1-mavzu: Sotsiologiya fan sifatida


a) Sotsiologik tadqiqotda kuzatish usuli



Yüklə 0,93 Mb.
səhifə45/50
tarix09.06.2022
ölçüsü0,93 Mb.
#89153
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
manaviy begonalashuv

a) Sotsiologik tadqiqotda kuzatish usuli.
Sotsiologik tadqiqotlarda kuzatish – dastlabki empirik ma’lumotlarni yig‘ish usuli bo‘lib, muayyan maqsadga qaratilgan, oldindan puxta o‘ylab, muntazam olib boriladigan, hissiy qabulga asoslangan bo‘ladi. Bu usuldan foydalanishning o‘ziga xos afzalligi shundaki, tadqiqotchi muayyan darajada tadqiqot olib borilayotgan obyektidan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi. Kuzatish usulidan olinadigan ilmiy ma’lumotlar obyektiv, xolis va hayotiy bo‘lishi bilan o‘zining ilmiy qimmatiga egadir. Shu bilan birga, kuzatish usulidan olingan ilmiy ma’lumotlarda subyektiv jihatlar ham bo‘lishi mumkin. Chunki, sotsiologik tadqiqot tadqiqotchining ijtimoiy voqelikka, jarayoniga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi va qay yo‘sinda tavsiflashi asosida boradi.
Kuzatish usulining yana bir muhim jihati uning muayyan darajada chegaralanganligi bo‘lib, ko‘pincha tadqiq etilayotgan voqelikni qayta kuzatish imkoniyati bo‘lmasligidadir. Bu usulning yana bir zaif jihati shundan iboratki, kuzatish orqali tadqiqotchini qiziqtirgan savolga kuzatiluvchining fikr va hukmini bilish juda qiyin. Barcha hollarda kuzatish hozircha faqat so‘z bilan ifodalanadi. Ammo, ba’zi xulqiy-ehtirosli munosabatlarni, holatlarni bir tarzda yozish va so‘z orqali ifodalash qiyin bo‘ladi.
Kuzatish jarayonining xarakteriga qarab uni quyidagi tiplarga ajratib ko‘rsatish mumkin: nazoratli /ochiq/ va nazoratsiz /inkognito/, to‘la qamrovli /standartlashtirilmagan/ va qamramaydigan / standartlashtirilgan/, dala sharoitida va laboratoriya sharoitida, ichkaridan va chetdan kuzatish.
Nazoratli, ya’ni ochiq kuzatishda kuzatilayotgan guruh oldindan ogohlantirib qo‘yiladi, nazoratsiz, ya’ni inkognito kuzatishda esa, aksincha, guruh o‘zini kuzatilayotganliklarini sezmaydi.
To‘la qamrovli, standartlashtirilmagan kuzatishda u aniq bir harakat rejasisiz amalga oshiriladi, standartlashtirilgan, ya’ni to‘la qamramaydigan kuzatishda kuzatishda kuzatuvchi tadqiqot predmeti va jarayoniga nisbatan aniq chegaralangan programmaga asoslanadi.
Dala sharoitida kuzatish obyekti qilib sotsial voqelikning u yoki bu tomoni, jarayoni olinadi. Laboratoriya sharoitidagi kuzatishda esa obyekt qilib obyektiv voqelikki ma’lum bir darajada moslashtirilgan model olinadi.
Ichkaridan kuzatishda tadqiqotchi kuzatayotgan obyektda ro‘y berayotgan ijtimoiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi va unga bo‘ysunadi, chetdan kuzatishda esa tadqiqotchi obyektga nisbatan mustaqil bo‘ladi va unga bo‘ysunmaydi.
Ichkaridan kuzatishga misol qilib Amerika sotsiologi Uilyam Uaytning “Ko‘cha burchaklari jamiyati” kitobida yoritilgan /1937/ tadqiqotini olish mumkin. Avtor, Italiya emigrantlari oilalaridan chiqqan yoshlar ichida reketning vujudga kelish jarayonini o‘rganish niyatida, shu muhitda uch yarim yil yashagan, ular bilan bir xil hayot kechirgan.
Sotsiologik kuzatish obyekti insondir, shuning uchun tadqiqot jarayonida tadqiqotchining maqsadini intuitiv holda his qiilib, o‘z xulq-atvori yoki xarakatini o‘zgartirishi mumkin. Natijada, olingan ma’lumot sotsiologning talabiga javob bermaydi.
Demak, sotsiologik tadqiqotlarda faqatgina kuzatish usulidan foydalanish bilan cheklanib qolmaslik kerak. Chunki, kuzatish usuli orqali olingan ma’lumotlar, natijalar o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida to‘la ma’lumot bera olmaydi. Bu usuldan ko‘pincha sotsiologik tadqiqotning dastlabki bosqichlarida, obyekt to‘g‘risida dastlabki tasavvurga ega bo‘lish uchun yoki sotsiologik tadqiqotlarning boshqa usullari yordamida olingan ma’lumotlarni, statistik hujjatlarni qo‘shimcha ravishda tekshirish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə