz muhitda namlik tang (kritik) darajaga yetmasa don uyumining yem-xashak (furaj) va texnologik sifatlari yaxshi saqlanib qoladi. Don uyumlarini saqlashda kislorodsiz muhitni hosil qilishning quyidagi usullari mavjud:

  • mahsulot uyumidagi turli tirik organizmlarning nafas olishi oqibatida kislorodning sarflanishi va o’z-o’zidan karbonat angidrid gazini tabiiy to’planishiga olib kelish avtokonservatsiyalashuviga olib keladi;

  • don uyumiga azot, karbonat angidrid va boshqa maxsus gazlarni kiritish orqali (karbonat angidirid og’ir gaz hisoblanib don oraliqlaridagi bo’shliqdan havoni majburiy siqib chiqarish orqali).

Kislorodsiz muhitni hosil qilishda ko’pincha ikkala usuldan foydalaniladi.

6. Don saqlashning innovatsion texnologiyasi


Hozirgi vaqtda ko’plab don uyumlarini yer ostida kislorodsiz muhitni hosil qilish yo’li bilan saqlash keng qo’llanilmoqda. Don massasini barcha turlarini germetik sharoitda saqlash mumkin (non-bop, urug’likka mo’ljallangan urug’larni germetik usulda saqlash taqiqlanadi).
90-yillarning ikkinchi yarmida Argentinada fermerlar, donni saqlash muammosini yechishga harakat qilib, AQSH da vujudga kelgan plastik yenglarda saqlash texnologiyasi bilan tajribalar o’tkazishdi. Tajribalar yaxshi natijalarni bergach, texnologiya keng tarqaladi, keyinchalik esa butun Argentina bo’ylab, so’ngra esa boshqa mamlakatlarda ham ommaviy ravishda qo’llanila boshlandi. Plastik englarda don saqlash texnologiyasining vatani Argentina hisoblangan, Argentinada bu texnologiya har yili katta miqdordagi jo’xori, bug’doy, soya va kungaboqarni saqlash uchun qo’llaniladi. Polimer qoplarda quruq donni ham, nam donni ham saqlash mumkin. Bug’doy saqlashdan tashqari engli polimer qoplarda tariq, jo’xori, no’xot, soya, kungaboqar, raps va silosni saqlash uchun ham foydalaniladi.
Polietilen qop englari – uzunligi 60–75 m va sig’imi 65–300 tonna bo’lgan uch qavatli polimer qoplar bo’lib, maxsus don qadoqlovchi mashina – begger bilan to’ldiriladi.
Mazkur texnologiyadan foydalanilganda omborxonalarni qurish uchun yirik xarajatlar talab qilinmaydi. Elevatorlarda vaqti-vaqti bilan mahsulotni tekshirib va qayta ishlab turish kerak bo’ladi. Bu esa o’z navbatida saqlash qiymatiga, va albatta tovar tannarxida o’z aksini topadi. Donni omborxonada saqlash tizimining ikkinchi ajratib bo’lmas qismi – bu don massasining chegaralangan hajmi. Donlarni polimer qoplarda saqlash texnologiyasi yordamida esa saqlanayotgan don hajmini boshqarish va chiqarilayotga miqdorini oldindan ko’rish mumkin.


Yüklə 6,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə