2 ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim jarayonida qoʻllanilishi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix24.02.2022
ölçüsü0,7 Mb.
#84034
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
2 ma’ruza. Taqdimot yaratishning zamonaviy vositalari va ta’lim

Multimediali taqdimot 

– bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy 

shakli  hisoblanadi.  Bu  matnli  ma’lumotlar,  rasmlar,  slayd-shou,  diktor  jo’rligidagi  ovoz  bilan 

boyitilgan,  videoparcha  va  animatsiya,  uch  o’lchamli  grafika  tarzidagi  dasturiy  ta’minot  bo’lishi 

mumkin.  Taqdimotning  ma’lumot  taqdim  etishning  boshqa  shakllaridan  asosiy  farqi  ularning 

mazmunan  boyitilganligi  va  interfaolligidir,  ya’ni  belgilangan  shaklda  o’zgarishga  moyilligi  va 

foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. 

Ma’lumki,  inson  ma’lumotning  ko’p  qismini  ko’rish  (~80%)  va  eshitish  (~15%)  organlari 

orqali  qabul  qiladi  (bu  avvaldan  aniqlangan  va  kino  hamda  televidenieda  undan    samarali 

foydalaniladi).  Multimediali  texnologiyalar  ushbu  muhim  sezgi  organlarining  bir  vaqtda  ishlashiga 

yordam beradi.  Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish 

etish  orqali  insonlarning  e’tiborini  ko’proq  jalb  qilamiz.  Shundan  kelib  chiqib,  multimediali 

texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi. 

Multimediali  taqdimot 

ma’lumotni  to’g’ridan  to’g’ri  qabul  qilishni  ta’minlaydi. 

Foydalanuvchi  taqdim  etilayotgan  barcha  ma’lumotlarni  ko’radi  va  o’zini  qiziqtirgan  qismlaridan 

foydalana  oladi.  Ma’lumotni  qabul  qilish  katta  mehnat  va  vaqt  talab  qilmaydi.  Ma’lumot  taqdim 

etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, 

minglab rasm va tasvirlar,  bir  necha  soatga  cho’ziladigan audio  va  video  yozuvlar,  animatsiya  va uch 

o’lchamli  grafikalarni  o’z  ichiga  olgan  bo’lishiga  qaramay,  ko’paytirish  xarajatlarining  kamligini  va 

saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi. 


Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə