11
MEN NIMA QILA OLAMAN?
Uyda, ishda, o‘z hamjamiyatingizda – hamma joyda
mahalliy fermerlar yoki bozorlarni qo‘llab-quvvatlab,
barqaror usullarda ishlab
chiqarilgan oziq-ovqat
mahsulotlarini ko‘proq xarid qilib, shuningdek, barcha
odamlarni tegishli ovqatlanish tartibi bilan ta’minlashni
qo‘llab va oziq-ovqatni isrofqilishga qarshi kurashda
ishtirok etib, siz o‘z hayotingizni o‘zgartira olasiz.
Siz batafsil axborot olish,
jumladan, yana nima
qilishingiz mumkinligi haqida bilish uchun «Zero
Hunger» (www.zerohungerchallenge.org) dasturida
qatnashish orqali Ochlikni tugatish bo‘yicha
Global
harakatga qo‘shilishingiz mumkin.
Ochlikning so‘nggi bosqichi va to‘yib ovqat yemaslik
barqaror rivojlanish yo‘lida to‘siq bo‘lib qolmoqda
hamda aylanib o‘tish mushkul bo‘lgan qopqondir.
Ochlik va to‘yib ovqat yemaslik odamlarning ishchanlik
qobiliyati pasayishiga sabab bo‘ladi va ularning
kasalliklarga
nisbatan zaifligini oshiradi, buning
oqibatida kishilar aksar hollarda ko‘proq pul topish va
yashash sharoitini yaxshilash qobiliyatini yo‘qotadi.
Butun dunyoda 800 millionga yaqin kishi ochlikdan
aziyat chekmoqda, ularning ko‘pchiligi rivojlanayotgan
mamlakatlarda yashab kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: