1-savolni javobi Iqtisodiy tizim



Yüklə 26 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü26 Kb.
#134383
1   2
Документ Microsoft Word (2)

Creators

  • Baxtiyorjonov A`zamjon1



  • Mirzakarimova M2

Show affiliations
Description
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‘jalik mexanizmi va iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.Iqtisodiy nazariyada ko‘pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‘lab turkumlashga harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an'anaviy iqtisodiyot, ma'muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari.An'anaviy iqtisodiyot – deyarli hamma mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‘plab iqtisodiy jihatdan kam rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‘lib, ularda urfodatlar, udumlarga, an'analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda natural yoki mayda tovar xo‘jaligi hukmron bo‘ladi. Bu yerda ishlab chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan o‘rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‘rlik va sulola (tabaqa) shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy turg‘unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy qilish keskin cheklangan, chunki ular an'analar bilan ziddiyatli hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‘diradi. Iqtisodiy faoliyatga nisbatan diniy va madaniy tartiblar birlamchi hisoblanadi.
2-savilni javobi
Naflilik — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi; tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. N. darajasi — subyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning N. darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Masalan, buyumning sifati yaxshilanib xizmat qilish muddati 2-marta ortsa, uning nafliligi 2-marta ortib, oldingisiga nisbatan 2-marta koʻproq ehtiyojni qondiradi. Shuning uchun ham iqtisodiy oʻsishning muhim omili mahsulot sifati va uning N. darajasini oshirishdir. Ayrim tovarlardan qoniqish yakka qoniqishdir, ammo tovarlarni isteʼmol etishda umumiy qoniqish ham paydo boʻladi. Umumiy N. — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy N. tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi. Umuman, tovarlar xilma-xil boʻlganda N. pasayishga moyil boʻladi. Tovarlarning naf keltirish xususiyati — isteʼmol etish jarayonida isteʼmolchida qoniqish hosil eta olishi, yaʼni xaridorning individual didiga qarab ehtiyojni qondira olishidir. Tovarning naf keltirishi qanchalik yuqori boʻlsa, shunchalik narxning qiymatdan uzilishi ham yuz beradi. Ammo bunday hol kam uchraydi, chunki tovarlar gʻoyat koʻp boʻlganidan ayrim tovarlar nafliligi oʻta yuqori boʻlmaydi, oʻrinbosar tovarlardagi N. uni tutib turadi.
Narxning tovar nafliligiga monand oshib borishi cheksiz emas. Chunki naf keltirish meʼyorining ham eng oxirgi chegarasi boʻladi. Shu chegaradan oʻtgach, tovarning nafligi pasaya boradi. Shundan soʻng, xarid etilgan va isteʼmol qilingan tovar nafligi pasayadi. Chunki, xarid narxining cheklanganligi tufayli xaridor oʻz qoʻlidagi puliga yuksak qoniqish hosil qiladigan tovarlarni oladi. Bu N.ning yuqori nuqtasi (maksimizatsiyasi) deyiladi.
Bozor sharoitida isteʼmol tanlovining asosiy chegaralari tovarning narxi va isteʼmolchining daromadi hisoblanadi. Shu sababli, nafaqat tovarning nafliligi, balki N.ning mazkur tovar narxi bilan nisbati ham ahamiyatga ega. Bunday nisbat chamalangan (hisobga olingan) meʼyoriy N. deyiladi. Jamiyat rivojlanishida moddiy va maʼnaviy neʼmatlarning N. juda muhim masala boʻlganidan iqtisodiy tafakkur tarixida obyektiv va subyektiv nuqtai nazarlarda turadigan bir qancha N. nazariyalari paydo boʻldi. N. muammosiga siyosiy iqtisoddagi avstriya maktabi vakillari E. Byom-Baverk, F. Vizer, K. Menger, shuningdek, G.Gossen va boshqa katta eʼtibor berganlar. Ularning fikricha, kishilar neʼmatlarni N.ga ega boʻlgani uchungina qadrlaydilar, isteʼmolchi nazarida qadrli boʻlgan narsagina qadr-qimmatga egadir. Kishilar muayyan tovarlarni qadrlaganlarida uning faqat obyektiv N.ni yoki subyektiv N.ni (uni isteʼmol etishdan olinadigan qoniqishni, nafni) hisobga olish bilan cheklanmasdan, uning mehnat natijasi ekanligi, ijtimoiy mehnatning mujassam ekanligini, yaʼni muayyan ijtimoiy qiymatga ega ekanligini ham hisobga oladilar, tovarni obyektiv N. va ijtimoiy qiymat birligidan iborat mahsulot sifatida kadrlaydilar. Neʼmatning suʼyektiv qadr-qimmati uning obyektiv qadr-qimmatining, obyektiv N.i va ijtimoiy qiymati birligining insoniy ehtiyoj, farovonlik nuqtai nazaridan qadrlanadigan subyektiv ahamiyatidir (yana qarang Meʼyoriy naflilik nazariyasi).
Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə