1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish


Pythonni linux tizimlar(ubuntu, linux mint va boshqalar)ga o`rnatish



Yüklə 2,19 Mb.
səhifə3/78
tarix19.12.2023
ölçüsü2,19 Mb.
#152124
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
1. Python tili imkoniyatlari Pythonni ko`chirish

Pythonni linux tizimlar(ubuntu, linux mint va boshqalar)ga o`rnatish


Konsolni oching (odatda ctrl+alt+t). Konsolda quyidagi buyruqni kiriting:

python3

Katta ehtimollik bilan sizning ekraningizda python3 qutlovi hosil bo`ladi.



Python 3.8.6 (default, Okt 6 2020, 13:05:11)
[GCC 4.8.2] on linux
Type "help", "copyright", "credits" or "license" for more information.
>>>

Agar shunday bo`lsa, sizni tabriklasak bo`ladi. Sizda python3 o`rnatilgan ekan. Aks holda, *python3* paketini o`rnatish kerak bo`ladi:



sudo apt-get install python3

Bu ishni sizning ixtiyoringiz bo`yicha ubuntu/ ilovalar markazi orqali miniinstaller/synaptic orqali ham amalga oshirish mumkin.


Linux uchun pythonning tarkibida oldindan o`rnatilgan IDLE mavjud emas. Agar istasangiz, uni alohida o`rnatish mumkin. paket *idle3* deb nomlanadi (oldinroq chiqarilgan versiyalarda u python3-idle deb nomlanishi ham mumkin).
Lekin uni o`rnatish shart ham emas. Siz o`zingizga yoqadigan matn muharriringizda (gedit, vim, emacs..) dasturlarni yozishingiz va ularni konsol orqali ishga tushirishingiz ham mumkin.

python3 path_to_file.py

Endi siz o`zingizning birinchi dasturingizni yozishingiz mumkin. Bu ishni siz istagingiz bo`yicha IDLEda yoki yoqtirgan matn muharriringizda bajarishingiz mumkin.


3-bob.

Birinchi dastur. IDLE dasturlash muhiti.


Bugun biz siz bilan IDLE dasturlash muhitida o`zimizning birinchi dasturimizni yozamiz.Pythonni ko`chirib olib, o`rnatganimizdan so`ng, IDLE ni ishga tushiramiz(Distributiv bilan birga beriladigan Pyhton dasturlash muhiti).
Bu yerda hamda bundan keyin menda Windows o`rnatilganligi sababli shu tizim uchun misollarni keltiraman.

IDLEni ishga tushiramiz (odatda interfaol rejimda ishga tushadi), shundan keyin o`zimizning birinchi dasturimizni yozishni boshalshimiz mumkin. Har doimgidek, bizning birinchi dasturimiz – “Hello world!” dasturi bo`ladi. Pythonda “Hello world!” ni chiqarish uchun bor yo`g`i bitta satr yetarlidir:



Bu satrni IDLEda kiritamiz va Enter tugmasini bosamiz. Natijani siz quyidagi tasvirda ko`rishingiz mumkin:

Tabriklayman, Siz pythondagi o`zingizning birinchi dasturingizni yozdingiz!

Interfaol rejim bilan biz tanishib chiqdik. Siz u bilan bir qancha tajribalar o`tkazib, o`rganishingiz mumkin. Masalan, quyidagilarni kiritib ko`ring:



print(3 + 4)
print(3 * 5)
print(3 ** 2)

Lekin, interfaol rejim biz uchun asosiy rejim hisoblanmaydi. Asosan siz o`z dasturlaringizni faylli rejimda saqlab, ularni fayl ko`rinishini ishga tushirasiz. IDLE interfaol rejimida yangi fayl yaratish uchun File -> New File buyruqlarini tanlang (yoki Ctrl+N kombinatsiyasini bosing).



Hosil bo`lgan oynada quyidagi kodni kiriting:

name = input("Ismingiz nima?")
print("Assalomu aleykum", name)

Birinchi satr “Ismingiz nima?” savolini chiqaradi hamda sizning biror narsa yozib, Enter tugmasini bosishingizni kutadi va kiritilgan matnni name o`zgaruvchisida saqlaydi.


Ikkinchi satrda biz matnni ekranga chiqarish uchun print funksiyasidan foydalanamiz. Bu yerda “Assalomu aleykum” matni hamda name o`zgaruvchisidagi matnni chiqarish amalga oshirilmoqda. Endi esa, F5 ni bosamiz (yoki IDLE ning Run menyusidagi Run Module buyrug`ini tanlaymiz) va biz yozgan dasturimiz ishlayotganiga ishonch hosil qilamiz. Dasturimizni ishga tushirishdan oldin IDLE bizga uni saqlashni taklif qiladi. O`zingizga qulay bo`lgan joyda saqlaymiz va dasturimiz ishga tushganini ko`ramiz. Natija taxminan mana shunday bo`lishi kerak (skrinshotda: chapda natija, o`ngda siz tuzgan dastur matni):

Tabriklayman! Siz oddiy dasturlarni yozishni o`rgandingiz hamda IDLE interfaol rejimi bilan tanishdingiz. Endi ozroq dam olib, undan keyin esa pythonni o`rganishda davom etish mumkin. bundan buyog`iga biz python sintaksisi, takrorlash sikllari va tarmoqlanishni o`rganamiz.


4-bob.

Yüklə 2,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə