1 Turkiston o‘lkasıining ijtimoiy tuzilishi



Yüklə 74,79 Kb.
səhifə6/15
tarix29.04.2023
ölçüsü74,79 Kb.
#107720
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 jahon urushi davrida turkiston olkasida ijtimoiy iqtisodiy hayot

Jumladan, taniqli o‘zbek ma’rifatchisi, jadidlar harakatining sardori Mahmudxo‘ja Behbudiy qurultoy vakolagi masalasida so‘zlab: “Qurultoyda Turkiston Yevropa aholisi vakillari ishtirok etayogganligining o‘ziyoq qurultoy qabul etgan qarorlar obro‘liroq bo‘ladi” degan edi. Shu sababdan, M. Behbudiy qurultoy hay’ati shunday shakllanishi kerakki, unda turli musulmon guruhlardan tashqari, ruslar, yahudiy lar va boshqalar ham bo‘lsin, deb hisoblagan. Bu taklifni Andijon va Qo‘qon vakillari qo‘llab-quvvatlaganlar. Qo‘qon vakillari qurultoy hay’atini vakillarning diniy va milliy belgilarga qarab emas, balki bilimdonligiga, ijodkorligiga, ishbilarmonligiga qarab saylashni taklif qildilar. Xullas, ochiq ovoz berish yo‘li bilan qurultoy hay’atiga Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev, Mustafo Cho‘qayev, Obidjon Mahmudov, Yurg‘uli (Yurali) Agayev, Salomon Abramovich Gersfeld, Islom Shoahmedov, Kamolqori, S. Akayev, Kishchinboyev, Abdurahmonbek O‘razayev, Abdul Badin, Tiliyev, Karimboyev, Mahmudxo‘ja Behbudiy saylanganlar.

Qurultoy kun tartibiga – 1. O‘lkani boshqarish shakli; 2. Turkistonning “Kazak askarlari, Kazak tog‘liklari va erkin cho‘l odamlarining Janubiy-Sharqiy Ittifoqi (YuVS)”ga kirishi masalasi; 3. Ijroiya qo‘mitani saylash, unga beriladigan topshiriqlar; 4. Turkiston Markaziy musulmonlar sho‘rosini qayta saylash; 5. Bugungi ahvol; 6. Turkiston ta’sis majlisi; 7. Militsiya; 8. Moliya va boshqa masalalar qo‘yilgan.

Qurultoy muhokama qilingan masala yuzasidan Turkiston taraqqiyoti va istiqbolini belgilab beruvchi tarixiy hujjat qabul qildi. Deyarli yakdillik bilan qabul qilingan rezolyutsiyada (2 kishi qarshi) shunday deyilgan edi: “O‘lka musulmonlarining favquloddagi IV qurultoyi Turkistonda yashab turgan elatlarning ulug‘ Rossiya inqilobi e’lon qilgan asoslarda o‘z-o‘zini belgilashga bo‘lgan istak-irodasini ifodalab, Turkistonni Rossiya federativ demokratik respublikasiga birlashgan hududiy muxtoriyat deb e’lon qildi va muxtoriyat shaklini belgilashni eng yaqin muddatda chaqirilishi kerak bo‘lgan Turkiston ta’sis majlisiga havola etadi hamda tantanali sur’atda shuni ma’lum qiladiki, Turkistonda yashab turgan mayda millatlariing huquqlari har qanday yo‘llar bilan himoya etiladi”.


Yüklə 74,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə