10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati


-rasm. Raqobatli firma uchun foydani maksimallashtirish



Yüklə 1,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix11.12.2023
ölçüsü1,09 Mb.
#147992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
10-mavzu. Raqobatlashgan bozorlardagi firmalar faoliyati

10.1-rasm. Raqobatli firma uchun foydani maksimallashtirish 
Bu rasm chekli harajatlar egri chizig’i (MC), o’rtacha umumiy harajatlar egri 
chizig’i (ATC), va o’rtacha o’zgaruvchan harajatlar egri chizig’i (AVC)ni ko’rsatadi. U 
shuningdek chekli daromad (MR) va o’rtacha daromadga (AR) teng bozor narxini ham 
ko’rsatadi. Q

miqdorda, chekli daromad MR

chekli harajatdan oshib ketadi MC
1

shuning uchun ishlab chiqarishning oshishi foydani ko’paytiradi. Q

miqdorda chekli 
harajatlar chekli daromaddan yuqori bo’ladi, shuning uchun ishlab chiqarisahning 
kamayishi foydani ko’paytiradi. Foydani maksimallashtiradigan miqdor gorizantal narx 
chizig’i chekli harajatlar chizig’ini kesib o’tganda topiladi.
Shunga ko’ra, agar chekli daromad chekli harajatlardan ko’p bo’lib, Q
1
da bo’lsa, 
firma o’zining foydasini ishlab chiqarishni kengaytirish bilan orttiradi. Agar ishlab 
chiqarish miqdori Q
2
da bo’lsa, shunga o’xshash sabab qo’llaniladi. Bu holda, chekli 
harajatlar chekli daromaddan yuqori bo’ladi. Agar firma ishlab chiqarishni 1 punktga 
kamaytirsa, tejalgan harajatlar yo’qotilgan daromaddan o’tib ketadi. Shuning uchun
Q
2
dagidek chekli daromad chekli harajatdan kam bo’lsa, firma foydani ishlab 
chiqarishni kamaytirish orqali ko’paytiradi. Mahsulotga nisbatan chekli moslashishning 
qayerda tugashi firmani mahsulotni past darajada yoki yuqori darajada ishlab 
chiqarishiga bog’liqdir, firma mahsulotni maksimal darajada ishlab chiqarishiga 
erishguncha u o’z 
mahsulotlarini moslashtirib turadi. 
Bu tahlil 
foydani 
maksimallashtirish uchun 3 asosiy qoidani o’zi ichiga oladi:

Agar chekli daromad chekli harajatdan katta bo’lsa, firma mahsulot ishlab chiqarishni 
oshirishi kerak;

Agar chekli harajat chekli daromaddan yuqori bo’lsa, firma mahsulot ishlab 
chiqarishni pasaytirishi kerak;

Mahsulotning foydasini maksimallashtirish darajasida chekli harajat ham, chekli 
daromad ham tenglashishi kerak.
Bu qoidalar firma foydasini maksimallashtirishda oqilona qaror uchun zarurdir. 
Bular nafaqat raqobatli firmalarga, balki boshqa turdagi firmalarga ham mos keladi.


Agar narx oshsa firma chekli daromadi chekli harajatidan yuqori bo’ladi va u yana 
mahsulot ishlab chiqarishga kirishadi. Firmalar chekli harajatining egri chizig’i har 
qanday narxga firmani mahsulot ta’minlab berishini belgilaydi va chekli mablag’ining 
egri chizig’i raqobatli firmaning taklif egri chizig’ii hisoblanadi.

Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə