2. Unumdorlik - bu milliy ishlab chiqarish real hajmini foydalanilgan resurs miqdoriga nisbati, boshqacha aytganda, unumdorlik - bu xarajat birligiga ishlab chiqarishning o‘rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish real hajmi ko‘rsatkichi:
Unumdorlik = Ishlab chiqarilgan real hajmi
Iqtisodiy resurs xarajatlari
Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga ko‘proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo‘llash kabi omillarning o‘zaro ta’siri unumdorlikning o‘sishi va yalpi taklifning oshishiga olib keladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga harajatlar kamayganda unumdorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko‘payishi yalpi taklifning qisqarishiga olib keladi.
3. Huquqiy normalarning o‘zgarishi. Korxonalar o‘z faoliyatida amal qiladigan huquqiy normalarning o‘zgarishi, mahsulot birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarni va yalpi taklifni o‘zgartirishi mumkin.
Xuquqiy normalar o‘zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o‘zgarishi,
b) davlat tomonidan tartibga solish xarakteri va usullarining o‘zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo‘shilgan qiymat solig‘i, ish haqi fondidan olinadigan soliqlar)ning ko‘payishi mahsulot birligiga xarajatlarni ko‘paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin.
Korxonaga davlat tomonidan beriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |