2-mavzu. Ishlab chiqarish jarayoni va uning natijalari reja


 Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix09.02.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#83615
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2.1-MAVZU BO`YICHA TAYANCH KONSPEKT

4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi 

Iqtisodiyot  nazariyasi  fani  mavjud  cheklangan  iqtisodiy  resurslardan qanday 

qilib  foydalanilganda  jamiyatning  cheksiz  ehtiyojlarini  to’laroq  qondirib  borish 

mumkin,  degan  muammo  ustida  bosh  qotiradi.  Bunda,  birinchidan,  iqtisodiy 

resurslardan  foydalanishning  turli  xil  muqobil  variantlari  mavjud  bo’lishi  ko’zda 

tutilib,  ulardan  eng  samaralisi,  ya’ni  jamiyat  ehtiyojlarini  ancha  to’laroq 

qondiradigan  miqdorda  tovar  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish  imkonini  beradigan 

turini tanlab olishga harakat qilinadi. 

Ikkinchidan,  iqtisodiy  resurslar  nisbatan  cheklanganligi  sababli  jamiyat 

a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo’lmaydi. Shuning 

uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz 

kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo’ladi. Shunday 

tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng 

yuqori miqdori  jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini ko’rsatadi. Jamiyatning 

ishlab  chiqarish  imkoniyatidan  to’liq  foydalanish  uchun,  iqtisodiy  resurslarning 

to’liq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to’liq hajmini ta’minlash zarur. 





Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə