o‘rgatish. Bolalar va qizlar turlicha tarbiyalanadilar. O‘g‘ilga oilaning bo‘lajak
52
tayanchi sifatida qaraydilar va qiyinchiliklarni engishga o‘rgatadilar. Qizlarni
esa uy ishlariga tay
ѐ
rlaydilar.
YAponiya bog‘chalarida bolalarni 8 kishilik kichik guruhlar-―xan
‖
larga
bo‘ladi. Bu bolalarga bog‘chada ―o‘z ish o‘rni
‖
ajratiladi, ular o‘z xanlariga
nom tanlaydilar. SHu tariqa eng kichik
ѐ
shdan jamoada ishlashni o‘rgatadilar.
Bu guruhdagi har bir o‘quvchi guruhda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi lozim. Bunday
xanlar keyingi ta’lim bosqichida ham qo‘llaniladi. O‘rta maktabda xanlar doimiy
emas, ular yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikish uchun har 5 oyda o‘zgartirib
turiladi. YAponiya bog‘chalariga 3-5
ѐ
shdagi bolalar qabul qilinadi. Bolalar
bog‘chalarining maqsadi bolalarning aqliy va jismoniy qobiliyatlarini
rivojlantirish, mustaqillik va ichki tartib ko‘nikmalarini tarbiyalash, jamiyat
hodisalariga to‘g‘ri munosabatda bo‘la olishni o‘rgatishdan iborat. SHuningdek,
og‘zaki nutq, so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llashni o‘rgatishga ham katta e’tibor beriladi.
Ertaklar, kitoblar, musiqa, sport o‘yinlari, rassomlik kabi shaxsning ijodiy
xususiyatlariga qiziqish uyg‘otiladi. Hozirgi kunda maktabgacha tarbiya
muassasalariga 60% bolalar jalb etilgan. Boshlang‘ich ta’limga erta qabul
qilishga o‘tish maqsadida 4-5
ѐ
shdagi bolalarning barchasini bolalar
bog‘chasiga jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
Bolalar bog‘chasi YAponiyada vatan fuqarosini shakllantirish tizimining
1-bosqichi hisoblanadi. Mustaqil faoliyat, jamoaviy ong, ijtimoiy mas’uliyat
ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Bolalar bog‘chasining asosiy vazifasi-bolani maktabga tay
ѐ
rlashdir. Bu erda
rasm, musiqa, ritmika, jismoniy tarbiya bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tiladi.
Individuallik, u qanchalik yaxshi bo‘lmasin, o‘quvchilarni o‘ziga jalb qilmaydi,
bolalar jamoasi tomonidan qabul qilinmaydi.
Dostları ilə paylaş: