2-Mavzu: Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar. (2-soat) Reja


O’qituvchining bevosita yordami metodi va undan foydalaish



Yüklə 20,54 Kb.
səhifə3/4
tarix19.09.2023
ölçüsü20,54 Kb.
#122497
1   2   3   4
2 Mavzu Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlar

O’qituvchining bevosita yordami metodi va undan foydalaish. O’qituvchi sport texnikasini o‘rgatayotgan paytda, o‘quvchiga kerakli holatni egallashga yoki zarur harakat qilishga yordam berishi mumkin. O’qituvchining jismoniy yordami bilan sportchida o‘rganilayotgan texnikasi to‘g‘risida kinestetik hissiyot asosida tasavvur hosil bo‘ladi. Bu mustaqil ijro paytidagi hissiyotga ozmi-ko‘pmi o‘xshash bo‘ladi. Uqituvchi hammadan ham ko‘proq dastlabki holatlarni, gavda tutishni va texnika elementlarini o‘rgatish paytida yordam berib yuboradi. Masalan, yadro ntqitishni o‘rgatayotganda, o‘quvchining gavdasini engashtiradi, snaryad tutgak , qo‘lining holatini to‘g‘rilab qo‘yadi va hokazo. O’quvchi mashqni yaxlit bajarayotganda yoki uning elementini bajarayotganda ham o‘qituvchi yordam berib yubora oladi. Urgatish paytida bu juda foydali bo‘lishi mumkin, lekin buning uchun o‘qituvchi malakali bo‘lishi, yordam berishning tegishli yo‘llarini bilishi kerak.
Sport texnikasini egallash. Harakatni va faolnyat haqidagi; tasavvurini amalga oshirish bilan, o‘quvchi sport texnikasini egallaydi. Bunga erishish o‘rgatish samarasinn oshiradigan turli metodlar, usullar, yo‘llar bilan bo‘ladi. Bular ichidamashqni boshdan-oxir yaxlit o‘rgatish metodi (yaxlit metod) va bo‘lak-bo‘lak o‘rgatish metodi (bo‘laklash metodi) birinchi o‘rinda turadi.
Mashqni yaxlit o‘rgatish metodi. Bu — o‘rganilayotgan harakat yoki faoliyatni (mashqni), qanday ko‘rsatilgan va tushuntirilgan bo‘lsa, xuddi shunday yaxlit takrorlash demakdir. Yugurish, sakrash, uloqtirishni o‘rgatishda bu metod, shug‘ullanuvchilarning shaxsiy qobiliyatiga mos keladigan harakat malakalarn hosil qilishga yordam beradi. Juda murakkab texnikani yaxlyt metod bilan o‘rgatishda oldiniga o‘rganilayotgan harakatning mohiyatini o‘zgartirmasdan oddiylashtirish kerak. Masalan, uloqtirishning mohiyati, snaryadni tashlab yuborishdan iborat. Nayza turgan joydan tashlansa ham, yugurib kelib tashlansa ham uloqtirish bari bir uloqtirishligicha qolaveradi-yu, faqat faoliyat murakkabligi o‘zgaradi. Mashq asta-sekin murakkablashtira boriladi. Har g.al mashq oldingisidan murakkablasha borib, o‘rganilayotgan texnikaning to‘liq bajarilishiga asta-sekin yetib olinadi. Texnika xususiyatlari qanday ekaniga qarab, mashqlarning murakkablasha borish tartibi har qaysi yengil atletika turining o‘ziga xos belgilanadi. Yeng‘il atletika turlari texnikasini soddalashtirish ham har xil bo‘ladi. Masalan, uloqtirishni o‘rganishni yugurib kelmasdan uloqtirishdan boshlayotganda ana shu turgan joydan uloqtirishning o‘zi ham soddalashtiriladi. Sakrash texnikasini o‘rgatishda, faoliyatni murakkablashtiradigan harakatlar istisno qilinadi: birinchi mashq elementar sakrashdan iborat bo‘ladi. Yugurish harakatlari nihoyatda tabiiy va nnsonga xos bo‘lgani uchun, yugurishni o‘rgatish boshqacha bo‘ladi. Yugurish texnnkasini yaxlit metod bilan o‘rgatish mumkin. Birinchi mashq ki•chik tezlikda yugurishdan iborat bo‘ladi. Keyingi mashqlarga harakat amplitudasini oshirishga, tepsinish to‘liq bo‘lishiga va hokazolarga erishish uchun, har xil tezlikdagi yugurishlar kiritiladi.

Yüklə 20,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə