4-mavzu: diqqat reja



Yüklə 171,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix29.11.2023
ölçüsü171,25 Kb.
#140659
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
4-mavzu (2)

Diqqatni jamlash
ostida diqqatning jismda jamlanganlik jadalligi yoki darajasi 
tushuniladi. A.A. Uxtomskiyning fikriga ko‘ra, diqqatni jamlash bosh miya 
po‘stlog‘idagi kuchli qo‘zg‘alish o‘chog‘i faoliyatining xususiyati bilan bog‘liq. 
Diqqatni taqsimlash
ostida odamning bir vaqtning o‘zida bir necha 
faoliyatlarni bajarish qobiliyati tushuniladi. Hayotiy tajribaga ko‘ra, odam ongli 
psixik faoliyatning faqat bir turini bajara oladi, bir vaqtning o‘zida bir nechtasini 
bajarish sub’ektiv hissi esa ketma-ket tezlik bilan bir faoliyat turidan ikkinchisiga 
o‘tish oqibatida yuzaga keladi.[2] 
Diqqatni taqsimlash darajasi bir qator sharoitlarga: mujassamlashtirilgan 
faoliyat turlari xususiyatiga (ular bir jinsli va turli xil bo‘lishi mumkin), 
murakkabligiga (ruhiy zo‘riqishni talab etuvchi darajaga), ma’lumligi va odatiyligi 
darajasiga (faoliyatning asosiy usullarini egallab olish darajasiga) bog‘liqdir. 
Diqqat taqsimlanishini o‘rganish maqsadida SHulte (qizil-qora rangli jadvallar) 
jadvallari qo‘llaniladi. 


Diqqatning bo‘linishi 
– bu diqqatni bir ob’ektdan ikkinchisiga ongli va 
anglangan holda o‘tkazish. Bo‘linish bilan ikki turli yo‘nalishga ega bo‘lgan 
jarayonlar bog‘liqdir, bular: diqqatni ishga tushirish va uzib qo‘yish. Bo‘linish 
ixtiyoriy bo‘lishi mumkin, u holda uning tezligi – bu sub’ektning o‘zining idrok 
qilishi ustidan irodali nazorati darajasining ko‘rsatkichi, va diqqatning bo‘linishi 
bilan bog‘liq ixtiyorsiz bo‘lishi mumkin, bu yo ruhiyatning beqarorligi darajasining 
ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi, yo kutilmagan kuchli seskantiruvchilarning paydo 
bo‘lishidan dalolat beradi. 
Bo‘linishning samaradorligi avvalgi va keyingi faoliyatni bajarish 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi (bo‘linish ko‘rsatkichlari engil faoliyatdan og‘ir 
faoliyatga o‘tishda ancha kamayadi, aksincha bo‘lganida esa, oshib ketadi). 
Bo‘linish natijasi insonning avvalgi faoliyatga bo‘lgan munosabati bilan bog‘liq: 
avvalgi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi unchalik qiziqish uyg‘otmagan 
bo‘lsa, diqqatning bo‘linishi shunchalik qiyinroq kechadi. Bo‘linishda asab 
tizimining xususiyatlari, xususan, asab jarayonlarining qo‘zg‘aluvchanligi 
tomonidan belgilangan individual tafovutlar mavjud.[2] 
Diqqat hajmi
– sub’ektning etarlicha aniqlik bilan bir vaqtning o‘zida qamrab 
olishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar soni. Diqqat ob’ektining muhim va belgilovchi 
xususiyatlaridan biri, uning o‘qitishda va mashq bajarishda umuman 
o‘zgarmasligidir. Diqqat hajmini tadqiq etish, odatda, individ tomonidan aniqlik 
bilan idrok etiluvchi, bir vaqtning o‘zida taqdim etiladigan unsurlar (raqamlar, 
harflar, jismlar va h.k.) sonini tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu 
maqsadlarda
taxistoskop
dan foydalaniladi – ma’lum sondagi seskantiruvchilarni 
shunchalik tez, tadqiq qilinuvchi ko‘zlarini bir ob’ektdan boshqasiga olib 
ulgurmasidan oldin taqdim etishga imkon beradigan asbob, diqqat hajmi – 
individual tarzda o‘zgaradigan kattalik, lekin, odatda, odamlarda uning ko‘rsatkichi 
5 ± 2ga teng bo‘ladi. 

Yüklə 171,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə