1-mavzu. Iqtisodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ahamiyati reja



Yüklə 305,79 Kb.
səhifə7/11
tarix14.10.2023
ölçüsü305,79 Kb.
#127828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Маъруза 1-мавзу

Birinchi bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bu bosqichda "qo’l" axborot texnologiyalari taraqqiy etgan. Uning vositalari: qalam, siyohdon, qog’oz. Kommunikatsiya, ya’ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan. Bu axborot texnologiyasi insonning aqli rivojlanish davrida paydo bo’lgan.
Ikkinchi bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan. Uning asosiy vositalari yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
Uchinchi bosqich. XX asr boshlariga mansub bo’lib, "Elektromexanik" texnologiyalar bilan farq qiladi. Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o’zgardi. Unda asosiy urg’u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shakllantirishga ko’chirildi.
To’rtinchi bosqich. XX asr o’rtalariga to’g’ri kelib, "Elektron" texnologiyalar qo’llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
Beshinchi bosqich. XX asr oxiriga to’g’ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo’ljallangan dasturiy vositalarga ega bo’lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo’ljallangan texnik vositalarning o’zgarishi ro’y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyalarining uzoq yillik evolyutsion rivojlanishi uni bir necha turlarga bo’linib ketishiga sabab bo’ldi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo’linadi:
1. Ma’lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma’lum aniq algoritmlar bo’yicha boshlang’ich ma’lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni echishga mo’ljallangan. Masalan, har bir tashkilotda o’zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog’liq bo’lgan insonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirishdan iborat. Masalan, boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o’tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni beruvchi.

Yüklə 305,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə