Uchtalik apostroflar yoki qo`shtirnoqlar qo`llanilgan satrlar
>>> c = '''Bu juda ham katta
... satr, ko`p qatorli
... matn bloki'''
>>> c
''Bu juda ham katta\nsatr, ko`p qatorli\nmatn bloki '
>>> print(c)
Bu juda ham katta
satr, ko`p qatorli
matn bloki
Uchtalik qo`shtirnoqli satrlarning asosiy afzalliklari shundaki, ularni ko`p satrli matnlarning bloklarini kiritishda qo`llash mumkin. Bunday satrlarning ichida apostroflar va qo`shtirnoqlardan erkin foydalanish mumkin, asosiysi – uchta qo`shtirnoq bo`lmasa bo`lgani.
Bu satr literallari va ular bilan ishlashga bag`ishlangan ma`lumotlarimiz edi. Satrlarning funksiyalari hamda metodlari haqida keyingi bobda gaplashamiz.
12-bob.
Satrlar. Satrlar funksiya va metodlari.
Biz satrlar bilan ishlash borasida ozroq so`z yuritdik. Endi esa, satrlar bilan ishlashga mo`ljallangan funksiyalar va metodlar haqida so`z yuritamiz.
Men bu yerda satrlar bilan ishlashga mo`ljallangan barcha metod va funksiyalarni jamlashga harakat qildim. Lekin, nimanidir esdan chiqarib qoldirgan bo`lsam, to`g`rilang.
Bazaviy operatsiyalar.
>>> S1 = 'spam'
>>> S2 = 'eggs'
>>> print(S1 + S2)
'spameggs'
>>> print('spam' * 3)
spamspamspam
Satr uzunligi (len funksiyasi)
>>> len('spam')
4
Indeks bo`yicha murojaat
>>> S = 'spam'
>>> S[0]
's'
>>> S[2]
'a'
>>> S[-2]
'a'
Misolda ko`rinib turganidek, Pythonda manfiy indeks bo`yicha ham murojaat qilish mumkin va bunda sanoq satr oxiridan boshlanadi.
Kesimni olish operatori : [X:Y]. X – kesim boshlanisih, Y esa yakunlanishi.
Y indeksli belgi kesimga kiritilmaydi. Boshqa holat ko`rsatilmaganda, birinchi indeks 0, ikkinchisi esa satr uzunligiga teng deb olinadi.
>>> s = 'spameggs'
>>> s[3:5]
'me'
>>> s[2:-2]
'ameg'
>>> s[:6]
'spameg'
>>> s[1:]
'pameggs'
>>> s[:]
'spameggs'
>>> s[::-1]
'sggemaps'
>>> s[3:5:-1]
''
>>> s[2::2]
'aeg'
Bundan tashqari kesimni olish qadamini ham ko`rsatish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |