Imij vazifalari:
Hozirgi zamon odamini tarbiyalash;
-turli soha mutaxassislari kasbiy mahoratini oshirish;
-kasbiy faoliyatning piar bo’yicha mutaxassis, stilist, imijmeyker kabi turlarini farqlash;
-odamlarga xos bo’lgan jismoniy tortinchoqlikni engish va ularning ma’naviy boy dunyosini namoyon etishga yordam berish;
-shaxsda yashirinib yotgan ijobiy fazilatlarni aniqlash va ularni ro’yobga chiqarishga yordam berish;
-turli yoshdagi odamlarga imij haqida bilimlar berish, ularni o’zlashtirishda hamda shaxslararo va ishga doir munosabatlarni yo’lga qo’yishda ushbu bilimlardan mohirona foydalanishda ko’maklashish.
“Mening imijim”
Siz faqat «ha» yoki «yo’q» deb javob bering.
Men o’zimga ishonaman
So’zlashish vaqtida men so’lashayotgan hamsuhbatimning ko’ziga qarayman
Menda hazilkashlik hissi bor
Odamlarga yaxshi munosabatda bo’laman
Tashqi maftunkorligimga ishonaman
So’zlashish vaqtida hamsuhbatchimning gaplarini bo’lmasdan eshitaman
O’zimni hurmat qilaman
Menga yoqmagan odamlar bilan ham yaxshi muomalada bo’laman
Sog’ligim joyida deb hisoblayman
Foydali sporlashishni ma’qullayman
Tevarak-atrofdagilarimga doimo kulib boqaman
Men haq bo’lmasam tezda xatolarimni tan olaman
Men o’zimning salbiy emotsiyalarimni ushlab tura olaman
Men odamlarga kompliment aytaman
Kasbiy kompetentligim meni ikkilantirmaydi
Mening garderobim yaxshi tanlangan
O’zini tinchlantirish, emotsiyalarga berilmaslik usullari bilan tanishman.
Mening sochlarim doimo toza va saramjon turmaklangan
Mojaroli hollarni echish taktikasini bilaman
O’zimning kasbiy mahoratimni doimo oshirib boraman
To’g’ri ovqatlanaman, yomon odatlardan holiman
Notiqlik madaniyati usullaridan foydalanaman.
Dostları ilə paylaş: |