1-мавзу: Суғуртанинг моҳияти ва функциялари



Yüklə 2,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/193
tarix09.01.2023
ölçüsü2,88 Mb.
#98379
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193
pdffox.com sugurta-huquqi

 
 
 


 69 
1-ilova
Sugurta bozori va xizmati haqida tushuncha 
Xorij mamlakatlarida marketing – bozorni o‘rganishda iste’molchilar talabini taxlil etish va 
tovarlar etkazib berishda muxim axamiyatga ega. Sugurta ishida marketingdan sugurta 
kompaniyalarining bozorda xizmat ko‘rsatish usullarini o‘rganish, xaridor bilan sotuvchining 
o‘zaro munosabatlari o‘rnatilishida foydalaniladi. 
Sugurta xizmati deganda sugurtachi tomonidan sugurtalanuvchi ko‘radigan zararni koplash 
bo‘yicha o‘z majburiyatini sotishi, sugurta xodisasi yuz berganda uni koplash uchun 
to‘lanadigan kirish (pay) va oylik badallarini to‘lab borishi natijasida vujudga keladigan 
sugurta fondidan jabrlanuvchiga sugurta mukofotlarini to‘lash tushuniladi. 
Sugurta bozorida marketingdan foydalanishdan asosiy maksad sugurta kompaniyasi 
tomonidan bozorga ta’sir etish bilan eng ko‘p foyda olishdir. Marketing yordamida sugurta 
kompaniyasining kator vazifalarini bajarish mumkin: sugurta kompaniyasi faoliyatini 
rejalashtirish, baxolarni belgilash, reklamani amalga oshirish, sugurta polislarini sotish va x.k. 
Marketing yordamida sugurta kompaniyalarini bozor kon’yukturasiga moslashtirish, 
sugurtaning ayrim turlari – ekologiya, kosmik, inflyasiyadan sugurtalash bo‘yicha sugurta 
kompaniyalarining yo‘nalishlarini belgilab olish mumkin. Sugurta bozorida marketing orkali 
sugurta xizmatlariga bo‘lgan talabni shakllantirishga erishiladi. SHu bilan birgalikda sugurta 
xizmatiga mijozlarning kizikishini uygotish yoki talabini kondirishga erishish mumkin. 
Sugurta bozorida marketing orkali talabni muntazam ravishda nazorat kilish, ya’ni 
imkoniyatlar yuzaga kelganda strategiyani kaytadan ko‘rib chikish va rakobat
 
kurashida yangi 
taktikani ko‘llash orkali rakobatdoshlarni engib chikish mumkin. Rivojlangan 
mamlakatlardagi sugurta kompaniyalarining erishgan yutuklarini iktisodchilar ko‘pincha 
marketing va reklama xizmatlaridan foydalanganliklari bilan boglik deb xisoblaydilar. 
Xakikatda xam sugurta kompaniyalari xizmatiga bo‘lgan talab oshib borsa, foyda olishga 
imkon beradi. Agarda sugurta xizmatlariga bo‘lgan talab pasaygan xollari bo‘lsa, unda 
marketing xizmati orkali talabning pasayish sabablari taxlil etiladi, sugurta kompaniyasi 
tariflari kaytadan ko‘rib chikiladi, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash choralari ko‘riladi. 
Sugurta ishida marketing xizmatining asosiy vazifasi kuyidagilardan iborat: 
- sugurta bozoriga taklif etilayotgan sugurta xizmatini o‘rganish va taxlil kilish; 
- sugurta xizmatlari reklamasini kuchaytirish; 
- sugurta polisini sotishda keng mikyosda tashkiliy-targibot ishlarini o‘tkazish, mamlakatda, 
xududlarda va mintakalardagi o‘zgarishlarga aloxida e’tibor karatish; 
- iktisodiy, siyosiy va migratsion o‘zgarishlarni e’tiborga olgan xolda faoliyat olib borishdan 
iborat.
Sugurta bozori. 
Bozor iktisodiyoti turli mulkchilikka asoslangan xolda rivojlanib boradi. Turli mulk 
shakllari o‘rtasidagi rakobatning kuchayishi xar bir xo‘jalik, tashkilot va muassasa o‘z o‘rniga 
ega bo‘lishi uchun tinimsiz kurash olib borishga majbur etadi. SHu rakobat kurashi orkali 
iktisodiy xizmatlarning sifati ishlab chikaruvchilarning malakasi va iste’molchilarning 
madaniyati oshib boradi. Natijada foyda olish, ko‘riladigan zararlarni oldindan chamalab, 
uning oldini olish va bartaraf etish usullari ishlab chikiladi va amalga oshiriladi. Xuddi 
shunday zararning oldini olishda sugurta tashkilotlariga bozor sharoitida talab o‘sib boradi. 
Bu talabni kondirish uchun mamlakatda mavjud bo‘lgan sugurta tashkilotlarining tashabbusi 
bilan sugurta bozori vujudga keltiriladi, bu bozorning a’zolari esa turli-tuman sugurta 
kompaniyalari xisoblanadi. 


 70 
Sugurta tashkilotlari o‘zlarining xizmatlarini turli korxonalarga taklif etadilar. Bu 
xizmatni ko‘rsatish va amalga oshirish sugurtachi va sugurtalanuvchi tomonlar o‘rtasida 
tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Sugurta bozorining doirasi talabi, uning 
xizmatlariga nisbatan o‘sib borishi tufayli, maxalliy, shaxarlar, mintakalar, mamlakat xatto 
xalkaro sugurta bozori darajasida rivojlanib boradi.
Sugurta bozori pul munosabatlarini ifodalovchi ijtimoiy-iktisodiy tuzilma bo‘lib, 
sugurta ximoyasi savdo-sotik ob’ekti sifatida shakllanadi va taklif yuzaga keladi. Sugurta 
bozorining amal kilishida sugurta xizmatlariga bo‘lgan extiyoj mikdori va shu extiyojlarni 
ta’minlashga kodir bo‘lgan sugurtachilarning soni muxim shart bo‘lib xisoblanadi. 
Sugurta bozorida sugurta xizmati talab va taklif asosida yuzaga keladigan tarif mikdori 
bilan baxolanadi. Xisoblar kulay bo‘lishi uchun tarif mikdorlari aktuar xisoblar orkali 
belgilanadi. Bunda sugurta portfeli, sugurta fondini moliyaviy barkarorligini xamda shu bilan 
birga anik sugurtachining xizmati, sugurtachining sarmoyaviy faoliyatiga, ish yuritish va 
shtatli xodimlarni saklab turish xarajatlari, ko‘zlangan foyda uchun ajratmalar va taxminiy 
tadbirlar bilan boglikdir. Sugurta xizmati sugurtalanuvchiga shartnoma asosida majburiy yoki 
ixtiyoriy sugurta ko‘rinishida ko‘rsatilishi mumkin. SHartnoma xujjati sifatida sugurta polisi 
yoki sugurta sertifikati beriladi. 
Sugurta bozorida ishtirok etuvchilar kuyidagi amallarni bajarishi lozim: 
-
sugurta ishini tashkil etish va amalga oshirishda samarali usullarni ko‘llashi; 
-
sugurtalanuvchilarning manfaatlarini ximoya kilish; 
-
sugurta to‘grisidagi konunlarga amal kilish; 
-
sugurta tashkilotlarining davlat va uning idoralari o‘rtasidagi munosabatlarini kengaytirish; 
-
sugurta tashkilotlarida ichki intizomni mustaxkamlash va x.k. 
Sugurta kompaniyalari sugurta bozorining asosi xisoblanadilar. 

Yüklə 2,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   193




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə