3. Areal va uning xususiyatlarini ta`riflang



Yüklə 31,33 Kb.
səhifə2/5
tarix23.01.2023
ölçüsü31,33 Kb.
#99068
1   2   3   4   5
Biologiya javoblari

5. Yer osti suvlari
Yer osti suvlari'l - Yer poʻstining yuqori qismidagi togʻ jinslari qatlamlarining gʻovak boʻshlikdarida joylashgan suyuq, qattiq (muz), bugʻsimon holatdagi suvlar. Ye.o.s. umumiy suv resurslarinkt bir qismi boʻlib , suv taʼminoti va sugʻorish manbai sifatida xalq xoʻjaligi uchun katta ahamiyatga ega. Sugʻoriladigan yerlarning meliorativ ahvoli grunt suvlarining holati bilan belgilanadi. Ye.o.s.ni gidrogeologiya fani oʻrganadi. Suv molekulyar kuchlar tutib turadigan bogʻlangan hamda ogʻirlik kuchi yoki bosim farqi taʼsirida harakatda boʻladigan gravitatsion yoki erkin holatda boʻlishi mumkin. Bogʻlanmagan suv bilan toʻyingan togʻ jinslari qatlamlari suvli gorizont deyiladi, ular suvli komp-lekslarni hosil qiladi. Ye.o.s. suv saqlovchi jinslarda tuplanish harakteriga koʻra gʻovak (yumshoq jinslarda), dara (tomir) — qattiq jinslarda va karst (gʻor) (darz-karst-yengil eriydigan karbonat va gipsli jinslarda) suvlariga boʻlinadi. Joylashish sharoitiga koʻra Ye.o.s. tuproq suvi (qarang Tuproq suv rezkimi), mavsumiy suvlar (yuza suvlar; aeratsiya zonasidagi suv saklovchi qatlamlar ustida yogʻinlar yoki sugʻorish suvlarining shimilishidan hosil boʻladi); grunt suvlari (yer yuzasiga eng yaqin birinchi suv oʻtkazmaydigan qatlam ustida toʻplanadi) va qatlamlararo (bosimsiz, bosimli, artezian, suv oʻtkazmaydigan qatlamlar oʻrtasida joylashgan suvli qatlamlar) suvlarga boʻlinadi.


6. Toleriantlik qonuni
Tolerantlik (lot. tolerantia — sabr-toqat), bagʻrikenglik — oʻzgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuygʻulari, fikr-mulohazalari, gʻoyalari va eʼtiqodlariga nisbatan toqatli boʻlish. Hozirgi dunyoda tolerantlik oʻta muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning globallashuvi va yanada mobillashuvi, kommunikatsiyalarning tez rivojlanishi, integratsiya va oʻzaro bogʻliklik, keng miqyosli migratsiya va aholining koʻchib yurishi va boshqa jamiyatda tolerantlik tamoyilining ahamiyatini kuchaytiradi. Bagʻrikenglik tamoyili aqidabozlikdan, haqiqatni mutlaklashtirishdan voz kechishni anglatadi va inson huquqlari sohasidagi xalqaro huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalarni tasdiqlaydi. Bu tamoyilga koʻra, har kim oʻz eʼtiqodiga amal qilishda erkindir va har kim bu huquqqa boshqalar ham ega ekanligini tan olmogʻi lozim. Bir kishining qarashlari boshqalarga majburan singdirilishi mumkin emas. Tolerantlikni alohida shaxslar, guruhlar va davlatlar namoyon qilishi lozim. Tolerantlikni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida YUNESKO "Bagʻrikenglik tamoyillari deklaratsiyasi"ni qabul qilgan (1995-yil 16 noyabr). Jamiyatda turli xalqlar, millatlar va dinlarning oʻziga xos xususiyatlariga nisbatan tolerantlik munosabatini Oʻzbekiston misolida koʻrish mumkin. Mamlakatimizda turli toifadagi odamlar, siyosiy kuchlar va partiyalar oʻrtasidagi hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bagʻrikengliktamoyili ijtimoii taraqqiyotning eng muhim omillaridan biridir. Oʻzbekistonda 130 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi. Ular oʻrtasida asrlar davomida milliy nizolar boʻlmagan va bu xalqimizning azaliy bagʻrikengligini koʻrsatadi. 10 dan ziyod konfessiyaga mansub din vakillari yurtimizda hamkor, hamjihat yashab kelayotgani esa dinlararo tolerantlikning yaqqol namunasidir.

Yüklə 31,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə