1. «Personalni boshqarish» – fan sifatida Personalni boshqarishning asosiy funkciyaları Ishlab chiqarishda xodimlarning tutgan o’rni



Yüklə 22,55 Kb.
səhifə2/6
tarix20.10.2023
ölçüsü22,55 Kb.
#128720
1   2   3   4   5   6
1 лекция

Menejment (inglizcha “management”so’zidan) - bozor iqtisodiyoti sharoitlarida iqtisodiy boshqaruv tamoyillari, funktsiya va uslublarini qo’llagan holda moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish hisobiga belgilangan'maqsadlarga erishish uchun amalga oshiriladigan boshqaruv faoliyatidir.
Menejment aslida “boshqaruv” so’zining sinonimi hisoblanib, asosan bozor iqtisodiyoti sharoitlarida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishni anglatadi.
Menejment deyilganda quyidagi ma’nolar anglanadi:
1. Korxonaning boshqaruv xodimlari boshqaruv apparati sifatida.
2. Boshqaruv apparati korxonada bajaradigan funktsiyalar.
3. Menejment korxonani ilmiy asosda boshqarish sifatida.
Personalni boshqarish - alohida xodim va umuman korxona manfaatlarini ta’minlash maqsadida inson salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan tashkiliy, ijtimoiy-iqtisodiy, psixologik, axloqiy va huquqiy munosabatlar tizimidir. Personalni boshqarishning asosiy funktsiyalarini o’zida aks ettiruvchi to’rt tarkibiy qism mavjuddir:
1. Personalni tanlash.
2. Personalni rivojlantirish.
3. Personalni baholash.
4. Personalni rag’batlantirish.
“Personal” hozirgi vaqtda iqtisodiyot fanida umum e’tirof etilgan atama hisoblanib, mehnat jamoasi tarkibiy qismlarini qamrab oladi. U mohiyat bo’yicha “O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida qayd etilgan “xodim” atamasidan kelib chiqqan holda xodimlar tarkibi ma’nosini beradi”.Avvallari bu tushuncha “kadrlar” atamasi sifatida qo’llanib kelingan.
Personal, ishlab chiqarish personali hamda boshqaruv personalidan iboratdir.
Personalni boshqarish yoki personal menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi.
Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli personalni boshqaruv funksiyasining ikki sohasi mavjuddir:

Yüklə 22,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə