4. gruntga ishlov berish texnologiyaSI


Gruntlarni sun’iy qotirish



Yüklə 447,12 Kb.
səhifə14/17
tarix05.10.2023
ölçüsü447,12 Kb.
#125336
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Dars QJR elit uchun 4-ma\'ruza

4.8.Gruntlarni sun’iy qotirish


Gruntni qotirish bu mavjud turli usullarning yig‘indisi bo‘lib, ularni qo‘llash natijasida gruntning mustahkamligi oshadi, natijada u yemirilmaydigan, qotirishningalohida usullari qo‘llanilganda grunt suv o‘tqazmaydigan bo‘lib qoladi va uningagressiv grunt suvlariga qarshiligi oshadi.


Gruntni qotirish qazilayotgan qazilma atrofida suv o‘tkazmaydigan ekran hosil qilishda yoki gruntli zaminning yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirishda qo‘llaniladi.Gruntning fizik-mexanik xususiyatiga va talab etilgan mustahkamlik tasnifiga qarab,qotirishning maqsadi va qotiriladigan gruntning boshqa xususiyatlariga qarab gruntni qotirish usullari - sementlash, silikatlash, bitumlash, termik, kimyoviy, elektrokimyoviy va boshqa sun’iyqotirish usullari qo‘llaniladi.
Sementlash yirik va o‘rta donali qum hamda yoriqliqoyatosh jinslarni qotirish uchun bosim ostida gruntga in’ektor orqali sement qorishmasiniyuborish bilan amalga oshiriladi. Inektor (3.7-rasm) alohida zvenolardan tuzilgan silliq vaperforli (teshilgan) uzunligi 1,5m va ichki diametri 19...38mm bo‘lgan quvurdan tuzilgan; pastki qismida o‘tkir uchlik, yuqori tepa qismida kallak-nagolovnikka ega bo‘lib, unga bosim ostida qorishma yuborish uchun shlang ulangan. Inektorlarni 15m chuqurlikgacha pnevmatik (siqilgan havo bosimli) to‘qmoqo‘rib titratib, vibrochuktirgichlar bilan botiriladi(kirgiziladi), katta chuqurlikka boktirish uchun oldindan quduq burg‘ilanadi, unga quvurlar tushiriladi.
Qotirilayotgan gruntning aniqlangan tasnifiga bog‘liq holda, gruntning hisobiy mustahamlik qiymatlariga qarab massa bo‘yicha 1:1 dan 1:10 gacha bo‘lgan tarkibda sement qorishmasi (sement:suv)inektorlar orqali yuboriladi; odatda inektor quvurining 1pog. m. ga to‘g‘ri keladigan eng maqbul (optimal) bosim 1atm ga tengdir. Qotirish radiusi yorilgan qoyatoshlarda 1,2...1,5 m, yirik donali qumlarda 0,5..0,75 m, o‘rtacha yiriklikdagi qumlarda 0,3...0,5m gacha bo‘ladi. Qotirilgan gruntlarning mustaxkamligi 3,5 MPa ga yetishi mumkin. Kerakli yutilishga erishilganda yoki berilgan bosimda qorishma sarfi keskin kamayganda (20 min davomida quduqqa o‘zatiladigan qorishma 10 l dan kam bo‘lsa) quduqqa bosim ostida qorishma yuborish to‘xtatiladi.

Yüklə 447,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə