4-mustaqil ta’lim: Tezis yozish.(3ball) 5-mustaqil ta’lim: Ilmiy maqola yozish.(4ball)


aloqa o‘rnatishga imkon tug‘ildi. O‘shandan buyon loyiha mahsuloti bo‘lgan



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/9
tarix16.03.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#102658
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-semestr

aloqa o‘rnatishga imkon tug‘ildi. O‘shandan buyon loyiha mahsuloti bo‘lgan 
«Internet-2» faqat rivojlandi. 2003 yildan boshlab esa telekommunikatsion 
uskunalarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan ko‘plab korxonalar 
ommaviy tarzda IPvb protokoliga muvofiq ishlaydigan jihozlar chiqara 
boshladi. 
Odatiy tarmoqda onlayn radiostantsiyalar va televideniye kanallari faoliyat 
yuritadi. Biroq ular hech qachon an’anaviy OAVga nisbatan 
ommaviylashmagan. Muammoning boshi esa radio va teleformatda axborot 
uzatishning texnik jihatiga borib taqaladi. Sababi, misol uchun, 128 bit 
tezlikdagi axborotni uzatish uchun server har bir foydalanuvchi bilan birma-
bir aloqa o‘rnatishi va ularning barchasiga mutlaqo bir xil ma’lumotlarni 
yetkazishi zarur. Yangi tarmoq tufayli esa foydalanuvchilarning butun 
guruhiga bitta kanal orqali, buning ustiga sifatli ravishda axborot uzatish 
imkoni tug‘ildi. Bundan ma’lumki, multikasting va IPvb protokolining qator 
o‘ziga xosliklari natijasi o‘laroq, endi chindan-da sifatli tele-radio 
ko‘rsatuvlar uzatish, to‘la ma’nodagi telekonferentsiyalar va telefoniya 
haqida bemalol orzu qilish mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugunga kelib 
«Internet-2» tezkor, sifatli va ko‘p funktsiyali tarmoq sifatida tanilib ulgurdi. 
«Internet-2» hozirgisiga o‘xshab shaxsiy kompyuterlar, serverlar, simli va 
simsiz tarmoqlar majmuidan iborat betartib tizim emas, balki aksincha. Shu 
sabab, uning ma’lum bir tizimga ega infrastruktura ekanligini inobatga olib, 
hammamiz ko‘nib qolgan «jahon to‘ri» (world wide web — www) 
atamasining o‘rniga ulkan tizimni «global axborot tarmog‘i» (great global 
grid — ggg) deb atash takliflari ham ilgari surilmoqda. 



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə